Janubiy koreya terma jamoasi boshi berk kuchada — ozbekiston

Janubiy koreya terma jamoasi boshi berk kuchada — o’zbekiston

Jahon Chempionati saralash bosqichidagi raqibimiz — Janubiy Koreya terma jamoasi boshi berk kuchaga kirib qolgan. Bosh murabbiy Uli Shtilikening istefoga chiqarilishi ortidan hali-hamon terma jamoa sari otilayotgan tanqid toshlari tukhtamayapti.
5 sentyabr kuni Toshkentda terma jamoamizga qarshi uyin hal qiluvchi ahamiyatga ega bulishi takidlanayapti. Buning uchun Uzbekiston 5 sentyabrga qadar oraliqda utadigan Khitoyga qarshi safar uyinida maglub bulmasligi shart bulib qoladi. Kuni kecha Janubiy Koreyaning etakchi gazetalaridan sanalgan «Hankuk Ilbo» nashri: «Guruhda 3-urinda qolib ketishimiz ehtimoli bizni narigi guruhga nazar solishga undaydi. 1-dan 3-uringacha bulgan barcha jamoalar biz uchun yumshoq qilib aytganda «quturgan sherdan khavfliroq». Biz esa Uzbekistonning Khitoy safarida qoqilishiga umid qilamiz», deb yozadi.
Qatarga qarshi uchrashuvda koreyslarning «yuragi» sanalgan «Tottenhem» (Angliya) azosi Son Kheung Min jarohat olganligidan khabaringiz bor. Futbolchi Qatar bilan uyinda ung qulining tirsak qismidan jarohat olgan edi. 16 iyun kuni Son Seuldagi kasalkhonalarning birida operasiyadan chiqdi. Shifokorlar uning 8 haftagacha gipsda yurishi lozimligini aytishgan. Katta ehtimol bilan ushbu futbolchi Eron va Uzbekistonga qarshi uyinlarni utkazib yuborishi mumkin. Aks holatda ham uning sunggi uyinlarga yuqori formada kela olmasligi oydinlashyapti.
Shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi kim bulishi ham hozircha ochiq turibdi. Kupchilik ushbu uringa terma jamoani 2010 yilgi Jahon chempionatiga olib borgan Kho Jong Mu nomzodini loyiq kurayotgan edi. Lekin hozirda Koreya Futbol Assosiasiyasi vise-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan 62 yoshli Kho Jong Mu bu khabarlarni inkor etdi. Janubiy Koreyaning etakchi murabbiylaridan sanalgan Khong Myun Bo nomzodi ham urganilmoqda. Lekin hozircha ushbu murabbiy bu khabarga munosabat bildirmagan. Koreys futbolidagi kupchilik murabbiylar ushbu qaltis vaziyatda terma jamoani qabul qilib olishni istashmayapti. Yaqin kunlarda koreyslar yangi bosh murabbiy nomini elon qilishlari kutilmoqda.
Otabek Yuldoshev,
Janubiy Koreya, Seul

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.