Karlos keyrush ozbekistonga karshi oyin saralash boskichidagi bizning eng kiyin oyinimiz boladi —

Karlos keyrush: o’zbekistonga k’arshi o’yin — saralash bosk’ichidagi bizning eng k’iyin o’yinimiz bo’ladi — o’zbekiston
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush O’zbekistonga k’arshi o’yindan oldin o’z fikrlarini bildirib, muxlislarni «Ozodiy» stadioniga chorladi.
«O’zbekiston — kuchli terma jamoa. Muxlislarimiz 12-o’yinchi bo’lishini istardim. O’zimiz istagan rejani amalga oshirish uchun 90 dak’ik’a davomida konsentrasiyani yo’k’otmasligimiz va yaxshi o’yin ko’rsatishimiz kerak. Milliy terma jamoa ham hujumda, ham himoyada yaxshi o’yin ko’rsatishi lozim», — dedi Keyrush o’yin oldi matbuot anjumanida.
«O’zbekistonga k’arshi o’yinda bizning eng yaxshi o’yinchimiz — muxlislarimiz. Jamoa ularning k’o’llab-k’uvvatlashiga muhtoj. Ular bilan birgalikda bizning ishimiz oson bo’ladi».
«Futbolda mashak’k’atli mehnatsiz hech narsaga erishib bo’lmaydi. Biz uchun bu o’yin Jahon chempionati finaliga teng bo’ladi. Ishonchim komil, dushanba kuni o’zimizga kerakli natijaga erishamiz».
«Eron hali JCh yo’llanmasini k’o’lga kiritmadi. Ertangi o’yindan keyin bu hak’da gapirish mumkin. O’zbekistonda guruhni birinchi yoki ikkinchi o’rinda yakunlamok’chi. Buni bilamiz. O’zbekistonga k’arshi o’yin — saralash bosk’ichidagi bizning eng k’iyin o’yinimiz bo’ladi», — deya o’z so’zini yakunladi Keyrush.
Комментарии 0