Kabul tursunov navoiy viloyati hokimi boldi — ozbekiston

Kabul tursunov navoiy viloyati hokimi boldi — ozbekiston

Kabul tursunov navoiy viloyati hokimi bo’ldi — o’zbekiston

25 dekabr kuni Xalk’ deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashk’ari sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ma’ruza k’ildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ma’ruzada mustak’illik yillarida Navoiy viloyatida barcha sohalarda dik’k’atga sazovor islohotlar amalga oshirilgani, yangi bino va inshootlar, ijtimoiy ob’ektlar, uy-joylar barpo etilgani ta’kidlandi.
Ayni paytda viloyatda jiddiy e’tibor k’aratish lozim bo’lgan bir k’ator dolzarb masalalar mavjud ekanligi ham k’ayd etildi. Xususan, k’ishlok’ xo’jaligi mahsulotlarini k’ayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun mavjud bo’lgan juda katta imkoniyatlar ishga solinmayapti.
Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tavsiyasiga binoan Oliy Majlis Senati Byudjet va ik’tisodiy islohotlar masalalari k’o’mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Kabul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib saylandi.
Viloyatning avvalgi hokimi Erkinjon Turdimov 16 dekabr kuni Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangan edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.