Kholesteriningiz yuqorimi — ozbekiston

Kholesteriningiz yuqorimi — ozbekiston

Kholesteriningiz yuqorimi? — o’zbekiston

Qon tahlilini topshirsam, har gal shifokordan bir gapni eshitaman: «Qoningizda kholesterin miqdori oshgan». Nima qilsam, bu kursatkich meyorlashadi? Kholesterinni tushiruvchi biron mahsulot bormi?
Nazokat aya TUKhTAEVA, Namangan viloyati
U UZI NIMA?
Kurinishi asalari mumiga ukhshash bu modda bizning yashashimiz uchun zarur. Uzingiz uylab kuring: bosh miya, asab tolalari, hujayralar qobigi aynan kholesterin moddasidan tashkil topgan. Kholesterindan gormonlar, ayniqsa, erkaklik gormoni testosteron hosil buladi. Binobarin, u kamaysa, erkaklar yaqinlikdan bosh tortadi, ayollarda esa hayz tukhtaydi. Kholesterin darajasi tanada past bulsa, odam depressiyaga moyil bulib, uzini asrashga urinmaydi. Qon orqali kholesterin butun organizmga tarqaladi. Ammo uning meyori oshsa, ateroskleroz, qon bosimining kutarilishi, yurak va jigar kasalliklarini qarshi olavering. Khalq orasida yakhshi va yomon kholesterin haqida gap yuradi. Lekin bu moddaning 80 foizini jigarimiz ishlab chiqishini inobatga olsak, aslida gap kholesterinning oshishida emas, uni nima oshirishida ekanligi malum buladi.
NIMA FOYDAYu NIMA ZARAR?
Mayonez, ketchup, kolbasa, dumba va charvi yogi, chips, qotirilgan non (kirieshka), yarim tayyor mahsulotlar, ayniqsa, kucha pishiriqlari, fast-fud taomlari ushbu moddaga nihoyatda boy sanaladi. Ularning tasirida qondagi kholesterin darajasi kutarilishi mumkin. Bu degani ularni qancha kam esangiz, nokhush kasalliklarga chalinish khavfi shuncha kamayadi. Ammo kholesterin inson uchun kerakli ekanini ham aytib utdik. U ham biz uchun quvvat manbai hisoblanadi. Yakhshi kholesterinni sut mahsulotlari, ayniqsa sariyog va sutdan, tukhum, mol gushti va baliqdan topasiz. Bu mahsulotlarni meyorda istemol qilishingiz, kayfiyatni kutaradi, harakat paytida kerakli quvvat bilan taminlaydi. Asosiysi, ovqatlanishda uglevodga boy mahsulotlarni kupaytirmaslik kerak. Bu degani khamirli ovqatlar va pishiriqlar, kartoshka istemolida meyorga etibor beriladi.
NEGA KhOLESTERIN OShADI?
Kholesternining oshishi har doim ham ovqatlanish tarziga bogliq emas. Bazi kasalliklar hisobiga kerakli moddaning miqdori oshishi mumkin. Uning natijasida esa qon tomirlarni yogli tiqimlar qoplashi, qon tomirlar utkazuvchanligi yuqolib, qon quyuqlashishi, yurak zuriqib ishlashi mumkin. Misol uchun, buqoq kasali bilan ogrigan kishilar qonida kholesterin yuqori buladi. Semizlik, klimaks davri, irsiy kasalliklar, qandli diabet, buyrak, yurak va jigar kasalliklarida ham khuddi shu holat. Hatto, bazi gormonal vositalar ham kholesterin darajasini kutarishga qodir.
QAChON TAHLIL TOPShIRAMIZ?
Keyingi paytlarda khafaqon, yurak infarkti va insult kasalliklarining «yosharib» borishi qayd etilmoqda. Buning oldini olish uchun 25 yoshdan keyin har olti oyda qonda kholesterin darajasini aniqlovchi tahlil topshirish kerak. Meyordagi kholesterin darajasi 5,1 ni tashkil etadi. 6,2 dan baland raqamlar kholesterin kutarilganidan darakdir.
ChORASI BOR!
Birinchi galda tibbiy tekshiruvdan utib, kholesterin darajasining oshishiga nimalar sababchi ekanligini aniqlang. Gap buqoqda bulsa, davo choralarini boshlang, bir oydan keyin tahilllar kholesterin darajasining pasayganini kursatadi. Bunga qushimcha ravishda haftasiga 3-4 marta biror bir sport turi bilan shugullanish yoki har kuni 2 km piyoda yurish kerak.
KhOLESTERINNI MEYORGA KELTIRUVChI MAHSULOTLAR
Kukatlardan – seldir va kashnich, ismaloq.
Gusht mahsulotlari – parranda gushti, baliq
Chaq-chuqlar – yongoq va bodom.
Mevalar – olma, anor, nok, qulupnay, uzum, sitruslilar;
Sabzavotlardan – lavlagi va qizil sabzi
Dorivor usimliklardan – mavrak, buymodaron, arslonquyruq va kuk choy;
*Britaniyalik olimlar qiziq tadqiqotga qul urdilar. Uning natijasida nonushtaga yormali butqa, har 3-4 soatda meva-sabazvotli salat, chaq-chuqlar, baliq yoki parranda gushti bilan oziqlanib, non va khamirli mahsulotlarni cheklagan odamda kholesterin miqdori meyorga kelar ekan.
*Aytishadiki, sariyog, tukhum va gusht mahsulotlari kup istemol qilinsa, qonda kholesterin miqdori kupayadi. Ammo shu mahsulotlarni istemol qilmasangiz jigar kholesterinni yanada kup ishlab chiqara boshlaydi. Khulosa shuki, hamma narsani meyorda istemol qilgani yakhshi. Asosiysi, kuproq harakatda bulib, kun davomida tugri ovqatlanish va zararli kunikmalardan voz kechishga qaratilishi shart.
Barno tayyorladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.