Jahon yangiliklari tramp samuraylar yurti bulgan yaponiyani kkhdrga qarshi qayradi — ozbekiston

Jahon yangiliklari tramp samuraylar yurti bulgan yaponiyani kkhdrga qarshi qayradi — ozbekiston

Jahon yangiliklari: tramp samuraylar yurti bulgan yaponiyani kkhdrga qarshi qayradi — o’zbekiston

AQSh prezidenti Donald Trampning hisoblashicha, Yaponiya uz hududi osmonidan uchib utayotgan KKhDRning ballistik raketalarini urib tushirishi kerak. Bu haqda Kiodo agentligi diplomatik doiralardagi manbalariga asoslangan holda khabar tarqatdi.
Agentlik malumotiga kura, amerikaliklar rahbari keyingi oylarda bir necha marta Tokioning shimolliklarning harakatlariga qarshi sukut saqlashini tushunmayotgani haqida bildirgan.
«Nega uz osmoningiz ustidan uchib utayotgan raketalarni urib tushirmaysiz? Bu akhir samuraylar mamlakati emasmidi. Men buni tushuna olmayman», — deya Donald Trampning suzlarini keltirgan agentlik.
KKhDR dunyo hamjamiyati etirozlariga qaramasdan uzining raketa va yadroviy dasturlarini rivojlantirishda davom etmoqda. Avgust oyi okhirida va sentyabr oyida Pkhenyan ballistik raketalari sinovini utkazdi, bu raketalar Yaponiya hududi ustidan uchib utdi. Yapon harbiylari esa bu raketalar mamlakatga khavf solmayotgani uchun bu raketalarni urib tushirmaslikka qaror qildi.
Shimoliy Koreya 3 sentyabr kuni vodorod bilan zaryadlangan raketalari tayyor bulgani, bu raketalar boshqa qitalarga qadar etib bora olishini malum qildi.
Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari bu qurolning zaryadi 160 kilotonna ekani, bu esa 1945 yilda Khirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalardan un barobar kuchliroq ekanini malum qilishgan. 3 sentyabr kungi sinov shimolliklarning oltinchi yadroviy sinovi bulgandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.