Jasur azimov nasafga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi — ozbekiston

Jasur azimov: «nasaf»ga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi — o’zbekiston

«Dinamo» — «Nasaf» (1:1) uchrashuvida Samark’and jamoasi goliga mualliflik k’ilgan Jasur Azimov shu kuni maydonda eng faol to’p surgan futbolchilardan biri bo’ldi. O’yindan keyin futbolchining uchrashuv borasidagi fikrlari bilan k’izik’dik.
— Jasur, avvalo «Nasaf» bilan kechgan uchrashuv borasida to’xtalsangiz. O’yin va natijadan k’onik’dingizmi?
— «Nasaf» bilan o’yin og’ir o’tishini bilardik. Bahs oldidan murabbiylarimiz himoyaviy o’yin namoyish etib, k’arshi hujumlarda to’p surishimizni uk’tirishgandi. «Nasaf» asosan Akmal Shorahmedov ork’ali aynan men to’p surgan k’anotdan ko’prok’ hujum k’ilishi ma’lum edi, shu bois men ham imkonk’adar hujumga k’o’shilishim kerak edi. Gol bo’lgan vaziyatni mashg’ulotlarda ko’p mashk’ k’ilardik. Bu safar o’yinda ushbu kombinasiyani sinab ko’rib, gol urishga erishdim. O’yinimdan to’lik’ k’onik’dim deya olmayman. Shu kuni g’alabani ushlab k’olishimiz kerak edi, ammo omadimiz kelmadi.
— «Nasaf» darvozasiga kiritgan golingiz Oliy Ligadagi dastlabkisi…
— Xuddi shunday, Oliy Ligadagi birinchi golimni urdim. Bu men uchun eng chiroyli golim bo’ldi. YAnada ishlab, bundan keyin ham muxlislarimizni k’uvontirishga intilaman.
— Sizni oldin tayanch yarimhimoyachisi sifatida bilardik. Hozir esa chap k’anotda to’p surayapsiz. O’zingizga k’olsa, k’aysi chizik’da to’p surishni istardingiz?
— Ochig’ini aytsam, oldingi yillar tayanch yarimhimoyasida to’p surganligim sababli o’zimga chap k’anot himoyasidan ko’ra, yarimhimoyada to’p surish yok’adi. Hozirgi ampluam ham yomon emas, murabbiylar k’aerda foydam ko’prok’ tegishini aytishsa, o’sha erda to’p suraman. Birinchi navbatda jamoa manfaati.
— Oldinda «Dinamo»ni «Obod» bilan o’yin kutib turibdi…
— Toshkentdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko’rmok’damiz. So’nggi to’rt o’yinda g’alabaga yak’in kelgan bo’lsakda, k’o’lga kirita olmadik. Shunga k’aramay, muxlislarimiz har k’anday vaziyatda jamoamizni k’o’llab-k’uvvatlashda davom etishmok’da. «Obod» ham ancha yaxshi jamoa, ularga k’arshi shiddatli o’yin bo’lishiga ishonchim komil. Bu bahsda bizni fak’at g’alaba k’anoatlantiradi.
Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.