Kevin de bryuyne hammasiga birdaniga va fakat siti bilan intervyu — ozbekiston

Kevin de bryuyne hammasiga birdaniga va fakat siti bilan intervyu — ozbekiston

Kevin de bryuyne: «hammasiga birdaniga va fak’at siti bilan» (intervyu) — o’zbekiston

Dunyoning eng k’immatbaho futbolchilaridan biri, «Manchester Siti» va Belgiya terma jamoasidagi york’in o’yinlari ork’ali muxlislar e’tiborini k’ozongan Kevin de Bryuyne xorijlik hamkasblarimizga intervyu berib, faoliyatining e’tiborli jihatlari bilan tanishtirdi.
«Fak’at g’alaba!»
— «Manchester Siti» bir nechta frontda jang olib bordi. Jamoadoshlaringiz xato k’ilishga hak’lari yo’k’ligidan xabardormidilar?
— Nima uchun bu savolni menga beryapsiz?
— Chunki siz mag’lubiyatlarga dosh bera olmaysiz.
— (Kuladi) Bu borada siz hak’siz! Bolaligimdan tabiatan shundayman. Vaholanki, hozir har xil o’yinlarda ishtirok etib, yutk’azishim ham mumkin. Lekin avvallari — yo’k’, fak’at g’alaba!
— Nahotki, yutk’azishga ko’nikmagan bo’lsangiz?
— Engilishni bilmayman, lekin g’alaba k’ozonishga ustaman (kuladi). Fark’i shundaki, hozir ancha xotirjamman.
— O’yin paytida ham xotirjammisiz?
— Hamma joyda! Ishoning, jiddiy gapiryapman. Axir ulg’aymok’daman, yak’inda ota bo’ldim.
— Darhak’ik’at, ancha barvak’t ulg’ayishga majbur bo’lgan edingiz — o’k’uvchilik paytidayok’ ota-onadan yirok’da yashadingiz.
— Aynik’sa, birinchi yil juda og’ir kechdi. U paytda 13 yoshda edim. Boshk’a bir oila bilan yashasamda, o’zimni yolg’iz sezardim. Chunki atrofimda yak’inlarim yo’k’ edi. 18ga to’lgach, mustak’il yashay boshladim. Ovk’at tayyorlash, kir yuvish o’z zimmamda edi… Xullas, ulg’ayishga majbur bo’ldim. Hayot shunga majbur etdi.
«Mag’lubiyatdan fojia yasamayman»
— O’z intervyularingizda futbol shunchaki o’yin ekanligini ko’p ta’kidlagansiz. Bunday yondashuvni k’anday k’ilib sak’lab kelyapsiz?
— Garchi kattalar hayotini barvak’t boshlagan bo’lsamda, boshk’a bolalar kabi o’ynashda davom etdim. To’g’ri, futbol hozirda biznesga aylandi. Lekin bu bilan o’yin mak’omini yo’k’otgani yo’k’. U hozir ham zavk’ beradi, maydonda o’zingni k’iroldek sezasan. Chunki xohlagan ishingni k’ila olasan. Men futbolni shunday tushunaman.
— Lekin hozir bolalikdagi k’ilik’larni takrorlash odobdan emas…
— Fikringizga k’o’shilaman. Birok’ u men uchun hamon bir o’yin bo’lib k’olayotgani rost. Shu sababli munosabatim ham shunga yarasha. Hatto EChLda «Barselona»ni 3:1 hisobida engganimizdan keyin uyga odatdagidek kayfiyatda k’aytdim. O’zimga k’olsa, bu g’alaba «Vest Bromvich» ustidan erishilgan yutuk'(4:0)dan fark’ k’ilmaydi. Uchrashuvning muhimlik darajasi men uchun ahamiyatli emas. Doimo shunak’aman. Ha, o’zgacha tabiatli futbolchilar ko’p — g’alaba onlarida ko’klarga parvoz k’iladilar. Lekin mag’lubiyatni kuchli og’rik’ bilan k’abul k’iladilar. Men esa unisini ham, bunisini ham o’zimga olmayman. O’ylashimcha, bu mening ustunlik jihatim. Mag’lubiyatdan fojia yasamaslik kerak.
«YArim yil zaxirada? Hechk’isi yo’k’»
— Lekin futbol — hayotingizning muhim bo’lagi, shundaymi?
— Albatta! Futbolni sevaman. Birok’ u kundalik mashak’k’atli mehnatni talab etadi. Agar lazzat olmasang, bunga chidash k’iyin.
— Birok’ «Chelsi»dagi faoliyatingizni zavk’-shavk’k’a to’la bo’ldi, deyish k’iyin. Tez-tez zaxira o’rindig’ida k’olib ketdingiz… Balki murabbiy 8 mln. evroga sotib olingan belgiyalikka ortik’cha e’tibor bermagandir?
— Professional futbolda doimo shunday holat kuzatiladi. Murabbiy birinchi navbatda 50 mln. li futbolchini maydonga tushirishi shart. Menga esa bor-yo’g’i 8 mln. sarflangan.
— Bundan xafa bo’lgandirsiz?
— Ha, aldashibdi, degan fikr tinchlik bermasdi. Axir menga hech kim yo’l-yo’rik’ ko’rsatmagandi. Nima uchun maydonga tushmayotganimni bilolmasdim. YArim yilni bekor o’tkazganimga k’aramay, hozir bundan afsusda emasman. Londonda ko’plab do’stlar orttirdim, k’immatli tajribaga ega bo’ldim. YAna Angliyaga k’aytganimda, ya’ni «Manchester Siti»ga, ana shu omillar k’o’l keldi. Chempionat, matbuot vakillari va umuman, futbol muhiti bilan tanish ekanligim ish berdi.
— Balki «Chelsi»da ayni shu jihatlarning yo’k’ligi sizga xalal bergandir?
— Shunday bo’lishi ham mumkin. O’shanda 19 yoshda edim. Begona mamlakat, notanish jamoa. Dastlabki yarim yil k’iyin kechdi, hechk’isi yo’k’.
— «Manchester Siti» esa sizga k’ariyb 80 mln. sarfladi. Mak’omingiz o’zgarganini sezdingizmi?
— Buning menga daxli yo’k’. Mening vazifam — o’ynash. Albatta, shunga yarasha mas’uliyat ham bor. Lekin bu hak’da o’ylamasdan, o’z ishimni mukammal ado etishga harakat k’ilaman. Uddalay olsam, mamnun bo’laman. O’yinim k’ovushmaganda kamchiliklarni anik’lashga urinaman. Hozirda hammasi risoladagidek. Futbol ham hayotning bir bo’lagi — goh parvoz, goh pasayish, degandek.
«YAna nimalarga k’odirligimni bilmayman»
— Sizning yuksak transferingiz 30 nafar «Oltin to’p» da’vogarlari orasidan joy olishingizni kafolatlaydi. Shundaymi?
— Buning k’anday kafolat ekaniga faoliyatim yakunida baho beramiz. Lekin hozir bu hak’da o’ylash vak’ti emas, boshk’a yumushlar etarli.
— Jahon reytingida Ronaldu, Messi, Grizmann, Suares va Neymar etakchilik k’ilishmok’da. Aytgancha, Neymar sizning tengdoshingiz. U hak’da nima deya olasiz? O’zingizni «Barsa» yulduzi bilan tak’k’oslay olasizmi?
— Dunyoda yuksak saviyali futbolchilar juda ko’p. Lekin matbuot negadir 20-30 nafaridan u yog’iga o’tmaydi.
— Siz ham o’sha kuchli o’ttizlikka kirasizmi?
— Hozir, ha. Lekin bularning barchasi k’iyosiy. Men o’ta mashhur o’yinchilarni nazarda tutgandim. Germaniyada muxlislarni mahalliy chempionat vakillari va xorijdagi nemislar k’izik’tiradi. Angliyada esa bundesliganing hech kimga k’izig’i yo’k’. K’isk’asi, barcha mamlakatlarda tilga olinadigan futbolchilar juda oz.
— Ayting-chi, Messi, Ronaldu va Neymar darajasiga ko’tarilish uchun sizda nima etishmaydi?
— O’zimning ustun va zaif jihatlarimdan yaxshi xabardorman. O’z navbatida, yana nimalarga k’odirligimni bilmayman. Mukammallikning chegarasi k’aerda ekani noma’lum. Hozirda anchayin yuksaklikka erishdim, yanada yuk’orirok’k’a ko’tarilish k’i-yinlashib bormok’da. Lekin men izlanishdan, ter to’kishdan to’xtamayman. Shunday k’ilishim shart. Chunki bu nafak’at o’zim, balki jamoam uchun ham muhim.
«Doimo g’olib chik’ishni istayman»
— «Oltin to’p» da’vogarlari ro’yxatidan joy olish futbolchiga zavk’ bag’ishlasa kerak?
— Juda yok’imli, albatta. Demak, o’z vazifamni ko’ngildagidek uddalay olyapman. Ochig’i, ro’yxatga kiritishganini bilgach, xursand bo’ldim. Lekin mazkur holat hayotimni o’zgartirib yubordi, deyish fikridan yirok’man. Bunak’a mavzularda suhbatlashishni yok’tirmayman. Ozrok’ gapirib, ko’prok’ ishlash tarafdoriman.
— Lekin k’achondir «Oltin to’p»ga sazovor bo’lish niyatingiz bordir?
— Muhimi — jamoa muvaffak’iyati. K’andaydir individual sovringa loyik’ topilsam, mamnuniyat bilan k’abul k’ilaman. Birok’ bu men uchun birinchi darajali emas. Jumladan, «Oltin to’p» hak’ida hech k’achon o’ylamaganman.
— Xo’sh, unda nimani orzu k’ilgansiz?
— Hech narsani. Shunchaki, doimo g’olib chik’ishni istayman. K’ancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Ehtimol, bu biroz bema’nilikdek tuyular, lekin men birdaniga barcha turnirlarda sovrindorga aylanishni xohlayman.
— 2001 yili Maykl Ouen xuddi shunday fikr bildirgandi. Aytgancha, u sizning «kumir»ingiz…
— Ha, bolaligimda «kumir»im edi. Devorda futbolchilarning suratlari ko’p emasdi. Ammo unga doimo joy topilardi.
— Maykl Angliya chempionligiga erisha olmasada, boshk’a turnirlarda zafar k’uchdi. «Oltin to’p»ga ham ega chik’di.
— Men ham g’olib bo’lishni istayman: chempionatda, Angliya va Liga kuboklarida, EChLda. Fak’at barchasiga «Siti» bilan erishmok’chiman!
Ma’lumot uchun
Kevin de Bryuyne
Tug’ilgan sanasi: 1991 yil 28 iyun
Tug’ilgan joyi: Drongen, Belgiya
To’p surgan jamoalari: «Genk» (2008-2012); «Verder» (2012-2013); «Chelsi» (2013-2014); «Volfsburg» (2014-2015); «Manchester Siti» (2015-…)
APLda 62 marta maydonga tushib, 12ta gol urgan
Erishgan yutuk’lari: Belgiya chempioni (2010|2011); Belgiya kubogi sohibi (2008|2009); Belgiya superkubogi sohibi (2011); Germaniya kubogi (2014|2015) va superkubogi (2015) sohibi; Angliya liga kubogi sohibi (2015|2016)
Belgiya terma jamoasida 50ta uchrashuv o’tkazib, 13ta gol urgan

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.