International champions cup klasikoda barselona galaba qozondi — ozbekiston

International champions cup klasikoda barselona galaba qozondi — ozbekiston

International champions cup. klasikoda barselona galaba qozondi — o’zbekiston

International Champions Cup doirasida «Real» va «Barselona» urtasidagi uchrashuvi yakuniga etdi. Jamoalar hali yuqori formada bulmasalar-da, mukhlislarga ochiq uyin namoyish qilib berishdi.
Bahsning 3-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochishga muvaffaq buldi. Busketsning uzatmasidan keyin argentinalik futbolchi raqib jarima maydonchasiga kirib borib, Marseloni aldadi va chap oyoqda kuchli bulmagan zarba berdi. Tup Kazemironing oyogiga tegib, Navasning ustidan oshib utdi va turga borib tushdi.
Oradan 4 daqiqa utib, «Barsa» ikkinchi tupni «Qirollik klubi» darvozasiga joyladi. Neymar chap qanotdan jarima maydonchasiga yaqinlashib bordi va yarim aylana ustiga uzatma berdi. Suares tupni utkazib yubordi. Rakitich esa ung oyoqda kuchli zarba bilan darvozani ishgol qildi.
Utkazib yuborilgan gollardan keyin «Real» asta-sekin uziga kela boshladi va dastlabki aniq zarbani golga aylantirdi. Mateo Kovachich «Barsa» jarima maydonchasi tashqarisida Pikeni aldab utdi va 17 metrdan aniq zarba berib, Silessenni dogda qoldirdi.
Shundan keyin kataloniyaliklar 2ta uta qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Neymarning zarbasiga biroz aniqlik etishmagan bulsa, Messi yakkama-yakka vaziyatda bergan zarbasini Keylor Navas qaytarishga muvaffaq buldi. Zidan shogirdlari esa ikkinchi qulay imkoniyatni ham golga aylantirishdi. «Barselona» burchak tupi uyinga kiritgan paytda «Real» namunaviy qarshi hujum tashkil qildi. Kovachichning uzatmasidan keyin Asensio darvozabon bilan yuzma-yuz holatda qoldi va tupni darvozaga joyladi.
Ikkinchi bulimni ham Valverde shogirdlari faol boshlashdi. 50-daqiqada Neymar chap qanotda belgilangan jarima tupini darvozabon maydonchasiga etkazdi. Pike 5 metr masofadan tupni oyogi bilan «Real» darvozasiga joylab quydi. Oradan 5 daqiqa utib Neymarning uzi gol urishi mumkin edi. Messining uzatmasidan keyin braziliyalik futbolchi birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo darvozani ishgol eta olmadi.
Shundan sung har ikkala jamoa safida ketma-ket uzgarishlar bula boshladi va boshlangich tarkibdagi futbolchilardan deyarli hech kim qolmadi. Ikkinchi bulimda maydonga tushgan Isko hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Uchrashuvning 81-daqiqasida u chap qanotdan markaz buylab yurish qildi va 15 metrlardan olis burchakka aniq zarba berdi. Yasper Silessen barmoqlarining uchi bilan tupni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
Shu tariqa, «Barselona» yozgi klasikolarning dastlabkisida galaba qozondi. Kataloniyaliklar Khalqaro chempionlar kubogining AQShdagi turnesida goliblikni qulga kiritdi.
International Champions Cup
Real Madrid Ispaniya – Barselona Ispaniya 2:3 (2:2, 0:1)
30 iyul, 05.05, «Sun Life Stadium»
Gollar: 0:1 – 3 Messi, 0:2 – 7 Rakitich, 1:2 – 14 Kovachich, 2:2 – 36 Asensio, 2:3 – 50 Pike.
Real Madrid – Navas, Varan (Valekho, 46), Marselo (Teo, 74), Karvakhal (Khakimi, 74), Ramos (Nacho, 46), Kovachich (Sebalos, 74), Kazemiro (Markos Lorente, 74), Asensio (Vaskes, 46), Modrich (Isko, 46), Beyl (Oskar Rodriges, 74), Benzema (Mayoral, 74).
Barselona – Sillessen, Umtiti (Vermalen, 63), Pike (Maskerano, 73), Alba (Din, 73), Aleish Vidal (Nelson Semedu, 63), Rakitich (Alenya, 73), Buskets (Serdji Samper, 73), Inesta (Serji Roberto, 46), Neymar (Turan, 73), Messi (Denis Suares, 63), Suares (Pako Alkaser, 63).
Ogohlantirishlar: Varan (22), Karvakhal (60), Suares (60), Serdji Samper (78).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.