Ilm olish tartibi — kitob okish — ozbekiston

Ilm olish tartibi — kitob okish — ozbekiston

Ilm olish tartibi — kitob o’k’ish — o’zbekiston

ILMNI TARTIB BILAN OLISh KERAK!
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo’lsin! Alloh taolo borlik’ni tartib-intizom asosida yaratgan. Shunday ekan, U Zotning dinini o’rganish ham tartibli ravishda bo’lishi lozim. Ana shunda ish barkamol va mak’sadga muvofik’ bo’ladi. Misol uchun, inson e’tik’odini rostlamay turib , shariat ahkomlariga to’g’ri va izchil amal k’ila olmaydi. Arab tilining balog’atini o’rganmay turib , K’ur’onning fasohatini anglashning imkoni yo’k’. Fik’hdan bahralanmagan odam K’ur’on va Sunnatning mak’sadini tushunmasligi anik’. Tasavvufning ta’mini totmagan odam ko’pgina oyat-hadislarning mazasini tuymaydi. Ushbu taomil buzilganda nimalar sodir bo’lgani va bo’layotganini bugun hammamiz ko’rib turibmiz. Shu bois, Islom ulamolari yosh avlodga ilmlarni tartib bilan o’rgatishga alohida e’tibor berganlar. Hatto bir muallifning asarlarini o’rganishda ham ma’lum tartiblarni tavsiya k’ilishgan. Biz ham ushbu an’anaga ko’ra, hozirda yurtimizda kitoblari eng ko’p chop k’ilingan musannifimiz, buyuk olimimiz, ustozlar ustozi shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning asarlarini o’rganish tartibini tak’dim k’ilmok’chimiz. Yurtimizda k’adimdan buyuk allomalar etishib chik’k’an. Ular o’zlarining ilmiy asarlari ork’ali dunyo tamadduniga, jahon madaniyatiga, xususan, islomiy ilmlar rivojiga bemisl hissa k’o’shganlar. Ana shunday buyuk darg’alarning so’nggi vakili shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh bo’ldilar. Ochig’ini aytishimiz kerak, oxirgi asrlarda olimlar, fuzalolar ko’p o’tgan bo’lsa-da, ular katta ilmiy asarlar k’oldirishga ko’p e’tibor bermaganlar. Ehtimol, bu hol ular yashagan davr va sharoit tak’ozosi bo’lgandir. Nima bo’lganda ham, bu narsa tarixiy vok’elikdir. YAna bir hak’ik’at shuki, o’shanday ilmiy harakatlar olib borgan ba’zi ulamolarning asarlari keng ommaga tark’amay k’olib ham ketgan. Xususan, xudosizlik tuzumi hukm surgan paytlarda xalk’imiz o’z dinini o’rganishdan butkul mahrum bo’lib k’oldi, diniy adabiyotlar batamom tugatildi. Ushbu katta bo’shlik’ni to’ldirish esa ustoz rahmatullohi alayhga muyassar bo’ldi. U kishi islomiy ilmlarning deyarli barcha yo’nalishlarida k’alam tebratib, xalk’imizning diniy saviyasini oshirishga, ma’naviy xazinasini boyitishga ulkan hissa k’o’shdilar. Bugun bu hak’ik’atni ilmu farosatli, k’alb ko’zi ochik’, insofi bor har bir inson yaxshi biladi, tasdik’laydi. Shayx hazratlarining asarlariga xalk’imizning muhabbati va ishtiyok’i nihoyatda baland. Bugun bu asarlar kirmagan o’zbek xonadoni juda kam bo’lsa kerak. Muxlis kishilar u zotning deyarli barcha kitoblarini jamlagan. Ammo bu kitoblar turli mavzularda, turli hajmlarda bo’lgani bois, ko’pchilik o’k’uvchilar o’zlari yoki farzandlari bu asarlarni k’aysi biridan boshlab, k’ay tartibda o’k’ish mak’sadga muvofik’ bo’lishini so’rab, murojaatlar k’ilishmok’da. Bu nihoyatda to’g’ri fikr. Zero, Hazrat dinni tartibli ravishda o’rganish lozimligini doimo ta’kidlar edilar, barcha tushunmovchiliklar ushbu taomilga amal k’ilmaslikdan kelib chik’ayotganini uk’tirar edilar. Xullas, mazkur murojaatlar, xususan, farzandlariga shu asarlarni o’k’itib, avlodlarini ilm-ma’rifatli k’ilib tarbiyalash ilinjida savol yo’llagan aka-uka, opa-singillarimizning harakatlari turtki bo’lib, shu mazmundagi savollarga javob tarik’asida k’uyidagi jadvalni omma e’tiboriga havola k’ilishni ma’k’ul topdik. O’ylaymizki, bu kamtarona urinishimiz foydadan xoli bo’lmaydi. Har bir ishda tartib zarur. Tartibli ishning samarasi mo’l bo’ladi, o’zi bardavom bo’ladi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amallarning eng afzali – oz bo’lsa ham, davomiy bo’lganidir» , deganlar. Ro’yxatda kitoblar mazmuni va dolzarbligiga ko’ra bosk’ichlarga ajratildi. Har bir bosk’ichda taxminiy tartib bor bo’lsa-da, ularni har bir o’k’uvchi o’z k’izik’ishi va imkoniyatidan kelib chik’ib, o’zi uchun tartiblab olishi mumkin. Aynik’sa, bunda kitobxonning yoshi ham e’tiborlidir. O’k’uvchi tolik’masligi uchun murakkabrok’ kitoblar o’rtasida tushunish osonrok’ bo’lgan kichikrok’ asarlar tavsiya k’ilindi. Bu kitoblarning har biri mustak’il asar bo’lsa-da, ularni tartibli ravishda o’rganish o’k’uv samarasini oshirib, insonga ilm talab k’ilishda g’ayrat-shijoat beradi. Ayni paytda, har bir odamga ayni damda kundalik hayotida dolzarb bo’lib turgan mavzuni oldin o’rganib olishi farz ekanini ham eslatib o’tish darkor. Misol uchun, oila k’urmok’chi bo’lganlar «Baxtiyor oila» kitobini, savdogarlar «Bozor» kitobini avval o’k’ib, o’rganishlari lozim. Shuni ham ta’kidlash o’rinliki, bu jadvalda shayx Muhammad Sodik’ rahmatullohi alayhning barcha asarlarini o’k’ishga va o’k’itishga bel bog’lagan kishilar nazarda tutilgan. Ammo ushbu tartib hazratning asarlari bilan tanishayotgan barcha o’k’uvchilar uchun ham manfaatli bo’ladi, degan umiddamiz.
ShAYX MUHAMMAD SODIK’ MUHAMMAD YuSUF HAZRATLARINING NAShR K’ILINGAN ASARLARINI O’K’ISh TARTIBI

BIRINChI BOSK’ICh
1
Iymon
2
Sof tabiat dini
3
Amallar niyatga bog’lik’dir («Islomning madori bo’lgan hadislar» rukni)
4
Mo’minning meroji – mufassal namoz kitobi (kiril va lotin alifbolarida)
5
Mo’minning k’alk’oni – mufassal ro’za kitobi
6
Mo’minning najoti – mufassal zakot kitobi
7
Mo’minning umr safari — mufassal haj kitobi
8
YOlg’on
9
Ijtimoiy odoblar.
10
Baxtiyor oila
11
Isrof
12
Sunniy ak’iydalar
13
Ixtiloflar : sabablar, echimlar
14
Vasatiya – hayot yo’li
15
Tasavvuf hak’ida tasavvur
16
Samark’andning sara ulamolari
17
Zikr ahlidan so’rang (turkumi) 1-k’ism
IKKINChI BOSK’ICh
18
Mukammal saodat yo’li
19
Ak’oid ilmi va unga bog’lik’ masalalar
20
Kifoya (1, 2, 3-juzlar).
21
YAxshilik va silai rahm (1, 2-juzlar)
22
Bozor va unga bog’lik’ masalalar
23
Folbinlik, sehrgarlik, jin chik’arish va noan’anaviy davolash kabi ishlar hak’ik’ati
24
Din nasihatdir.
25
Ochik’ xat
26
Ruhiy tarbiya (1, 2, 3-juzlar)
27
«Hadis va Hayot» turkumi (1-10-juzlar)
28
Zuhd va hayo («Islomning madori bo’lgan hadislar» rukni)
29
Zikr ahlidan so’rang (turkumi) 2-k’ism
UChINChI BOSK’ICh
30
K’ur’on ilmlari
31
Tafsiri Hilol (1, 2, 3-juzlar)
32
Hadis va Hayot silsilasi (11-20-juzlar)
33
Odoblar xazinasi («Adabul mufrad»: 1, 2, 3, 4-juzlar).
34
Mazhablar – birlik ramzi
35
Sog’lom bola
36
Hidoyat imomi (Imom Abu Mansur Moturidiy)
37
Halol ochik’ oydindir, harom ochik’ oydindir («Islomning madori bo’lgan hadislar» rukni)
38
Zikr ahlidan so’rang (turkumi) 3-k’ism
TO’RTINChI BOSK’ICh
39
Ak’idatut-Tahoviya sharhining talxiysi
40
Tafsiri Hilol (4, 5, 6-juzlar).
41
Mustalahul hadis
42
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
43
Hadis va Hayot silsilasi (21-30 hamda 34, 35, 36, 37-juzlar)
44
Xislatli hikmatlar sharhi (1, 2, 3, 4-juz)
45
Fik’hiy yo’nalishlar va kitoblar
46
Usulul fik’h
47
Din nasihatdir («Islomning madori bo’lgan hadislar» rukni)
48
Zikr ahlidan so’rang (turkumi) 4-k’ism
ERKIN MAVZULAR
50
Keksalarni e’zozlash
51
Mazhabsizlik – Islom shariatiga tahdid soluvchi eng xatarli bid’atdir
52
Zikr ahlidan so’rang (turkumi) 5-k’ism
53
K’arz va unga bog’lik’ masalalar
54
K’ur’on Karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi
55
Oltin silsila («Sahihul Buxoriy»)
Eslatma: «Mustalahul hadis», «Fik’hiy yo’nalishlar va kitoblar» va «Usulul fik’h» kabi kitoblar mutaxassislikka oid bo’lgani uchun oddiy o’k’uvchiga biroz murakkabrok’ tuyilishi mumkin. Ularni o’k’ishda shu sohaning olimlaridan yordam so’rash mak’sadga muvofik’ bo’ladi. Shuni e’tiborda tutish lozim.
KITOB O’K’ISh HAK’IDA
Fursatdan foydalanib, shayx hazratlarining kitob o’k’ishdagi tajriba va tavsiyalaridan ham eslab o’tsak. U kishi kitob o’k’ish uchun kundalik daftar tutishni tavsiya k’ilar edilar. «Har bir kitobni boshlashda o’sha kunni daftarga k’aydlab k’o’yasiz. Kitobda tushuna olmagan, savol tug’ilgan o’rinlar uchun ham daftarga ishora k’o’yib borasiz. Biror jumla yoki gapni tushuna olmasangiz, ko’p o’ylanib vak’tni ketkazmaslik kerak, vak’ti-soati kelib, biror joydan o’sha gapning sodda ifodalangan shakli chik’ib k’oladi, jumbok’ o’z-o’zidan echiladi. Keyin kitobni tugatgan sanangizni belgilaysiz. Shunda k’ancha va k’aysi kitoblarni o’k’iganingiz ko’z o’ngingizda bo’ladi. Bu holat sizga yanada shijoat beradi», degan edilar. Ba’zan odamlarning «Hazratning kitoblari ilmiy — da, tushuna olmayapmiz», deyayotganini eshitib k’olamiz. Bu gap k’isman to’g’ri, ammo hammasi ham shunday emas. Ularni yuk’orida berilgan tartibda o’k’ilsa, tushunish k’iyin bo’lgan joyini belgilab borib, keyin ahli ilmlardan so’rab olinsa yoki «Savol-javob» saytidan so’ralsa yoxud kitob o’k’ishda bardavom bo’linsa, asta-sekin hamma narsa tushunarli bo’lib, mutolaa ochilib boraveradi. Shunisi anik’ki, musulmon odam dinini o’rganish uchun ushbu dovonni oshib o’tishi lozim, boshk’acha k’ilib aytganda, ilm olish uchun biroz mashak’k’at tortishi kerak. Shayx hazratlari har bir ishda tartibli bo’lib, vazifalarni mahkam tutish lozimligini ham ta’kidlardilar. «Bir ishga o’zingizni bir muddat majburlasangiz, o’sha narsa sizga odatga aylanib k’oladi, keyin o’shani bajarmasangiz, uyk’ungiz kelmaydigan bo’lib k’oladi», der edilar. U zot kitob o’k’ish hak’ida yana «Bugun kitob o’k’igan odam kechagi odam emas-da», deb k’o’yardilar. Bir kuni hazrat bilan bir joydan kelayotib, «fotochtenie» — tez o’k’ish usullaridan biri hak’ida so’radim, chunki o’sha kunlari shu mavzuda bir kitobchani o’k’iyotgandim. Ustoz: «Bu kabi usullar har doim ham muvaffak’iyatli bo’lavermaydi, matn esda k’olsa ham, boshk’a jihatlarda nuk’son bo’ladi, masalan, fikrlash etuk bo’lmaydi. Undan ko’ra o’zimizning o’k’ishimiz yaxshi», dedilar. YAna bir kuni hazratga o’k’iyotgan kitoblarimizdagi ko’p gaplar yoddan chik’ib ketayotganidan shikoyat k’ilgandek bo’ldim. Shunda ustoz: «O’zi shunak’a bo’ladi. Bir ma’lumotni bir kitobda ko’rib, keyin shu bo’yi o’k’imasangiz, esingizdan chik’ib ketishi oson bo’ladi. Agar o’sha ma’lumotni bir safar bu kitobda, keyin boshk’a bir kitobda, bir muddat o’tib, yana k’aysidir asarda o’k’isangiz, ana shunda xotirada yaxshi k’oladi», dedilar. Shu bois, kitoblarda ayrim ma’lumotlarni takror o’k’ishdan malollanmang, bu ham siz uchun foyda. Bir ma’lumotni bitta kitobda takror o’k’igandan ko’ra, boshk’a-boshk’a asarlarda o’k’ish uning yodda yaxshirok’ sak’lanishini ta’minlaydi. Shu o’rinda yana bir xotira yodimga tushadi. Bir gal muallifning kitobda oldin nashr bo’lgan bitiklaridan foydalanishi hak’ida suhbatlashib k’oldik. Shunda men: «Muallif o’zining kitobidan ik’tibos keltirsa bo’laveradimi?» dedim. Hazrat: «Ha, o’zining eski asarlaridan o’ttiz foizgacha foydalansa bo’ladi», dedilar. Shayx hazratlari: «Bir mavzu hak’ida k’aysi kitobda k’anday ma’lumot borligini eslab k’olishning o’zi ham katta yutuk’, juda batafsil esda k’olmasa ham mayli. Kerak bo’lganda darrov izlab, topib olasiz», derdilar. U kishi yana: «Bir narsani o’k’isangiz, k’anchadir k’ismi esda k’olib, k’olgani esdan chik’adi. Agar o’shani o’k’ish bilan birga yozib ham chik’sangiz, ancha ko’prok’ k’ismi yodingizda sak’lanib k’oladi. Ammo ma’lumotni esda sak’lashning eng yuk’ori darajasi o’sha mavzuni kimgadir dars k’ilib o’tishda ekan. Dars bersangiz, ham yaxshi uk’ib olasiz, ham esda sak’lab k’olasiz», degandilar. Shunga ko’ra, o’k’igan kitoblaringizni farzand-nabiralarga tushuntirib borsangiz, olgan ma’lumotingiz xotiraga mustahkamrok’ joylashadi. Hazratning kitob hak’ida aytgan yana bir gaplari bugun juda ham muhim: «Hozirda odamlar manavi telefon va shunga o’xshash jihozlarda uzuk’-yuluk’ ma’lumotlarni o’k’ishga o’rganib k’olishyapti. To’g’ri, bunda ham ancha-muncha ilmga ega bo’lish mumkin. Ammo kitobning o’rni boshk’a. Kitobda muallif avval muk’addima yozadi. Unda ushbu asarda k’aysi mavzuda va nimalar hak’ida so’z borishini bayon k’iladi. Keyin o’zi yoritayotgan mavzuning tarixidan gap boshlaydi va asta-sekin asosiy nuk’taga etib boradi. So’ng esa kerakli xulosalarni berib, so’ziga xotima yasaydi. Shu bois, kitobni bir chetdan o’k’igan odam bilan u er-bu erdan ma’lumot o’k’ib yurgan odamning orasida er bilan osmoncha fark’ bo’ladi. Hakkam-dukkam ma’lumotlarni o’k’ishga o’rgangan odamning fikrlashi ham hakkam-dukkam bo’lib k’oladi, bir narsani gapirsangiz, atroflicha fikrlay olmaydi». Hozirgi kunda kitoblarning elektron shakllari ham juda ommalashdi. Bunga xizmat k’ilayotganlarni Alloh yorlak’asin, ajrlarini mo’l k’ilsin. Buning k’ulayligi, yo’l-yo’lakay o’k’ishga munosibligi va boshk’a manfaatli jihatlari borligi anik’. Ammo har k’ancha foydali bo’lmasin, baribir oddiy, k’og’oz kitobning o’rnini bosa olmas ekan. K’olaversa, kitob ochib o’k’ishning fayzi boshk’a. Kimga k’anak’a bilmadim-u, ammo menga shunak’a tuyuladi. O’zimning shaxsiy tajribamdan kelib chik’ib aytsam, elektron kitobda o’k’igan ma’lumotlarim oddiy kitobda o’k’iganlarimchalik esda k’olmaydi. Menimcha, ekrandagi kadrni ko’rish uchun miyaning ancha k’ismi band bo’ladi chog’i va shu bois, ma’lumotni xotiraga sak’lashda sustlik yuzaga keladi. Ota-ona farzandlarining ko’z o’ngida hadeb televizor ko’rib o’tiravermay, kitob o’k’ib tursa, bolalar ham kitobxon bo’ladi. Ularga k’ilinadigan sovg’alar ichida ham albatta kitob, daftar-k’alamlar bo’lishi kerak. Ularni o’zlari uchun kiyim tanlashga o’rgatganimiz kabi kitob olishga ham o’rgatishimiz darkor. To’y — ma’raka, bordi-keldilarga k’unt k’ilganimiz kabi bolalarga ham kitob xususida va’dalar berib, ularni amalga oshirishimiz kerak. Ota-ona har kuni ma’lum paytda oila davrasida kitob o’k’ishni yo’lga k’o’yishi lozim. Bolalarga o’k’ishi kerak bo’lgan kitoblarni tayinlab berib, keyin undan imtihon olib, kundaligiga baho k’o’yib, muvaffak’iyatlari bilan k’utlab, sovg’alar ulashish juda ham muhim. Bularning barchasida izchillik talab k’ilinadi. YAna bir tavsiya. Agar imkon bo’lsa, farzandlarga «Hadis va Hayot» turkumidan olingan k’isk’a hadislarning matnlarini yodlatib borilsa ham juda yaxshi bo’ladi. Shuningdek, «Ak’iydatut-Tahoviya»ning matnini ham yodlatilsa ayni muddao bo’ladi. Aynik’sa, K’ur’onni yod olib bo’lgan bolalar nima k’ilishini bilmay , to’xtalib k’oladilar. K’ur’on bilan zehni charxlanib turgan tolibi ilm uchun hadis va ilmiy matnlarni yodlash ham ancha oson kechadi. Ular bu matnlarning ma’nolarini to’lik’ tushunmasalar ham yodlab olaversalar, keyinrok’ ma’nosini o’rganib, to’ldirib oladilar va bu ilm ularga mulk bo’lib k’oladi. Xulosa k’ilib aytganda, shayx hazratlarining asarlarini o’rganishda muallif rahmatullohi alayhning mazkur ko’rsatmalariga amal k’ilib borilsa, inshaalloh, juda ulug’ ish bo’ladi. «Toma-toma ko’l bo’lur», deganlaridek, hademay ancha katta ilmga, ma’naviy kamolotga etib k’olinadi. Shu bilan birga, kitob o’k’ishda k’albni musaffo tutish va o’k’iganlariga amal k’ilib borish ilmning barakali bo’lishi uchun asosiy omil ekanini ham unutmaslik kerak. Shuni ta’kidlash o’rinliki, bu erda fak’at shayx rahmatullohi alayhning asarlari hak’ida so’z yuritdik, xolos. Ammo yurtimizda yana boshk’a ko’plab ulamolarimizning kitoblari ham nashr bo’lmok’da. Ularni ham ushbu tartibga k’iyoslagan holda o’k’ib borilsa, juda yaxshi bo’ladi. Alloh taolo K’ur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birgina narsani ziyoda etishni so’rab duo k’ilishni buyurgan. U ham bo’lsa, ilmdir. «Robbim! Ilmimni ziyoda k’il!» deb ayt» (Toho surasi, 114-oyat). Alloh hammalarimizning ilmimizni ziyoda k’ilsin va manfaatli aylasin! Hasanxon YAhyo Abdulmajid 15.03.17

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.