Igor sergeev jahon chempionatiga chiqish uchun maydonda ulishga ham tayyorman — ozbekiston

Igor sergeev jahon chempionatiga chiqish uchun maydonda ulishga ham tayyorman — ozbekiston

Igor sergeev: jahon chempionatiga chiqish uchun maydonda ulishga ham tayyorman — o’zbekiston

«Pakhtakor» va Uzbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev JFL. uz internet-nashriga intervyu berdi. Sergeev intervyu davomida terma jamoadagi muvaffaqiyatsizliklari, mukhlislarning etirozi va JChga chiqish imkoniyatlariga tukhtaldi.
– Nima uchun termada gol ura olmayapsiz, bunga qulay pozisiyada uynamayotganiz sababmi?
– Bu boshqa darajadagi uyin. Qachon biz Filippin va shunga ukhshash jamoalar bilan uynaganimizda tuliq ustunlik qilamiz. Bunday uyinlarda esa imkoniyat kup bulmaydi. Nafaqat menda, balki jamoaning boshqa uyinchilarida ham, chunki raqib jamoa yakhshi himoyalanadi. Agar etibor bergan bulsangiz, biz bir qancha gollarni standartlardan kiritganmiz. Himoyani yorib utish esa juda qiyin. Ular jismonan ham baquvvat va ham buy jihatdan ustunlikka ega. Agar menda 10ta imkoniyat bulib, gol urolmaganimda aytardim – «Ha, men gol urolmayman». Ammo imkoniyatning uzi bulmayapti-ku.
– Futbolda harakat qilmasang, raqib jamoa imkoniyat bermaydi-ku? (Eron – Uzbekiston 2:0 misolida).
– Haqiqatan ham bu futbol va imkoniyat har doim buladi. Hozir hamma jamoa bunga tirishmoqda, biz ham bunga harakat qilamiz. Ha, qaerlardadir imkonsiz holda qolib, yutqazdik. Hozir hamma jamoa bir khil imkoniyatga ega, lekin hammasi uyin tartibiga qaraydi. Qaysi jamoa himoyani yakhshi ushlasa va imkoniyatlardan foydalana olsa, usha jamoa galaba qozonadi.
– Milliy terma jamoaning hujum chizigiga davogarlar kup. Raqobatdoshlaringiz tugrisida nima deya olasiz?
– Temurkhuja bilan yakhshi munosabatdaman. U yakhshi yigit. Agar mening joyimda uni kurishni istashsa, nima ham derdim. Oldinda yoki chap qanotda uynashimni men hal qilmayman, buni murabbiylar hal qiladi. Murabbiylar orqasida ham buni kura oladigan juda kup odamlar utiradi. Bazi paytlarda chap qanot yarim himoyasiga quyishadi, menimcha hammasi tugri uylangan.
– Mukhlislar sizni terma jamoaning hujum chizigida kurishni istashmayapti. Ularga qanday javob bera olasiz?
– «Termadan ket» deyishsa, kulgim keladi. Menga ishonib terma jamoaga chaqirishadi, bu men uchun sharaf, galaba uchun hatto maydonda ulishga ham tayyor buladi futbolchi. Lekin vaziyatni tushunmaydigan bazi birovlar «Termadan ket» deydi. Tasavvur qiling, senga ishonib chaqirishsa, sen termaga kerak bulsang, qanday qilib «Yuq, kechirasizlar, men uynamayman», deb uyga borib, divanda yotasiz. Bu — sotqinlik.
– Terma jamoaning mashgulotlaridan tashqari, uz ustingizda ishlaysizmi?
– Ha albatta, uz ustimda ishlayman, asosan individual mashgulotlarimda darvozani aniq nishonga olish buyicha mashqlar bilan ishlayman. Hamma aytadi darvoza burchagiga tep, darvoza burchagiga tep, deb, lekin aytish oson, uni bajarish qiyin. Men ham khohlayman gol urishni, albatta yutqazishni istamayman, akhir men uzimga dushman bulmasam kerak? Siz aytgandek, hammasi shunday oson bulganida, men hozir «Real»da uynayotgan bulardim.
– Okhirgi savol. Jahon Chempionatiga chiqamizmi yuq-mi?
– Agar bu uchun ulish kerak bulsa, man maydonda ulishgayam tayyorman. Khudo khohlasa, albatta chiqamiz.
Mamur Parmonov suhbatlashdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.