Janubiy koreya parlamenti mamlakat prezidenti impichmentini elon kildi — ozbekiston

Janubiy koreya parlamenti mamlakat prezidenti impichmentini e’lon k’ildi — o’zbekiston
RIA Novosti — Koreya Respublikasi parlamenti mamlakat Prezidenti Pak Kin Xening impichmentini e’lon k’ildi. Prezidentning iste’foga chik’ishi uchun Milliy majlisning 234 nafar deputati ovoz berdi, 56 nafari k’arshi bo’ldi, yana ikki nafari betaraf tomonda k’oldi. Etti byulleten esa yarok’siz deb topildi. Yig’ilish koreys televideniesi ork’ali jonli efirga uzatildi.
Impichmentning e’lon k’ilinishiga Pak Kin Xe va uning tanishi Soy Sun Shil atrofidagi korrupsion mojarolar sabab bo’ldi. Tasdik’lanishicha, Prezident dugonasi o’z alok’alaridan g’arazli mak’sadlarda foydalangan, hattoki, davlat rahbari va uning ma’muriyati ork’ali davlat ishlariga ham aralashgan.
Endilikda impichment Janubiy Koreya Konstitusion sudi tomonidan tasdik’lanishi yoki bekor k’ilinishi lozim.
Ryonhap agentligining tasdik’lashicha, yangi saylov bo’lguniga k’adar davlat rahbari vazifasini bosh vazir Xvan Gean bajaradi.
Комментарии 0