Kapitalbank khalqaro darajaga kutarildi — ozbekiston

Kapitalbank khalqaro darajaga kutarildi — ozbekiston

Kapitalbank khalqaro darajaga kutarildi — o’zbekiston

Uzbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlarni moliya-kredit tashkilotlari va banklarsiz tasavvur etish qiyin. Bank tizimi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari hamda aholi va biznes tomonidan bank-moliya tuzilmasiga bulgan ishonchning oshib borishi uz natijalarini bermoqda.
Avvalari konservativ va omonatchilardan yiroq tashkilot deb hisoblangan banklar bugungi kunda tulaqonli mijozlar manfaatlariga yunaltirilgan ilgor moliya «supermarketlar»ga aylandi.
Zamonaviy bank, khususan, «Kapitalbank» ATB barcha mijozlarga pul utkazmalari va hisob-kitob khizmatidan tortib kredit berish hamda tashqi savdo operasiyalarini amalga oshirishgacha — keng khizmat turlarini taqdim etmoqdi.
«Kapitalbank» ATB bugun
«Kapitalbank» Aksiyadorlik Tijorat Banki 2001 yil 7 aprelda tashkil topib, u Uzbekistonning ilk khususiy banklaridan biriga aylandi. 16 yillik faoliyat davomida bank bines kulamida barqaror usishda davom etdi va bu esa uz navbatida, respublikaning eng yirik banklari safiga kirishga imkon berdi. Ayni damda uning aktivlari 2,6 trln. sumdan ortadi, umumiy kapitali esa 327 mlrd. sumni tashkil etadi. «Kapitalbank»ning yirik aksiyadorlari tarkibiga Uzbekistondagi eng etakchi sugurta kompaniyalardan biri «Kapital Sugurta» va Belgiyaning SPRL East West Invest kompaniyasi kiradi.
Hozirda «Kapitalbank» — mijozlarga keng qamrovli bank khizmatlarini taklif qiluvchi barqaror va masuliyatli tashkilot mavqeiga ega universal moliya institutidir.
Khalqaro darajaga chiqish — «Kapitalbank» rivojining yangi bosqichi
Boshqaruvning aniq maqsadli strategiyasi va sunggi yillardagi jadal rivojlanish bankning erishib bulmaydigan darajaga kutarilishiga kafolat bermoqdi. 2017 yil sentyabr oyining boshida «Kapitalbank» Uzbekistonning barcha banklari orasida uzini khalqaro maydonda ishonch bilan kursata oldi: bankning taqdimot roligi BBC, Bloomberg va Euronews kabi Evropaning etakchi kanallri efirida paydo buldi. Shu tariqa, 1 mlrd kishidan ortiq auditoriya «Kapitalbank» haqida, uning Uzbekistondagi ishonchli sarmoyaviy sherik sifatida sermahsul hamkorlik uchun doimo ochiq ekanligidan khabar topdi.
Ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik subektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yakhshilashga qaratilgan Uzbekiston pul-kredit siyosatining erkinlashtirilishi tufayli bankning sinovdan utgan mahalliy hamkor sifatida jahon bozoridagi mavqei yanada ortdi.
Bankning ishonchliligi bar qator mustaqil khalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan. Sunggi tuqqiz yil davomida Standard and Poor’s khalqaro reyting agentligi tomonidan doimiy tahlillar olib borilib, tadqiqotlariga muvofiq, bankning kredit reytingi B/V darajasiga kutarilgan. Shuningdek, 2016 yil yakuniga kura, AhborReyting milliy reyting agentligi tomonidan bankka «Barqaror» prognozi bilan UzA reytingi berildi.
Bundan tashqari, 2008 yildan boshlab bankning barcha moliyaviy hisoboti Ernst & Young, Deloitte & Touche va Grant Thornton khalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan khalqaro standartlarga muvofiq mustaqil tekshirib borilmoqda.
Rivojlangan filiallar tarmogi — khizmatlar sifati va mavjudligi garovidir
Filial tarmoqlarining faol rivojlanishi Uzbekistonning har bir burchagida mijozlarga sifatli khizmat kursatish siyosatini amalga oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, bank operasiyalari turlarini muntazam ravishda kengayib bormoqda. Bu esa mijozlarning zamonaviy bank khizmatlariga nisbatan istalgan ehtiyojlarini tuliq qondirishga yordam beradi.
Ayni damda bank infratuzilmasi 14 filialdan tashkil topgan bulib: Toshkentda 7 ta filial hamda Bukhoro, Termiz, Fargona, Samarqand, Namangan, Nukus, Quqon shaharlaridagi 7 ta mintaqaviy filiallar, shuningdek, boshqa ikhtisoslashgan savdo nuqtalari, mini-banklar, omonat kassalaridan iborat.
Mustahkam mijozlar portfeli — ishonch kursatkichidir
Kup yillik ish tajribasi orqali bank salokhiyatli mijozlar portfelini shakllantirishga muvaffaq buldi. Uning korportiv mijozlari orasida iqtisodiyotning turli sohalaridan bulgan kompaniyalarni kurish mumkin: qurilish, farmasevtika, savdo, poligrafiya, shuningdek, khizmat kursatish sohalari.
«Kapitalbank» korporativ va chakana segmentni qamrab olgan 2 milliondan ortiq mijozlariga, doimiy ravishda, yuqori darajada khizmat kursatilishiga alohida etibor qaratadi. Bankning barcha bulinmalarida mijozlarga khizmat kursatish, milliy va khorijiy valyutada fuqarolar omonatlarini qabul qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bank shuningdek, pul utkazmalari, hisob-kitob ishlari, mikrokreditlash va kichik biznes subektlarini kreditlash, valyuta ayirboshlash operasiyalari va boshqa kuplab khizmatlarni taqdim etmoqda.
Bundan tashqari, sunggi yillarda kichik biznes va khususiy tadbirkorlik, hunarmandchilik, yosh oilalar va kollej bitiruvchilarini qullab-quvvatlash buyicha davlat dasturlarida faol ishtirok etish orqali ijobiy tajriba egallandi.
Khalqaro hamkorlar — barqaror rivojlanish kafolati
«Kapitalbank» khalqaro faoliyatini faol tarzda rivojlantirib bormoqda va khorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikni yulga quymoqda. Hozirda bank Evropa, Osiyo, AQSh, shuningdek, MDH davlatlarining 11 ta banki, khalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik urnatilgan. Avstriyaning Raiffezen Bank International, Germaniyaning Deutsche Bank va uning AQShdagi tuzilmasi Deutsche Bank Trust Company Americas, Koreyaning Shinhan Bank, Rossiyaning «Sberbank», «VTB», «Promsvyazbank», Qozogistonning «Kazkommersbank» kabi yirik moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilinmoqda.
Hukumatlararo shartnomalarni qullab-quvvatlash va Rossiya Federasiyasi bilan savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida «Kapitalbank» Rossiyaning «Aziya-Invest» banki bilan faol hamkorlik qiladi. Tashqi savdo faoliyatini qullash va Uzbekiston sanoat korkhonalarining eksport-import salohiyatini oshirish maqsadida Germaniyaning Commerzbank va Avstriyaning Raiffezen Bank International banklari bilan hamkorlik munosabatlari urnatilgan.
Joriy yilda bank tomonidan kichik biznes subektlarini moliyalashtirish maqsadida khususiy sektorni rivojlantirish buyicha Islom korporasiyasining kredit liniyasi jalb etildi hamda muvaffaqiyatli uzlashtirildi.
«Kapitalbank» jamoasi erishilgan yutuqlardan tukhtamasdan, bozor sharoitlariga moslashgan holda taqdim etilayotgan khizmatlarning samaradorligini oshirish ustida tinimsiz ishlashda davom etmoqda. Aslida ham, ilgor bank tekhnologiyalari, innovasion khizmat yondashuvi, professional jamoa va mijozlar manfaatini kuzlash misli kurilmagan pogonalarga kutarilish va insonlar ishonchini yanada oshirish imkonini beradi.
Reklama huquqi asosida. Khizmatlar lisenziyalangan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.