Khalqaro sanoat yarmarkasi direksiyasi tugatildi — ozbekiston

Khalqaro sanoat yarmarkasi direksiyasi tugatildi — ozbekiston

Khalqaro sanoat yarmarkasi direksiyasi tugatildi — o’zbekiston

«Khalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasion birja direksiyasi» davlat korkhonasi tugatildi. Bu Uzbekiston Prezidentining 31 iyuldagi Tovarlar (ishlar, khizmatlar)ning davlat va korporativ kharidlar tizimini yanada isloh qilish tugrisidagi qarorida kuzda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, utkazilgan tahlillar Direksiya faoliyatini tashkil etishning amaldagi tartibi davlat va korporativ kharidlarning ochiqligi va shaffofligini lozim darajada taminlamayotligini kursatdi.
Khususan, tenderlar utkazmasdan tugridan-tugri shartnomalar asosida Kooperasiya birjasi doirasida asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan khom ashyo va materiallarning kharidini amalga oshirishga imkon beruvchi amaldagi tartib turli khil korrupsiya kurinishlari, shu jumladan, oldindan belgilangan etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish maqsadida birjalardan foydalanish uchun sharoit yaratmokda.
Kurgazma-yarmarka tadbirlarini utkazishning tartib-taomillari, eng avvalo, kichik biznes subektlarining tovarlar (ishlar, khizmatlar) etkazib berish uchun davlat va korporativ buyurtmalarni olishga bulgan imkoniyatlarini, oqibatda, soglom raqobat muhitini yanada rivojlantirishni lozim darajada taminlamayapti.
Direksiya tomonidan tuzilgan shartnomalarni tahlil qilish va ular asosida tegishli loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish, mahalliy khom ashyo bazasida tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirishni kengaytirish uchun sanoat kooperasiyasining roli va ahamiyatini oshirish buyicha asosiy vazifalar amalda bajarilmagan.
Shartnomalarni ruykhatga olishning samarasiz tizimi, tuzilgan shartnomalar ijrosini nazorat qilishning tasirchan mekhanizmlari mavjud emasligi aksariyat hollarda kabul qilingan shartnoma majburiyatlari va tasdiqlangan tarmok jadvallarining bajarilmasligiga sabab bulmokda.
Hujjatda tovarlar (ishlar, khizmatlar)ning davlat va korporativ kharidlar tizimini tubdan takomillashtirish buyicha, shu jumladan, Uzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy akhborot tizimi doirasida davlat kharidlari yagona akhborot portalini hamda resurslar yagona milliy malumotnomasini yaratish orqali ularning ochiqligi va shaffofligini oshirish buyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kuzda tutilgan.
Bundan tashqari, «Uzekspomarkaz» Milliy kurgazma majmuasining kurgazma-yarmarka faoliyatini yanada rivojlantirish buyicha takliflar tayyorlanishi lozim.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.