Jizzaxda barkamol avlod-2017 oyinlari start oldi — ozbekiston

Jizzaxda barkamol avlod-2017 o’yinlari start oldi — o’zbekiston
Bugun, 25 may kuni Jizzax viloyatida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o’k’uvchilari o’rtasidagi “Barkamol avlod-2017” sport musobak’alariga start berildi. Jizzax oradan 16 yil o’tib, ushbu musobak’aga ikkinchi marta mezbonlik k’ilmok’da.
Kecha, 24 may kuni Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Fizika-K’uyosh” ilmiy-ishlab chik’arish birlashmasi Materialshunoslik institutining k’uyosh o’chog’idan alanga oldirilgan “Barkamol avlod-2017” sport o’yinlarining mash’alasi Jizzax shahriga kirib kelgandi.
“Barkamol avlod-2017” sport o’yinlarining dastlabki medallari suzish bo’yicha ishtirokchilarga nasib etdi. “So’g’diyona” universal sport majmuasida “Barkamol avlod – 2017” saralash bosk’ichlaridan muvaffak’iyatli o’tgan eng sara sportchilar brass, chalk’ancha, batterflyay, erkin hamda aralash estafeta usullarida suzish bo’yicha o’zaro kuch sinashdi.
K’izlar o’rtasida ellik metrga batterflyay usulda suzish bahslarida k’ashk’adaryolik Fotima Amilova marra chizig’ini birinchi bo’lib kesib o’tib, oltin medal sohibi bo’ldi. Shu masofaga o’smirlar o’rtasidagi musobak’alarda andijonlik Zufar Abdulazizov birinchi o’rinni egalladi.
O’smirlar va k’izlar o’rtasida ellik metrga chalk’ancha usulda suzish bahslarida poytaxtlik sportchilar Irina Ushakova va Aleksey Tarasenko shohsupaning yuk’ori pog’onasidan joy oldi.
Yuz metrga batterflyay usulda suzishda k’orak’alpog’istonlik Marjina O’razimbetova va poytaxtlik Artyom Kozlyuk eng yaxshi natija k’ayd etdi.
Ikki yuz metrga erkin usulda suzish bahslarida andijonlik Shahnoza Sodik’ova va Navoiy viloyati vakili Olimjon Odilov g’olib chik’di. K’izlar o’rtasida aralash estafeta musobak’asida K’ashk’adaryo viloyati, o’g’il bolalar o’rtasida Toshkent shahri jamoasi birinchi o’rinni k’o’lga kiritdi.
Suzish bo’yicha musobak’alarning birinchi kuni natijalariga ko’ra, eng ko’p ochko jamg’argan Toshkent shahri jamoasi birinchi, andijonliklar ikkinchi, kashk’adaryoliklar uchinchi o’rinni egallashdi. Musobak’alar yakunida g’oliblarga diplom va sovg’alar topshirildi.
Комментарии 0