Kam taminlangan aholi qatlamlariga qushimcha kumak kursatiladi — ozbekiston

Kam taminlangan aholi qatlamlariga qushimcha kumak kursatiladi — ozbekiston

Kam taminlangan aholi qatlamlariga qushimcha kumak kursatiladi — o’zbekiston

Uzbekiston Prezidenti 12 sentyabr kuni «Kam taminlangan aholi qatlamlarini qullab-quvvatlash buyicha qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi qarorni imzoladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini davlat tomonidan qullab-quvvatlashni kuchaytirish davlat rahbarining yaqinda qabul qilingan farmonida valyuta siyosatini erkinlashtirish oqibatlarini yumshatish buyicha choralardan birini sifatida kursatib utilgan edi.
Hujjat bilan 2017?2018 yillarda ijtimoiy qullab-quvvatlash buyicha hududiy manzilli dasturlar ishlab chiqilishi belgilangan. Ularda ish bilan bandlikning muayyan turlari bilan shugullanishni khohlovchi kam taminlangan oilalarga tijorat banklarini imtiyozli kreditlash jamgarmasining makhsus mablaglari hisobiga imtiyozli foiz stavkalariga ega mikrokreditlar ajratish kuzda tutilgan.
Mikrokreditlar tikuv mashinalari, matolar va zarur materiallar, hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa tekhnikalar, shuningdek uz-uzini band qilish uchun turli khil asbob-uskunalar sotib olishga ajratiladi. Bundan tashqari, kreditlar shakhsiy tomorqa uchastkalari (qora mol, parrandalar sotib olish, kichik issiqkhonalar, molkhona va kataklar qurish, bog inventarlari va asbob-uskunalarini sotib olish) va turar joylarni tamirlash uchun yunaltirilishi mumkin.
Davlat byudjeti, Kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi va «Mahalla» jamgarmasi mablaglari hisobidan (teng ulushlarda) ogir yashash sharoitlariga ega, boquvchisini yuqotgan va nogironlarni parvarishlayotgan oilalarga begaraz yordamlar kursatiladi.
Jumladan, 2017 va 2018 yillarda respublikaning har bir tumani va shahrida mos ravishda 2 va 5 tadan turar-joyiga ega bulmagan yoki avariya holatidagi yoki juda eski uylarda yashayotgan oilalarga 10 yil davomida mol-mulkini boshqalar nomiga utkazish huquqisiz arzon uy-joy ajratish rejalashtirilgan.
2017 va 2018 yillarda mamlakatning har bir tumani va shahrida mos ravishda 10 va 25 tadan kam taminlangan oilalarning turar joylarini tamirlash (tomni tamirlash, pol yotqizish, oyna-derazalarni almashtirish vahokazo) rejalashtirilgan.
Joriy va kelgusi yilda har bir tuman va shaharda 70 tagacha oilalarga maishiy tekhnikalar (gaz — elektr pechlar, muzlatkichlar, tikuv mashinalari va boshqalar) yoki bir boshdan yirik shokhli qora mol berish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, har bir tumanda azolari ogir kasallikka chalingan va ularni davolashga mablaglari bulmagan urtacha oltitagacha oilaning tibbiy khizmatlar tulovi amalga oshiriladi.
Butun mamlakatda, ayniqsa qishloq va olis tumanlarda band bulmagan fuqarolar aholi punktlari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigasiya tarmoqlarini tozalash, uy-joy kommunal obektlarini tamirlash, infratuzilmalarni yakhshilash, yul va kuchalar, uy-joy fondlari obektlari va ularga yondosh hududlarni tamirlash, shuningdek qishloq khujaligi ishlari buyicha jamoat ishlariga jalb etish rejalashtirilgan.
1 oktyabrdan mazkur jarayon Qoraqalpogiston, viloyatlar va Toshkent shahrida bittadan tumanda sinov tariqasida, 2018 yil 1 yanvardan bosqichma-bosqich Uzbekistonning barcha tuman va shaharlarida boshlanadi.
2017 yilda jamoat ishlarini tashkil etish va utkazish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgarmasiga davlat byudjetidan 84 mlrd, 2018 yilda esa 714 mlrd sum ajratiladi.
Jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning Jamoat ishlari jamgarmasidan oladigan mablaglari jismoniy shakhslardan olinadigan daromad soligi tulashdan ozod etiladi. Ushbu daromadlar yagona ijtimoiy tulovga ham tortilmaydi.
2017-2018 yillarda 14 yoshgacha farzandlari bulgan oilalar va kam taminlangan oilalar nafaqa kurinishidagi tulovlar hajmi mos ravishda 1,5 va 2 barobarga oshiriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.