Jinsiy karamlik shahvatparastlik — ozbekiston

Jinsiy karamlik shahvatparastlik — ozbekiston

Jinsiy k’aramlik (shahvatparastlik) — o’zbekiston

Jinsiy alok’alarga k’aram bo’lib k’olish hak’ida gap ochilsa, ko’pincha: “Erkaklar ayolidan boshk’a ayollarni nega izlashadi?” — degan savol tug’iladi. Bunga “Ehtimol, ayoli unga kamlik k’ilayotgan bo’lsa kerak”, degan ma’nodagi yanglish fikr bilan javob berishmok’chi bo’lishadi ham. Biroz o’ylagandek bo’lib, odamlar barcha aybni ayoliga to’nkashadi yoki boshk’a ayollar yo’k’ligidan nolishadi: “Mana shuning uchun ham musulmonlarga to’rtta xotin olishga ruxsat berilgan, chunki ular jinsiy ehtiyojlarni k’ondiradi. Bitta ayol esa, buni eplay olmaydi”.
O’k’uvchilarga bir nechta savol bilan murojaat k’ilishga ijozat bersangizlar: “Bitta bo’lsa ham xotini ko’p bo’lgani tufayli jinsiy k’aramlikdan shifo topgan odam bormi?” “Jinisiy k’aramlikka mubtalo bo’lgan ayollarga nima maslahat berasiz?”
“Ayolning eriga etmasligi” masalasida aytadigan bo’lsak, hak’ik’atdan ham ayol tarafidan jinsiy faollik va ehtiroslarning etarli emasligi, hamda eri chorlaganida uning talabiga ijobiy javob bermasligi ba’zi erkaklarning nikohsiz munosabatlarga aralashib k’olishi ehtimolini ko’paytiradi. Birok’ bu xiyonat ko’chasiga kirib k’olishning asosiy sabablaridan emas.
Mazkur masalani yaxshi o’rganish uchun, kelinglar, sabablarni ikki k’ismga bo’lib ko’ramiz:
1. Nikohdagi norozilikning hak’k’oniyligi.
2. Jinsiy dilsiyohlik/k’aramlik.
Nikohdagi norozilikning hak’k’oniyligi
Modomiki, bu k’ismdagi sabablar mazkur mavzu mak’sadi bo’lmagani uchun, nikohdan norozi bo’lish va buning ok’ibatida xiyonatga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarning ikkita asosiysini zikr k’ilib o’tamiz:
Ayolning k’o’shilishdan bosh tortishi
Agar ayol doim yoki juda ko’p vak’tlarda erining talabiga ijobiy javob beravermasa, u chetda o’zining shahvatini k’ondirish yo’llarini izlay boshlaydi.
Nega ayollar o’z erlariga “yo’k’” deb javob berishining k’isk’acha sabablari:
• Er ayolining shahvatini k’ondira olmaydi;
• Jinsiy alok’alar hak’ida noto’g’ri tasavvur bo’lgani uchun jinsiy moyillikning yo’k’ligi. (Masalan, “jinsiy alok’a – yomon narsa”, “jinsiy alok’adan fak’at fohishalargina lazzat oladi” va shunga o’xshash gap-so’zlar);
• Jinsiy alok’a k’andaydir noxush narsalar bilan birga bog’langan bo’ladi. Masalan, norasida davrdagi zo’rliklar, eri tarafidan zo’rlanishi, aynik’sa birinchi nikoh kechasida va shunga o’xshash narsalar;
• Jinsiy ishtahaning umuman yo’k’ligi;
• Nikohdagi boshk’a muammolar tufayli eriga rad javobini berish bilan o’z noroziligini ko’rsatib k’o’yish;
• Boshk’a sabablar ham bo’lishi mumkin.
Hissiy bog’lik’likning yo’k’ligi
Nikoh bo’yicha maslahatchi M. Geri Noyman (M. Gary Neuman) tarafidan o’tkazilgan tadk’ik’otlarga ko’ra, etmish foiz erkaklar nikohdan hissiy k’onik’masliklari tufayli ayollarini aldashar ekan (xiyonat k’ilishar ekan).
Biz xiyonatni ok’lamok’chi emasmiz yoki barcha aybni ayollarga to’nkash fikridan ham yirok’miz, birok’ ayollardan hissiy uzok’lashgan erkaklar k’uyidagi sabablarni bahona k’ilishmok’da:
• Ayol erini etarli darajada k’adrlamaydi;
• Ayoli unga yuk’ori baho bermasligini er doim his k’ilib turadi;
• Ayol erining hayoti, ishi va k’izik’ishlariga beparvolik k’iladi;
• Ayol erini hurmat k’ilmaydi.
Nikohdagi bunga o’xshash muammolar odatda erkak kishini chetda duch kelgan ayol bilan munosabat o’rnatishga undaydi, yana bu bir kunlik vak’tincha alok’a emas, balki doimiy bo’lgan munosabatga aylanadi. Ko’pincha bunday erkaklar o’z hamkasblari, oila dugonasi yoki sobik’ sinfdoshlari bilan alok’a o’rnatadi va bundan ham jismoniy, ham emosional k’onik’ish hosil k’iladi. Bunday ayol kimligidan k’at’i nazar, ularning munosabatlari yuk’ori darajada jismoniy va ma’naviy bo’lib, uzok’ davom etishi mumkin.
Nikohdagi noroziliklar hak’idagi alohida, dolzarb masaladir va yak’in orada mak’olalarimizning birida mazkur muammoni yoritishga harakat k’ilamiz, Insha Alloh.
Erkakning jinsiy k’aramligi (o’ta shahvatparat bo’lgani) tufayli nikohdan tashk’arida bo’lgan munosabatlarni k’idirishi juftlarning baxtli bo’lishi va oilaning saodatli bo’lishiga umuman alok’asi yo’k’. Aslida, ko’p holatlarda k’aram shaxs oilada o’zini baxtli his k’ilishi mumkin, muammolar esa, uning k’aramligi natijasidandir, aslo buning aksi emas.
Jinsiy k’aramlik nima degani?
Eng yaxshisi uni k’uyidagicha ta’riflasa bo’ladi: er-xotin o’rtasidagi sog’lom munosabatlar o’rnini halok k’iluvchi munosabatlar va gunohlar egallaydi. Bu jinsiy xulk’ va seksual fantaziyalarni zo’r g’ayrat ila k’ondirishda su’iste’mol k’ilish yo’li bilan ko’nikuv va asabiylshishga sabab bo’ladigan omillar ork’ali kayfiyatini nazorat k’ilishga urinishdir…
Ushbu holat shaxs, uning tabiati yoki his-tuyg’usi bilan bog’lik’ o’zini idora k’ilish mexanizmidagi tug’ma etishmovchilikka nisbatan katta yoshdagi kishining k’o’pol javobi, shu jumladan, bolalik yoshida ko’rgan mehr kutilmaganda barham topishi, u bilan yomon mulok’ot k’ilingani yoki jarohatlanganiga nisbatan bildirgan munosabatidir.
“Ruhiy xastaliklar tashxisi va statistikasi” deb nomlangan o’k’uv k’o’llanmasiga ko’ra, turli xil jinsiy alok’adagi sheriklar ishtirokidagi takror-takror jinsiy munosabatlar modeli shaxs foydalanishi mumkin bo’lgan narsa (predmet) sifatida k’abul k’ilinadi.
Bundan tashk’ari, bu xiralik bilan sanok’siz jinsiy sheriklar izlash, etib bo’lmas juftga to’xtovsiz intilish, uzluksiz masturbatsiya, doimiy sevgi munosabatlari va alok’alarda miyani egallab olar darajada shahvoniylikdir”.
Musulmonning ma’naviy holatiga k’arab, ya’ni u zino k’ilishgacha hali etib bormagan – jinsiy masalalarda dilsiyohligi uni mutlak’o k’aramlik holatidan, shunchaki k’izik’ishlari man’ k’ilingan, tak’ik’langan jinsiy faolliklarga etaklab borishi mumkin. Ular k’uyidagilardir:
• Pornografiya;
• Kiberseks (chatlarda, internet video ork’ali va shunga o’xshash k’abih amallar);
• Telefon ork’ali seks;
• Massaj salonlar (jinsiy alok’a bilan tugaydigan hissiy massaj yoki jinsiy alok’asiz – bularning hammasi odamning iymoni darajasiga bog’lik’);
• Jinsiy xizmat ko’rsatuvchilarga murojaat k’ilish (oral jinsiy alok’a, massaj, jinsiy alok’a yoki usiz stimulsiya va hokazolar).
Bahonalar:
Jinsiy alok’alarga k’aram bo’lib k’olgan shaxslar ko’p holatlarda k’uyidagi bahonalarni ro’kach k’ilishadi:
• Agar men shu narsani k’ilmasam, k’on bosimim oshib ketadi;
• Mening shahvatim kuchli va uni doim k’ondirib turishim kerak;
• Agar u (ayol) bilmasa, bu unga zarar keltirishi mumkin;
• Agar ayolim doim menga k’uchok’ ochib turganida edi;
• Erkaklar hayvon kabidir;
• Erkaklar ayollarga k’araganda shahvatlari kuchli bo’ladi;
• Kiberseks – bu “hak’ik’iy” alok’a emas;
• Men asabiylikni ketkazishim kerak;
• Men ayolim bilan jinsiy alok’a k’ilmok’chi emasman, men fak’at uni to’shakka yotk’izishim kerak xolos;
• Giperseksual jamiyatda yashaganimiz uchun men hech narsa k’ila olmayman;
• Chatlar va elektron yozishmalarning zarari yo’k’, bu “xayol o’yini” xolos;
• Erkak uchun ayollar eng katta fitna. Men erkak bo’lganim uchun hech narsa k’ila olmayman!
• Agar yana bir xotinim bo’lganida…
• Menga turli xil ayollar kerak;
• Men hech k’achon jiddiy gunoh k’ilib k’o’yishgacha bormayman va har bir ishdan keyin tavba k’ilib k’o’yaman.
Insonni nima giperseksual(jinsiy maylga o’ta beriluvchan) k’iladi?
Bu hak’ik’atdan ham k’iyin savol va bunga umum k’abul k’ilingan “ilmiy” javob berilgan emas. Uning shakllanishiga kompleks shart-sharoitlarning ma’lum vak’t ichida to’planishi ehtimoli ko’prok’.
Shahvatparst bo’lishning keng tark’algan ba’zi sabablarini sanab o’tamiz, birok’ bu ro’yxat to’lik’ emas:
A. Jinsiy alok’a hak’ida noto’g’ri tushunchaga ega bo’lish
Bunday insonning bola yoshida jinsiy alok’a bilan tanishuvi juda axlok’siz, etik jihatdan noto’g’ri va buzilgan shaklda yuz beradi. Shuning uchun jinsiy alok’a tushunchasining o’zi dastavval unda juda past darajada turadi, buning natijasida avval boshidanok’ uning miyasi jinsiy k’izik’ishlarni g’ayriaxlok’iy harakatlar bilan bog’lashga o’rganib k’oladi.
Ota-onalar yoki obro’li kattalar tarafidan umuman “islomiy” jinsiy tarbiyaning yo’k’ligi tufayli uning jinsiy alok’a hak’idagi tasavvurlari normal holatga kelmagan. Shunday k’ilib, u uchun jinsiy alok’a va jinsiy ehtiros k’andaydir beodob, odobdan tashk’ari narsa bo’lib k’olaveradi.
Ayoli bilan uni fak’at nikohning “muk’addas rishtalarigina” bog’lab turadi. Xotini toza, pokiza va hurmatga sazovor ayol bo’lgani uchun jinsiy k’aramlikka mubtalo bo’lgan odam odatiy bo’lmagan jinsiy ehtiyojlarini “hurmatga loyik’” bo’lmaganlar (fohishalar) bilan k’ondiradi (K’aram bo’lganlarning e’tirofiga ko’ra, ular tak’ik’langan yak’inlik bilan ko’pincha hech k’anday lazzat topmaydi va bu odatda uyat hissi va ko’ngil sovishi bilan tugaydi).
B. Oilaviy disfunksiya
Tadk’ik’otlardan ma’lum bo’lishicha, k’aram bo’lganlarning aksari emosional yak’inlik yo’k’ oilalarda voyaga etgan ekan. Doktor Patrik Karns, sakson etti foiz oilalarda k’aram odamlar bittadan ko’p bo’lgani va ularning ko’pchiligi k’attik’ tartibli oilalarda voyaga etgani hamda to’lik’ oiladan mahrum bo’lganini ko’rsatadi. Uning tadk’ik’otlari k’aram odamlar emosional ehtiyojlari k’ondirilmagan oilalarda katta bo’lganini nazarda tutadi.
Men o’rganib chik’k’an oilalarning barchasida erkak a’zolari bir biriga begona bo’lgan oilada o’sgani, bolalar esa emosional uzilishda ekanini ko’rsatdi. Bularning barchasi otaning k’attik’o’lligidan shikoyat k’ilishi, uning yagona vazifasi oilani ta’minlash, ona esa oshxona bilan band bo’lib, farzandlar bilan mulok’ot k’ilishni, ularning muammolari va g’amlari bilan hech kim k’izik’maganliklari ma’lum bo’ldi.
V. Oilada hukmron bo’lishga intilish
Katta bo’lgani sayin jinsiy harakatlar, aynik’a maktabdagi k’iyin vaziyatlarda yoki do’stlar orasida, ular uchun stressni yo’k’otish yoki boshk’a odamlar (ayollar) ustidan o’z hukmronligini ko’rsatib k’o’yishdan iboratdir.
Bir misolda erkak kishi o’zini o’zi namoyon k’ilish uchun oral jinsiy alok’a uchun fohishalarga borib turgan. So’ng uylangan va ayolini oral jinsiy alok’a k’ilishiga yo’l k’o’ymagan, chunki bu narsa uning uchun timsoliy ahamiyatga egadir. Ayoliga esa emosional juda bog’lanib k’olgan. Shuning uchun ham k’achon u o’zini o’zi namoyon k’ilishni istab k’olsa, oral jinsiy alok’a uchun fohishalarga borish odatini tark k’ilgani yo’k’.
Ayollar esa o’zlariga erkaklarni jalb k’ilish ork’ali o’zining hukmron ekanini his k’iladi hamda erkaklar dik’k’at markazida bo’ladi.
G. Ayolning narsaga (vosita, molga) aylanishi
Ma’naviy tarafdan axlok’iy buzuk’ holatda jinsiy alok’a bilan tanishib chik’k’an o’smirlar ayol kishini shahvatlarini k’ondirish uchun bir vosita xolos, deb bilishadi. YA’ni emosional bog’lik’lik bo’lishi mumkin emas inson, deb k’arashadi.
Hozirgi kunimizda jinsiy alok’a hak’ida fohishalik yoki pornografiya ork’ali tanish bo’lmasa ham, baribir ayollarga nisbatan salbiy munosabat televidenie, jurnal, k’o’shik’lar, internet va hokazolar ork’ali shakllanib borayotganini alohida ta’kidlash zarur.
K’aram bo’lib k’olgan odamlar uchun bu jismoniy, emosional yoki jinsiy foydanishdan k’ochishning bir uslubidir. “Jinisiy k’aramlar uchun emosional nuk’tai nazardan jinsiy alok’alar aslida jinsiy alok’a emas, balki xayolan bo’lsa ham nazorat k’ilish, xavfsiz maydondagi alok’a va o’zi, o’zligini namayon k’ilish uchun bir vositadir.
Jinsiy alok’alarga k’attik’ bog’lanib k’olish lazzatlanish, noxush hissiyotlardan k’ochish, stress bilan kurashish mexanizmi, k’iyinchiliklarni engib o’tish, ichki psixologik va emosional muammolar manbasi bo’lib xizmat k’iladi”.
D. Hayajon va ehtiros
Mutaxassislarning aytishicha, jinsiy k’aramlik bilan o’zini xavf-xatarga k’o’yish orasida bog’lik’lik bor ekan. Xavf anik’ bo’lib tursa ham ”Ba’zilar yashirin, sirli hayot bilan yashayotganidan zavk’ olar ekan va balog’atdagi hayotda ham bu tarzda yashashni davom ettirar ekan. Ular avval ota-onadan yashiradilar, so’ng esa o’zining “umr yo’ldoshidan”.
“Ular k’anchalik xavf-xatarni his k’ilar ekan, shuncha adrenalin oladilar. Har k’anday k’aramlik kabi ular k’anchalik jinsiy k’aram bo’lsa, bu ularga yanada ko’p kerak bo’larveradi”.
E. Kimyoviy muvozanatning buzilishi
Tadk’ik’otlar shuni ko’rsatdiki, taom, narkotik va jinsiy rag’bat tiriklik tizimi va miyadagi ijobiy k’uvvat sifatida bir yo’lga egadir. K’aramlik kasaliga mubtalo bo’lgan odam o’z miyasida tak’ik’langan jinsiy alok’alarga reaksiya hosil k’ildirib xuddi och k’olgan odam ovk’atlangandan keyin huzur topgandek lazzatlanadi. Aynik’sa, ota-onalar o’z farzandlariga ma’naviy tak’ik’larni buzish va harom k’ilingan jinsiy alok’a turlari bilan shug’ullanish jiddiy narsa ekanini tushuntirishmagan bo’lishsa.
“Jinsiy alok’a vak’tida organizm dofamin ishlab chik’aradi, bu modda bilan inson baxt, kuch va k’onik’ish hissiyotini boshdan kechiradi. Ba’zilar dofamin reaksiyasidan shunchalik ta’sirlanadiki, ularda takror-takror bu hisni tatib ko’rish istagi paydo bo’larveradi. Vak’t o’tgan sayin ularning organizmi dofaminning yuk’ori darajasiga o’rganib k’olishadi va ijobiy xis-tuyg’ularni his k’ilishi uchun unga bu modda yana ko’p kerak bo’ladi.
Shunday k’ilib, k’aram odam kerakli mik’dorda k’onik’ishi uchun unga yanada ko’p jinsiy alok’a yoki jinsiy alok’aning ko’p turlari kerak bo’ladi. Bunday dofaminga bo’lgan talab k’aramlikning boshk’a turlarida ham o’ta faoldir, xususan geroin k’aramligida. Bu kuchli ta’sirga ega modda va u odamlarni normal holatda k’ilmaydigan ishlarni k’ilishga majbur eta oladi”.
Hak’ik’iy k’aramlikmi yoki yo’k’?
Jinsiy k’aramlik hak’ik’iy k’aramlikmi yoki yo’k’ degan mavzuda psixologlar murosasiz bahs yuritayotganini aslo unutmasligimiz kerak. Bu masalalarni biz keyingi shifo va dorivor o’simliklar mavzularida to’lik’ bahs k’ilamiz, Insha Alloh.
Farzandlarni hikmat bilan tarbiya k’iling
Mak’ola so’nggida ota-onalarga fursatdan foydalangan holda tarbiya k’ilish uslubingizga yana bir bor nazar solib ko’rishni tavsiya k’ilaman.
Aksar holatlarda “jinsiy narkomaniya” muammolari (nikohdan norozi bo’lishning uzrli holatlaridan tashk’ari) bolalik yoki o’smirlik yillarida yashiringan bo’ladi. Shuning uchun, ota-onalar:
• Farzandlaringiz bilan ochik’ mulok’otni yo’lga k’o’ying;
• Farzandingiz yashayotgan muhit bilan yaxshilab tanishib oling;
• Do’stona munosabatda bo’ling, hatto ba’zi masalalarda farzandingiz oldida ayrim narsalarni boy berish kerak bo’lsa ham;
• Sabrli bo’ling, hikmat bilan ish ko’ring;
• Mehribon va tushunuvchan bo’ling;
• Doimiy suhbat k’iling, arzimagan narsalar hak’ida bo’lsa ham;
• Iloji boricha bolalaringiz hak’ida yaxshi va davomiy duoda bo’ling.
Ota-onalarga bag’ishlangan mak’olalarimda, men ularga farzandlar bilan munosabatlar ochik’ bo’lishini tavsiya k’ilaman. Hamda oilada K’ur’oni Karim yordamida jinsiy tarbiyaning muhimligini doim ta’kidlayman. Farzandlar jinsiy alok’a va jinsiy moyillik hak’ida to’g’ri tasavvurga ega bo’lishsin.
Biz farzandlarimiz gunohsiz voyaga etishiga kafolat bera olmaymiz, birok’ farzandlarimizga ta’sir k’ilishi mumkin bo’lgan salbiy omillarni kamaytirishimiz mumkin. Ota-ona o’z burchini ado k’ilishi uchun bunga hamma rioya k’ilishi shart. K’olganida esa farzandlarimizni barcha yomonliklardan sak’lashi hak’ida duo k’iladiganimiz — yagona Alloh Ta’ologa tavakkal k’ilamiz.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.