Jasur abduraimov ruhiy jihatdan tiklana oldik — ozbekiston

Jasur abduraimov ruhiy jihatdan tiklana oldik — ozbekiston

Jasur abduraimov: «ruhiy jihatdan tiklana oldik» — o’zbekiston

Oliy ligadan o’rin olgan «Paxtakor» — «So’g’diyona» (3:2) o’yinidan so’ng, mezbonlar bosh murabbiyi bellashuv hak’ida fikrlarini bildirib o’tdi.

Jasur ABDURAIMOV (“Paxtakor” bosh murabbiyi): «Uchrashuv juda asabiy va keskin o’tdi. Muhimi, bellashuv biz uchun yaxshi yakunlandi. Himoyadan hujumga tezkor o’tishda vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Keyin rak’ib buni jazoladi. Shunga k’aramay, Kubokdagi mag’lubiyatdan so’ng ruhiy o’radan chik’a oldik. Bugun 0:1 va 2:2 natijalarida k’iyin ahvolga barham berdik. Yigitlar kurashchan xarakterlarini ko’rsatishdi.

Bizda tarkib borasida katta muammo mavjud. Bir xil tarkib uchrashuvlarda ketma-ket maydonga tushaversa, bu charchok’ni keltirib chik’aradi. Evropada ham kuchli klublar tez-tez rotasiyalarni amalga oshiradi. Bizda 12-13 o’yinchi barcha bellashuvlarda tushmok’da. Jismoniy charchok’dan tiklanish mumkin, ammo ruhan juda k’iyin bo’ladi. Ushbu tarkib dekabr oyidan beri nazorat uchrashuvlarida o’ynab kelmok’da. Shu sababli yigitlardan minnatdorman».

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.