Khayrulla hamidov tushlarimda futbol sharhlaganman — ozbekiston

Khayrulla hamidov tushlarimda futbol sharhlaganman — ozbekiston

Khayrulla hamidov: tushlarimda futbol sharhlaganman — o’zbekiston

Kuplab yosh jurnalistlar ustoz sifatida qaraydigan taniqli sharhlovchi Khayrulla Hamidov televideniega qaytdi. Mana, mukhlislarimiz yana uning sharhlari ostida futbol tomosha qilishmoqda.
Oramizda Khayrulla aka sabab millionlar uyiniga oshufta bula boshlaganlar bir talay. Chamasi 10 yil muqaddam bir kishi bilan suhbatlashganimda, u shunday degandi:
«Khayrulla Hamidov «Real» uyinini sharhlar ekan, zur jumla ishlatdi — «Zidan uz tekhnikasi «qurboni»ga aylandi». Shuni eshitib, futbolga chinakamiga mukhlislik qila boshlagandim…».
Bundaylar juda kup va Khayrulla akaning intervyusi ularda katta qiziqish uygotishi turgan gap.
QAYTISh
— Khayrulla aka, televideniega qaytishingiz qanday ruy berdi? Bunday gap-suzlar ancha oldin urchigandi.
— Ha, bu borada harakatlar ancha oldin boshlangandi. Zero, har doim uzim uchun qadrdon kasbga qaytishni istaganman. Uz urnida davlatimiz rahbariga alohida rahmat aytmoqchiman. Hayotda turli holatlar buladi. Men ham ogir damlarni boshdan utkazdim.
Prezidentimiz tavsiyalariga kura, turli «qora» ruykhatlar bekor qilindi va fuqarolarga istalgan sohada faoliyat yuritish imkoni berildi. Buning qadrini faqat boshidan utgan odam biladi. Aynan shu qaror tufayli televideniega qaytdim.
Mana, «Sport» va «YOshlar» telekanallarida qayta faoliyat boshladim. Asosiy ishim «Sport»da, «YOshlar»da esa hozircha bir marta kurinish berdim. Yani «Davr hafta ichida» kursatuvida 5 daqiqacha Uzbekiston terma jamoasi uyiniga munosabatimni bildirdim.
— «YOshlar» telekanalidagi kelgusi ishingiz qanday kurinish oladi?
— Yaqin orada «YOshlar» uchun ham futbol mavzusini qamrab olgan kursatuv tayyorlash niyatim bor. Ammo hozircha «Sport»da ish kulami kattaligi bois, vaqt tigiz bulib turibdi. Yaqinda Uzbekiston milliy jamoasi uyinlarini sharhladik. Afsuski, ular vakillarimiz uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
TUSh
— Televideniega qaytmay, boshqa sohada ishlashingiz ham mumkinmidi?
— Tugrisi, TVga qaytish fikri meni hech qachon tark etmagan va bunga har doim ishonardim. Chunki jurnalistikadan chetga chiqqanim yuq. Khususan, utgan vaqt davomida radioda chiqishlar qilib turdim, ovozimni eshitishgan va futbolga tayyorligimni bilib, chaqirishgandir.
Demoqchimanki, jurnalistikaga dabdurustdan qaytganim yuq. Turli tadbirlarda ishtirok etdim, gazetalarda faoliyat yuritdim. Mana, yana TVdaman va buning uchun MTRK rahbariyatiga alohida rahmat.
— Ha, jurnalistikaning turli sohalarida ishlagansiz, ishlayapsiz — matbuot, internet, radio… Khush, sharhning ahamiyati qay darajada baland?
— Tugrisi, televideniedan chetda yurgan vaqtlar hattoki, tushlarimda futbol sharhlaganman. Savolingizga bundan ortiq javob berolmasam kerak…
— «Sport»da qayta ishga kirishganingizdan buyon uzingiz uchun qaysi uyin eng muhimi buldi?
— Ahamiyat jihatidan olsak, mantiqan «Yuventus» va «Kalyari» urtasida kechgan bahs 1-urinda turishi lozim. Chunki aynan shu sharh bilan TVga qaytdim. Ammo terma jamoa uynagan vaqt hammasi bir chetga surilishi turgan gap.
Uyinga munosabat, hissiyot, kuzatish va masuliyat butunlay uzgaradi. Hattoki, qarashlar ham. Akhir ikki begona klub uyinida kholislikni saqlab qolish muammo emas. Ammo Vataning jamoasi maydonga tushganida, hammasi uz-uzidan unutiladi.
Bunday uyinlarga juda nozik yondashish kerak. Barchasini khuddi oddiy bahsdagidek sharhlashga ming urinmang, tabiiy ravishda mukhlis kuzi bilan qarash ehtiyoji tugiladi. Bu umuman boshqacha hissiyot.
— Uzoq vaqt televideniedan chetda yurdingiz. Hamkasblar qanday kutib olishdi?
— Juda yakhshi. Ha, chamasi 10 yil davomida TVdan uzoqda buldim. Muhimi, hamkasblar qaytishimdan khursand ekanliklarini yashirishmadi. Ochigi, shuncha vaqt davomida khodimlar tarkibi uncha uzgarmagan. Ayniqsa, tekhnik khodimlar deyarli usha-usha.
Khullas, hamma iliq munosabatda buldi. «Sport» ham, «YOshlar»da ham eski hamkasblar bilan samimiy kurishdik. Tugri, yangi avlod nazdida katta odamdekman. Ammo tabiatan uzimni katta tutishni yoqtirmayman va ular bilan tezda kirishib ketdik.
Tan olaman, uzoq vaqt chetda qolganimning tasiri yuq emas, baribir. Bazan avvalgidek faollik kursatmay quysam, boshqalar darrov dalda berishga harakat qilishmoqda: «Eski shijoat bilan yuravering, bu erda hamma sizni biladi». Ammo kunikishga baribir, biroz vaqt kerak, shekilli…
OLIY LIGA
— Khayrulla aka, nima uchundir avvalgi faoliyatingiz davomida oliy liga uyinlarini sharhlamagansiz…
— Nega endi? Bazi uyinlarni sharhlaganman.
— Mukhlis sifatida faoliyatingizni uzoq vaqt kuzatganman va negadir oliy liga bahslarini sharhlaganingizni eslolmayapman…
— Ilgari «YOshlar» telekanalida ishlaganimda, «Interfutbol» dasturiga Evropa maydonlaridagi eng sara uyinlar tanlab berilardi. Shu bois, sharhlarim kuproq evrofutbolga bogliq bulgan.
«Sport» kanaliga utganimdan keyin esa Evropa milliy chempionati barobarida oliy liga uyinlari sharhiga ham quyilganman. Ammo kup emas, 2 yoki 3ta uyinni sharhlagandim.
— Sharhlovchi zerikarli tus olgan uyinga ham qiziqish uygota olishi kerak. Bu tushunchaga qanday qaraysiz?
— Shunday uyinlar buladiki, ular sharhlovchiga ozuqa beradi. Masalan, yaqinda «Yuventus»ning «Jenoa»ga qarshi uyinini sharhladim. Bunday uchrashuvlar yakhshigina masalliqni taminlaydi. Akhir qiziqarli uyin har qanday holatda ham, uz ahamiyatini yuqotmaydi.
U shuningdek, sharhlovchiga ham ijobiy tasir qiladi. Tugri, bazan «Yakhshi sharhlovchi uyinni qushimcha bezaydi», deyishadi, lekin malum manoda shunday. Uta zerikarli uyinni qiziqarli qilib kursatish qiyin masala. Buning uchun avvalo, maydondagi futbolchilar harakat qilishlari lozim.
OGRIQLI MAVZU
DAVOMI

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.