Iso paygambar hakida malumot — ozbekiston

Iso payg’ambar hak’ida ma’lumot — o’zbekiston

Iyso alayhissalomning da’vatlarini eshitgan, mo’’jizalarini ko’rgan odamlar u zotga iymon keltirib, ergasha boshladilar. Ular kundan kunga ko’payib bordi. Bu hol yahudiylarni tashvishga soldi. Ular Iyso alayhissalomni o’ldirishga k’asd k’ildilar.
«Niso» surasidagi ushbu oyatlarda o’sha mash’um niyatning hak’ik’ati bayon k’ilinadi:
«Biz Allohning Rasuli Masih Iyso ibn Maryamni o’ldirdik», deganlari uchun (ularni la’natladik). Holbuki uni o’ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi. U hak’ida ixtilofga tushganlar uning o’limidan shak-shubhadadirlar. U to’g’risida ularning bilimlari yo’k’, magar gumonga ergasharlar. Uni o’ldirmaganlari anik’dir.
Aslida, yahudiylar Iyso alayhissalomni Payg’ambar deb tan olmaganlar. Bu erdagi «Allohning Rasuli» deyishlari istehzo va masxara uchundir. Ular Iyso alayhissalomni o’ldirganliklarini da’vo k’iladilar. Lekin bu k’uruk’ da’vo, xolos. Hak’ik’atni esa, K’ur’oni Karim bayon k’iladi:
«Holbuki, uni o’ldirmadilar ham, osmadilar ham, lekin ularga shunday tuyuldi».
Iyso alayhissalomga yahudiylar suik’asd k’ilganlarining k’issasi ma’lum va mashhur. Bu k’issani buyuk tafsirchilardan Ibn Kasir rahmatullohi alayhi k’uyidagicha rivoyat k’iladilar:
«Alloh taolo Iyso ibn Maryamni ochik’-oydin alomatlar va hidoyat ila Payg’ambar k’ilib yuborganida, yahudiylar u zotga berilgan Payg’ambarlik va mo’’jizalarga hasad k’ildilar. U kishi ko’r bo’lib tug’ilganlarni va peslarni davolar, o’likni Allohning izni ila tiriltirar, loydan k’ushning shaklini yasab unga puflasalar, Allohning izni ila k’ush bo’lib uchib ketar edi.
Shunga o’xshash ko’pgina mo’’jizalar bilan u kishini Alloh k’o’llab-k’uvvatlagan edi. YAhudiylar esa, u kishini yolg’onchiga chik’ardilar, xilof k’ildilar va imkoni boricha u zotga ozor berishga o’tdilar. Hattoki, Allohning Payg’ambari Iyso alayhissalom ular bor joyda turmaydigan bo’ldilar. Ko’pincha onalari bilan birga sayohatda yurishga majbur bo’ldilar. YAhudiylar bu bilan kifoyalanib k’olmadilar, u zotni o’sha davrdagi Damashk’ning podshohiga chak’dilar.
Podshoh yulduzlarga sig’inadigan mushriklar toifasidan edi. Uning millatiga, yunon, deb nom berilgan edi. YAhudiylar unga: «Baytul Mak’disda bir odam chik’ib, kishilarni fitnaga solmok’da, adashtirmok’da va fuk’arolarni podshohga k’arshi k’o’ymok’da», deb xabar etkazdilar.
Bundan podshohning g’azabi chik’di. Baytul Mak’disdagi noibiga mazkur odamdan ehtiyot bo’lish, uni osib, boshiga tikon k’o’yib, uning sharridan odamlarni sak’lash farmonini berdi. Maktub Baytul Mak’disning voliysiga etib kelganida, u farmonni bajarishga otlandi. Bir toifa yahudiylar bilan Iyso alayhissalom turgan joyga bordi. U kishi o’zlariga yak’in kishilar bilan birga edilar. Ularning soni o’n ikki-o’n uch yoki o’n ettita edi.
Bu vok’ea juma kunidan shanbaga o’tar kechasi sodir bo’ldi. YAhudiylar ularni k’amalga oldilar. YOki ular bosib kirishadi, yoki o’zlari ularning oldiga chik’ishlari kerak–bundan boshk’a iloj k’olmaganini anglab etgan Iyso alayhissalom sheriklariga: «Kimingizga mening tusim o’tsa, o’sha odam jannatda men bilan birga bo’ladi», dedilar.
Bu ishga bir yosh yigit tayyorligini bildirdi. Uni xiyol yosh sanadilar, yuk’oridagi gapni ikkinchi, uchinchi bor takrorladilar. Har safar fak’at haligi yigit o’z tayyorligini bildirdi. Iyso alayhissalom: «Sen o’shasan!» dedilar. Alloh taolo u yigitni Iyso alayhissalom tusiga kiritdi.
Tomning shiftidan bir tuynuk ochildi. Iyso alayhissalomni mudrok’ oldi. Shu holda osmonga ko’tarildilar. U zot ko’tarilganlaridan keyin, sheriklari tashk’ariga chik’dilar. YAhudiylar k’orong’uda haligi yigitni, Iyso, deb o’ylab, ushlab, osdilar va boshiga tikon k’o’ydilar».
Ko’pchilik rivoyatlarda, Iyso alayhissalomning tusiga kirgan va k’atl etilgan havoriylarning ichida bo’lgan YAhuzo Esxuryutiy ismli odam. U xiyonat k’ilib Iyso alayhissalomning berkingan joylarini yahudiylarga ko’rsatib bergan edi, deyiladi.
Ammo ishga bu bilan nuk’ta k’o’yilgani yo’k’. Asosiy ixtiloflar aynan ushbu vok’eadan so’ng boshlandi.
Ta’kidlanganidek, hodisa kechaning k’orong’usida, to’s-to’palonning ichida bo’lib o’tdi. Ko’p narsalar noanik’ k’oldi. Shuning uchun:
«Uning hak’ida ixtilof k’ilganlar uning o’limidan shak-shubhadadirlar».
Avvalo, hodisada ishtirok etganlarning o’zlari ixtilofga tushdilar. «Agar o’ldirilgan Iyso bo’lsa, birga yurgan odam k’ani? Agar o’ldirilgan birga yurgan odam bo’lsa, Iyso k’ani?» dedilar, bir-birlariga.
Lekin biribir o’likni osib k’o’yib, biz Iysoni o’ldirdik, deb mak’tanib yurishaverdi.
Nasorolar bo’lsa, ba’zilari bu gapga ishondi, ba’zilari «Iyso o’lgandan keyin ko’mildi. Ammo uch kundan keyin yana tirildi», deyishdi.
Lekin hammalarining gapi ham asossiz gaplardir. Bu narsa oyatning so’ngida yana bir bor ta’kidlanadi:
«U to’g’risida ularning bilimlari yo’k’, magar gumonga ergashadilar. Uni o’ldirmaganlari anik’».
Xo’sh, o’ldirmaganlari anik’ bo’lsa, unga nima bo’lgan, degan savolga kelasi oyatda javob keladi:
«Balki, uni Alloh O’ziga ko’tardi. Alloh aziz va hakim bo’lgan zotdir».
Mo’min-musulmonlarning Iyso alayhissalom hak’laridagi ak’idalari ushbu va boshk’a oyatlardan hamda sahih hadisi shariflardan olingan. Unda hech k’anday noanik’lik, shubha yoki gumon yo’k’. Hammasi anik’ va ochik’-oydin.
Alloh taolo Iyso alayhissalomni O’ziga ko’targan paytda u zot 33 yoshda edilar.
IYSO K’IYOMAT SOATI BELGISIDIR
Islom ayidasi bo’yicha k’iyomat yak’in k’olganda Iyso alayhissalom er yuziga k’ayta tushadilar. Bunga «Zuxruf» surasidagi ushbu oyat va bir k’ancha hadisi shariflar dalildir:
«Albatta, u(Iyso) k’iyomat soati ilmi-belgisidir. Bas, siz u (soat) hak’ida hech shubha k’ilmang va menga ergashing. Mana shu to’g’ri yo’ldir». (61)
Ushbu oyati karima Iyso alayhissalomning k’iyomat kuni yak’inlashganda tushishlariga dalildir.
«Albatta, u(Iyso) k’iyomat soati ilmi-belgisidir».
YA’ni, vak’ti kelib Iyso k’iyomat kunining belgisi bo’ladi. Uning k’ayta tushishidan k’iyomat juda ham yak’in k’olgani bilib olinadi. Bu oyati karimaning ma’nosini Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallamdan kelgan ko’plab hadisi shariflar tasdik’lagan.
Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Molik va Imom Abu Dovudlar hazrati Abu Hurayradan rivoyat k’ilgan hadisda Rasululloh sollalohu alayhi vasallam k’uyidagilarni aytadilar:
«Jonim k’o’lida bo’lgan zot bilan k’asamki, ichingizga Ibn Maryam odil hakam bo’lib tushishi yak’indir. Bas, u xochni sindiradi, cho’chk’ani o’ldiradi, jizyani joriy k’iladi, molu dunyoni toshirib yuborganidan uni birov olmay k’o’yadi. Hattoki, bir sajda butun dunyodan va undagi narsalardan yaxshi bo’lib k’oladi».
Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan rivoyat k’ilgan hadisda esa, Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallam k’uyidagilarni aytadilar:
«Mening ummatimdan bir toifa to k’iyomat kunigacha hak’ uchun ustun bo’lib jang k’iladilar. Bas, Iyso ibn Maryam tushadi. Ularning amiri unga:
«Kel, bizga namozga o’t», deydi. U:
«Yo’k’. Sizlar ba’zingiz ba’zingizga amirsiz. Bu Allohning ushbu ummatga ko’rsatgan hurmatidir», deydi».
Iyso alayhissalomning k’aytib tushishlari g’aybiy e’tik’od masalalari doirasiga kiradi. Bunga ushbu oyatda ishora bor, shuningdek, Payg’ambarimiz sollalohu alayhi vasallamning hadislarida ham uning bayoni kelgan. Shu ikki masdardan boshk’a hujjatga e’tik’od k’ilib bo’lmaydi.
«Bas, siz u (soat) hak’ida hech shubha k’ilmang…»
Albatta, u bo’ladi.
«…va menga ergashing».
Bu gap Muhammad sollalohu alayhi vasallamning tillaridan aytilayotgan gapdir.
«Mana shu to’g’ri yo’ldir».
YA’ni, k’iyomat kuni hak’ida hech shubhalanmasdan Muhammad sollalohu alayhi vasallamga ergashish eng to’g’ri yo’ldir. Bundan boshk’a to’g’ri yo’l yo’k’.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.