Issiklik taminoti tizimini rivojlantirish dasturi kabul kilindi — ozbekiston

Issiklik taminoti tizimini rivojlantirish dasturi kabul kilindi — ozbekiston

Issik’lik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi k’abul k’ilindi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 aprel kuni «2018?2022 yillarda issik’lik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to’g’risida»gi k’arorni tasdik’ladi. Hujjat iste’molchilarga issik’lik energiyasi etkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish, zamonaviy tejamkor va energiyani ik’tisod k’iladigan texnologiyalarni joriy etish asosida issik’lik ta’minoti tizimining asosiy fondlarini yangilash va modernizasiyalash, yok’ilg’i-energetika resurslaridan samarali va ok’ilona foydalanish mak’sadida k’abul k’ilindi.
K’arorga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, O’zbekistonda markazlashtirilgan issik’lik ta’minoti tizimi 1950?1970 yillarda ochik’ suv tak’simoti hamda bino va inshootlarning isitish tizimlarini issik’lik tarmok’lariga ulash sxemasi asosida tashkil k’ilingan.
Montaj k’ilishda kam mablag’ sarflanadigan, ammo foydalanishda katta mik’dorda mablag’ talab k’iladigan bunday markazlashtirilgan issik’lik ta’minoti tizimlarining o’ziga xosligi ichki isitish tizimi va issik’lik tarmok’lari k’uvurlarining xizmat k’ilish muddati k’isk’aligi, issik’likni ishlab chik’arish, transportirovka va iste’mol k’ilishda ekspluatasiya xarajatlarining yuk’oriligi, tarmok’lar ork’ali suv uzatish va issik’lik k’uvvati ta’minotida belgilangan me’yordan ortik’ mablag’ sarflanishi bilan ifodalanadi.
Bugungi kunda k’ozonxona uskunalari va tarmok’larning o’ta eskirgani sababli, mavjud issik’lik ta’minoti tizimida issik’lik manbalaridan mak’bul darajada foydlanishning imkoni bo’lmayapti, bu esa issik’lik ta’minoti korxonalari faoliyatiga, iste’molchilarni issik’lik xizmati va issik’ suv bilan ta’minlash sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmok’da.
Markazlashtirilgan issik’lik ta’minotidan uzilgan ayrim ko’p xonadonli uylar ko’pincha sertifikatga ega bo’lmagan va yong’in xavfsizligi kafolatlanmagan gaz va elektr uskunalari bilan isitilmok’da.
Mazkur k’aror bilan mamlakatimizda issik’lik ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha k’uyidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi:
issik’lik ta’minoti tizimiga energiya va resurs tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni, jumladan, k’ayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda joriy etish;ko’p xonadonli uy-joy fondi, ijtimoiy va boshk’a ob’ektlarning markazlashtirilmagan issik’lik ta’minoti tizimini energiya samaradorligi yuk’ori bo’lgan mahalliy k’ozonxonalar k’urish, shuningdek, xonadonlarga yakka tartibda ichki issik’lik ta’minot tizimini o’rnatish ork’ali rivojlantirish;jismoniy va ma’naviy eskirgan, tejamkor bo’lmagan k’ozonxona agregatlarini, ishdan chik’k’an magistral va tak’simlash issik’lik tarmok’larini modernizasiya va rekonstruksiya k’ilish, almashtirish;energiya resurslari iste’moli va ishlab chik’arilishini me’yor bo’yicha hisoblashni amalda k’o’llash, iste’molchilarni hamda issik’lik ta’minoti xizmatlarini hisoblash va to’lovlarni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy k’ilish. K’arorda 2018?2022 yillarda markaziy k’ozonxona, issik’lik tarmok’lari, mahalliy k’ozonxonalarni modernizasiya va rekonstruksiya k’ilish, energiya samaradorligi yuk’ori bo’lgan, jumladan, geliok’urilmalarni k’o’llash ork’ali mahalliy k’ozonxonalar k’urish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issik’lik ta’minoti tizimini o’rnatish parametrlari, shuningdek, issik’lik ta’minoti tizimini rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari tasdik’landi.
Ushbu k’arorda Dasturning o’z vak’tida va samarali amalga oshirilishi uchun Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mas’ul etib, shuningdek, issik’lik ta’minoti xizmatlari ko’rsatish (ishlab chik’arish, tashish, tak’simlash va iste’mol k’ilish)ning barcha bosk’ichlari inobatga olingan holda loyihalarni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko’zda tutuvchi Issik’lik ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizasiya k’ilish konsepsiyasini ishlab chik’ish belgilandi.
Yuk’orida k’ayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Davlat byudjeti, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o’z mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, pudrat tashkilotlari mablag’lari va Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 1,7 trillion so’m yo’naltirish ko’zda tutilgan.
K’arorda mahalliy k’ozonxonalar va xonadonlar ichidagi yakka tartibdagi issik’lik ta’minoti tizimining energiya samaradorligi bo’yicha shaharsozlik me’yor va k’oidalarini ishlab chik’ish, bino va inshootlar loyihasida ularga k’uyosh kollektorlari o’rnatishni nazarda tutish, shuningdek, k’uyosh kollektorlarini tayyorlash, sinovdan o’tkazish va k’o’llashga doir davlat standartlarini ishlab chik’ish belgilangan.
Shuningdek, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatda energiya samaradorligi yuk’ori bo’lgan mahalliy k’ozonxonalar, xonadonlarga yakka tartibda o’rnatiladigan ichki issik’lik ta’minoti tizimlari ishlab chik’arishni tashkil k’ilish hamda ularni Sanoat kooperasiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chik’arishni mahalliylashtirish dasturiga kiritish nazarda tutilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.