International champions cup real penaltilar seriyasida myuga yutqazdi — ozbekiston

International champions cup real penaltilar seriyasida myuga yutqazdi — ozbekiston

International champions cup. real penaltilar seriyasida myuga yutqazdi — o’zbekiston

Khalqaro chempionlar kubogi doirasida «Real» dastlabki uyinni utkazdi. Zidan shogirdlariga Mourino boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» raqiblik qildi.
Madridliklar dastlabki daqiqalardan asosiy tarkib bilan harakatlangan bulsalar-da, hisobni ochish mankunianliklarga nasib etdi. Birinchi bulimga qushib berilgan daqiqalarda Jessi Lingard «Real» darvozasini ishgol qildi.
Ikkinchi bulimda Zidan maydonga zakhira tarkibini tushirdi. Shunga qaramay, «Qirollik klubi» hisobni tenglashtirishga muvaffaq buldi. Kazemiro penaltidan kuchli zarba berib, darvozani ishgol qildi.
Uyinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. International Champions Cup reglamentiga kura, uyindan keyin penaltilar seriyasi amalga oshirildi. Unda kamdan-kam hisob qayd etildi — 2:1. Etiborlisi, uyinda penaltidan gol urgan Kazemiro sunggi zarbada adashdi — tup ustunga tegib, yuqoriga kutarilib ketdi.
International Champions Cup
San-Fransisko, AQSh
Real Madrid Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 1:1 (0:1), penaltilar seriyasi — 1:2
24 iyul, 02.05, «Levi’s Stadium»
Gollar: 0:1 – 45 Lingard, 1:1 – 69, penalti Kazemiro.
Real Madrid – Navas (Kasilya, 46), Varan (Kesada, 46), Marselo (Tekhero, 46), Karvakhal (Hakimiy, 46), Nacho (Manu, 46), Isko (Oskar Rodriges, 46), Kroos (Kazemiro, 46), Vaskes (Teo, 46), Modrich (Kovachich, 46), Beyl (Foylase, 46), Benzema (Dani Gomes, 46).
Manchester Yunayted – Romero (De Khea, 46), Djons (Smolling, 46), Bayi (Lindelef, 46), Darmian (Valensiya, 77), Lingard (Pogba, 46), Fosu-Mensa (Blind, 46), Fellayni, Kerrik (Mkhitaryan, 46), Pereyra (Errera, 46; Maktomini, 52), Marsyal, Reshford (Lukaku, 46).
Ogohlantirish: Oskar Rodriges (85).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.