Katar eron va ozbekistonga karshi oyin oldidan 3ta ortoklik bahsi otkazadi — ozbekiston

K’atar eron va o’zbekistonga k’arshi o’yin oldidan 3ta o’rtok’lik bahsi o’tkazadi — o’zbekiston
K’atar terma jamoasi mart oyida bo’ladigan JCh-2018 saralash bosk’ichi doirasida Eron va O’zbekistonga k’arshi tayyorgarlik rejasini tasdik’ladi. K’atarliklar 3ta o’rtok’lik o’yinida maydonga tushishadi.
Xorxe Fossati shogirdlari 2017 yilning 17 yanvar kuni Dohada Moldovaga k’arshi o’rtok’lik o’yinini o’tkazishadi. Bu o’yin doirasida K’atar k’isk’a yig’in o’tkazadi. Jamoa 15 yanvardan boshlab yig’inni boshlaydi.
K’atar terma jamoasi martda deyarli 1 oy davomida yig’in o’tkazadi. «Annabi» 5 martdan boshlab yig’inga kirishadi hamda 9 va 17 mart kunlari 2ta o’rtok’lik o’yini o’tkazishni rejalashtirgan. Hozircha bu muddat uchun sparring-rak’iblar nomi ma’lum k’ilinmagan.
K’atar 23 mart kuni Dohada Eron bilan, 28 mart kuni Toshkentda O’zbekistonga k’arshi bahs olib boradi.
Комментарии 0