Islom karimov hayotining mazmuni erkin davlat barpo etish edi — shavkat mirziyoev — ozbekiston

Islom karimov hayotining mazmuni erkin davlat barpo etish edi — shavkat mirziyoev — o’zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoev 31 avgust kuni Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida urnatilgan Uzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Uning nutqidan bazi iqtiboslarni keltirib utamiz.
Mustaqillikning elon qilinishi
«Islom Abduganievich butun umrini jonajon Uzbekistonimiz uchun, uning ozodligi va buyuk kelajagi uchun bagishladi. Tarikhimizning eng murakkab va ogir davrida — millatlararo ziddiyatlar avj olgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchrab, respublikamiz jar yoqasiga kelib qolgan keskin va tahlikali bir sharoitda u mamlakatga rahbarlik qilish masuliyatini uz zimmasiga oldilar. Vatanimiz tarikhida yangi davr boshlangan kun — 1991 yil 31 avgustda Islom Abduganievich Karimov Uzbekiston mustaqilligini elon qildilar va chorak asr davomida davlatimizni boshqardilar».
«Elim deb yashash»
«Islom Abduganievich butun hayoti va faoliyatining mazmuni bulgan «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!» degan ezgu goyani ilgari surdilar va bu davat barcha vatandoshlarimi qalbidan chuqur joy oldi. U kishi «Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak» degan uzining goyasiga doim amal qilib, kelajak avlodlar uchun buyuk ibrat maktabini yaratdilar. Birinchi Prezident millatning haqiqiy etakchisi sifatida guzal Vatanini jonidan ham ortiq sevar edi, khalqining manfaatlarini himoya qilish va ruyobga chiqarishni uz hayotining bosh maqsadi, deb bilar edilar. Khalqimiz ham Islom Abduganievichni cheksiz mehr bilan sevar va uzining ulug rahbari sifatida u kishi bilan haqli ravishda fakhrlanar edi».
Khotirani abadiylashtirish
«Bugungi kunda Toshkent shahridagi khalqaro aeroport, Toshkent davlat tekhnika universiteti, Asaka avtomobil zavodi, Fargona shahridagi Sanat saroyi, poytakhtimiz va hududlarimizdagi markaziy kuchalar, Oqsaroy qarorgohida uz faoliyatini boshlagan ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi, makhsus khayriya jamoat fondi Islom Abduganievichning muborak nomlari bilan ataldi… 2 sentyabr kuni Islom Abduganievich tugilib voyaga etgan, mangu orom topgan azim Samarqand shahrida uning haykali ochilishiga bagishlangan marosim utkaziladi. Shuningdek, Qarshi shahrida haykal urnatish va Samarqand shahrida yodgorlik majmuasini barpo etish buyicha boshlagan ishlarimizni tuliq yakunlab, Birinchi Prezidentimizning tugilgan kuniga 80 yil tuladigan sana — 2018 yil 30 yanvarda tantanali ochilish marosimini utkazamiz.
Huvillab qolgan Oqsaroy
«Birinchi Prezidentimiz tomonidan barpo etilgan Oqsaroy qarorgohida Birinchi Prezidentimizning davlat rahbari sifatidagi faoliyatining eng yorqin damlari utgan edi. Aynan shu erda khalqimiz, mamlakatimiz taqdiri va kelajagiga oid goyat muhim bulgan kuplab farmon va qarorlar qabul qilingani hammamizga yakhshi malum. Bundan bir yil oldin boshimizga tushgan ogir musibat tufayli huvillab qolgan Oqsaroy qarorgohi bugun Islom Abduganievichning siymosi tufayli yana el-yurtimizni uz bagriga chorlamoqda… Ishonchim komil, bugundan boshlab ushbu majmua khalqimiz uchun bir umrga qutlug va tabarruk qadamjo bulib qoladi. Toshkent ahli, mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlaridan keladigan vatandoshlarimiz, chet ellik mehmonlar, davlat va jamoat arboblari bu erga tashrif buyurib, Uzbekistonning Birinchi Prezidenti khotirasiga hurmat bajo keltiradilar. Bu maskanga qadam quygan har bir inson muhtaram Islom Abduganievich yurgan yulaklardan, khiyobonlardan utib, muzey bilan yaqindan tanishib, istiqlolimiz asoschisi bilan khayolan uchrashgandek, muloqot qilgandek buladi».
Комментарии 0