Iibb khodimlari bola savdosiga chek quydi — ozbekiston

Iibb khodimlari bola savdosiga chek quydi — ozbekiston

Iibb khodimlari bola savdosiga chek quydi — o’zbekiston

Toshkent IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi odam savdosi buyicha tergov harakatlarini olib bormoqda. IIBB matbuot khizmati uta muhim ishlar buyicha katta tergovchisi mayor Kamolovning jinoyat ishi buyicha izohini elon qildi.
21 avgust kuni Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasiga fuqaro Umida Yalgasheva murojaat qilib, u avgust oyining boshlarida Shakhodat ismli ayol bilan tanishib qolganini malum qiladi. U Zarina ismli qizi borligi, u homilador ekani, tugiladigan farzandini 1000 AQSh dollari evaziga sotish niyati borligini aytadi. Umida Yalgasheva mazkur ayollarga nisbatan qonuniy chora kurishlikni suragan.
Shu kuni Toshkent shahar IIBB khodimlari tomonidan jinoyatchilarni qulga olish borasida tezkor tadbir rejalashtirilib, soat 14:00 larda, Olmazor tumani Farobiy kuchasida joylashgan «Makro» supermarketi avtoturargohida Shakhodat Sattorova va Zarina Jurakulova yangi tugilgan (16 avgustda), hech handay shakhsini tasdiqlovchi hujjatlari bulmagan qiz chaqaloqni 1000 AQSh dollari evaziga sotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qulga olindi.
Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni sodir etganlikda ayollarning aybi tuliq isbotlanib, ularga Uzbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi, yani bir guruh shakhslar tomonidan oldindan til biriktirib, un sakkiz yoshga tulmaganligi aybdorga ayon bulgan shakhsni olish-sotish) bilan ayblov elon qilindi va jinoyatning ogirlilik darajasini inobatga olgan holda ayblanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanmoqda.
Hozirda jinoyat ishi buyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Shahodat Sattorova va Zarina Juraqulovaning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.