Jahon chempioni adhamjon ergashev osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor boldi — ozbekiston

Jahon chempioni adhamjon ergashev osiyo chempionatida ham oltin medalga sazovor bo’ldi — o’zbekiston
YAk’indagina Malayziyaning Penang shahrida og’ir atletika bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionati bo’lib o’tganligi va unda O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Adhamjon Ergashev barcha rak’iblarini ortda k’oldirib jahon chempioni unvoniga sazovor bo’lgan edi. O’tgan haftada YAponiya poytaxti Tokio shahrida sportning ushbu turi bo’yicha yoshlar va o’smirlar o’rtasida k’it’a chempionati start oldi.
Musobak’aning dastlabki kunidayok’ terma jamoamiz a’zosi Adhamjon Ergashev 62 kilogramm vazn toifasida dast ko’tarishda 121 kg, siltab ko’tarishda 151 kg, umumiy 272 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo’ldi va Osiyo chempionligini tantana k’ildi. E’tiborlisi, Adhamjon Ergashev 2014 yil Xitoyning Nankin shahrida bo’lib o’tgan o’smirlar Olimpiadasida bronza medaliga sazovor bo’lgan. Oradan bir yil o’tib, 2015 yil Polshaning Vroslav shahrida tashkil etilgan yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatida (16 yoshida 20 yoshli sportchilar o’rtasida) 3 ta kumush medalini k’o’lga kiritgan. Malayziyadagi jahon chempionatida esa 2 ta oltin, 1 ta kumush va jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo’ldi. Mana endi Adhamjon o’z shaxsiy kolleksiyasiga Osiyo chempionatining oltin medalini ham k’o’shib k’o’ydi.
Mutaxassislarning taxminiga ko’ra Adhamjon Ergashev xali o’z potensialini to’la namoyish eta olganicha yo’k’, boisi uning imkoniyatlari xali to’lik’ ochib berilmaganligi, u aslida bundanda yuksak natijalarga k’odir ekanligi bashorat k’ilinmok’da va o’z navbatida unga Ruslan Nuriddinovning munosib davomchisi sifatida baho berilmok’da. Musobak’alarning ikkinchi kuni terma jamoamizning yana bir a’zosi Muattar Nabieva 58 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo’ldi. Ushbu vazn toifasida oltin medal tailandlik sportchiga nasib etgan bulsa, Vetnam terma jamoasi a’zosi kumush medali bilan tak’dirlandi.
YAponiyadagi Osiyo chempionatida yurtimiz sha’nini himoya k’ilishi lozim bo’lgan tarkib odatdagidek, O’zbekiston og’ir atletika federasiyasining Chirchik’ shahridagi doimiy bazasida emas, balki Rossiyada saralandi. Anik’rog’i, Tatariston poytaxti K’ozon shahrida tashkil etilgan navbatdagi o’k’uv-mashg’ulot yig’ini chog’ida yoshlar va o’smirlar terma jamoamiz katta murabbiyi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy Boris Semyonovich Savchenko va uning yordamchilari Jo’rabek Zoirov va Mahmud Tog’aevlar hammasi bo’lib 17 nafar yosh atletni ko’rikdan o’tkazishdi. Yig’inning so’nggi kunida yakuniy tarkib e’lon k’ilindi va 17 sportchidan 10 nafari Tokioga yo’l olishi ma’lum bo’ldi. Kunchik’ar yurtdagi kit’a chempionatida yurtimiz sharafini k’uyidagi sportchilarimiz himoya k’ilishmok’da:
O’smirlar jamoasi (17 yoshgacha): Aleksandr Li va Sarvar Toshtemirov (ikkalasi ham
Комментарии 0