Iiv akademiyasi mutlaqo yangi uquv dargohiga aylanishi lozim — prezident — ozbekiston

Iiv akademiyasi mutlaqo yangi uquv dargohiga aylanishi lozim — prezident — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev payshanba kuni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga tashrif buyurib, u erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, deb khabar qildi «Uzbekiston» telekanalining «Akhborot» dasturi.
Shavkat Mirziyoevga IIV Akademiyasini 2017?2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi taqdim etildi. Ular professor-uqituvchilar tarkibini shakllantirish, talim jarayonini tashkil etish va nomzodlarni talimga maqsadli tayyorlash, khodimlar malakasini va sohaviy khizmatlar faoliyatini yakhshilash, yangi innovasion taminot buyicha fond tashkil etish va moddiy-tekhnik bazani mustahkamlashdan iborat.
Akademiya faoliyati bilan tanishar ekan, davlat rahbari talim sifati va akademiya maqomini oshirish lozimligini takidladi. «Nom bor, sharoit bor, lekin bilim yuq. Strategiya yuq», — deya qayd etildi reportajda.
«Akademiyada uqitish oddiy universitetdagi uqitishdan mutlaqo farq qilmaydi, shuning uchun eng qisqa muddatlarda IIV Akademiyasi butunlay yangi uquv dargohiga aylanishi lozim», — deya Prezident suziga asoslanib khabar qilindi lavhada. Shavkat Mirziyoev misol sifatida Khitoy Jamoatchilik khavfsizligi universiteti faoliyatini keltirib utdi.
Prezident har bir viloyatdagi kollejlarda ichki ishlar serjantlari va mutakhassislarini tayyorlash buyicha makhsus sinflar tashkil etish zarurligini qayd etib utdi. Uquvlar sentyabrdanoq boshlanishi lozim. Umumiy bilimlar uz joyida olinadi, makhsuslari esa IIV Akademiyasida uqitiladi, deb khabar berdi dastur.
Prezident Mirzo Ulugbek tumanidagi 8-sonli shahar ichki ishlar bulimiga ham tashrif buyurib, khodimlar bilan suhbatlashdi va ish faoliyati bilan tanishdi.
Bu erda avtomobillarning davlat raqamlarini avtomat ravishda tanish va qoidabuzarliklarni qayd etish uchun «Avtokon» uskunasi taqdimoti utkazildi. Mazkur uskuna yul harakati khavfsizligi inspektori mashinasiga urnatiladi va oqimdagi avtomobillarni orqa raqamlar orqali «tanishga» imkon beradi.
Комментарии 0