Jinoyat-prosessual kodeksiga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida — ozbekiston

Jinoyat-prosessual kodeksiga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida — ozbekiston

Jinoyat-prosessual kodeksiga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 20 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-KhII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasining Jinoyat-prosessual kodeksiga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) 332-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va turtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
«Tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogliq bulmagan yangi jinoyat aniqlangan taqdirda, jinoyat ishining mazkur holatga doir qismi jinoyat ishi quzgatilgan holda alohida ish yurituvga ajratiladi.
Ishlarni birlashtirish va ajratish surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi»;
2) 351-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan tuldirilsin:
«Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular buyicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi buyicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari buyicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qushimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi buyicha dastlabki tergov muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat buyicha yoki yangi shakhsga nisbatan ajratilayotgan bulsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan etiboran hisoblanadi. Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituvga ajratilgan bulsa, usha jinoyat ishi quzgatilgan paytdan etiboran hisoblanadi»;
Ikkinchi—oltinchi qismlari tegishincha turtinchi—sakkizinchi qismlar deb hisoblansin:
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2007 yil 14 dekabrdagi 247 (4400)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007 yil 13 dekabr,
URQ-123-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2007 y., 50-51-son, 502-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.