Ishkiy munosabatlarga soya soluvchi 5 xato — ozbekiston

Ishk’iy munosabatlarga soya soluvchi 5 xato — o’zbekiston
Bir k’arashda baxti to’kis oilaning bekasisiz. Turmush o’rtog’ingiz, bir-biridan ak’lli, odobli farzandlaringiz, sizni tilidan bol tomib mak’taydigan k’aynonangiz, ish, oila va farzandlariga birdek ulguradigan uddaburon ayol — sizga barchaning havasi keladi. Birok’ hammma o’zidan o’tganini o’zi biladi-da… YAxshiyamki yotok’xonaning eshigi, tilni to’sib turuvchi tishlar bor. Aks holda, juftingiz bilan o’rtangizdagi so’na boshlagan muhabbat olovi asl baxtingizga soya tashlayotganini boshk’alar ham bilgan bo’lisharmidi?! K’aerda xato k’ildim deb o’ylashingizdan foyda yo’k’, yaxshisi, vaziyatni tuzatish yo’llarini axtaring. Oliy toifali shifokor, ruhshunos Alisher TO’RAEV bu borada sizga o’z maslahatlarini berib o’tadi.
1. Ro’zg’orga o’ralashib k’olmang!
Uy tozalash, kir yuvish, dazmollash, pol va chang artish, idish-tovok’lar-u bozor – o’char tagi ko’rinmas g’orning ishlar hech k’achon tugamaydi, kam – ko’sti yopilmaydi. Shunday ekan, ular uchun asosiy kuch va e’tiboringizni sarflashingiz to’g’rimi? Har kuni artadigan o’sha polingiz sizga mehr berarmidi? YOki bugun emas, erataga dazmol k’ilinadigan kiyimlaringiz eringiz bilan munosabatlaringizni tuzatadimi? Tozalik va ozodalik muhim, buni inkor etolmaymiz. Erkak xonaning changi artilganiga 2 kun bo’lganini bilmasligi mumkin, lekin sizning e’tiboringiz kamayganini darhol sezadi.
2. Televizor va telefondan uzok’rok’ bo’ling!
Serial, telefon yoki kompyuter o’yinlarini biroz chetga surib k’o’ying. Ularga vak’tingiz serob-u, juftingiz uchun yo’k’mi?! Turmush o’rtog’ingiz bilan o’rtangizda g’ov bo’layotgan barcha narsalarni engib o’ting. Agar turmush o’rtog’ingiz siz kabi osongina telefonidagi o’yinidan voz kecholmasa, o’sha o’yinni u bilan birga o’ynash ork’ali umumiy mavzu topishingiz mumkin. Vak’tni ok’ar suvga tenglashtiramiz-u, lekin undan to’g’ri foydalanishni bilmasligimiz achinarli. Tunni telefonni k’o’lga olib emas, bir-biringizni k’uchog’ingizda o’tkazing!
3. Ish va charchok’…
Ish bilan oilani bir-biriga aralashtirmang. Ishxonada asabiylashgan bo’lsangiz yoki charchok’dan yik’ilib tushay deb tursangiz ham jufti halolingizga ikki og’iz shirin so’z aytishga o’zingizda kuch toping. Charchok’ni engish uchun esa kontrast dush yoki efir moylari k’o’shilgan vanna k’abul k’iling. Balki turmush o’rtog’ingizni ham chak’irarsiz…
4. O’zingizga ishoning!
Unutmang: u sizga uylangan! Siz farzandlarining onasi, k’o’rg’onining bekasisiz! Demak, hayotidagi eng muhim ahamiyatga ega ayol ham siz bo’lasiz! U fak’atgina sizni deydi, bunga ishoning. Atrfodagi shuncha k’izlar orasidan u sizni yagonasi deb bilgan. Erkak kishi bir so’zli bo’ladi, siz uning tanlovisiz! Buning uchun eringizni ham, o’zingizni ham hurmat k’iling. Kamchiliklarimni bilmaydi deb o’ylamang, eringiz sizni ular bilan birga sevadi. Siz o’zingizni boringizcha k’abul k’iling, tamom. Bor go’zalligingiz va jozibangizni ishga soling! Eringizni k’aytadan rom eting…
5. YAngiliklardan cho’chimang!
Juftingiz sizga yotok’xonada biror bir yangilikni sinab ko’rish taklifi bilan chik’sa, rad etishga shoshilmang. Birinchidan, bu ishlarni k’ilishga rozi bo’ladigan boshk’a birov topilib k’olishi mumkin. Ikkinchidan, bir xillikdan o’zingiz ham zerikmadingizmi? Aynan yangiliklar sizga yangi tuyg’ular eshigini ochishi mumkin.
Комментарии 0