Kokon-1912 derbida bir ochkoga ega boldik tolik sharh — ozbekiston

Kokon-1912 derbida bir ochkoga ega boldik tolik sharh — ozbekiston

K’o’k’on-1912: derbida bir ochkoga ega bo’ldik (to’lik’ sharh) — o’zbekiston

2-dak’ik’ada dastlabki xavfli vaziyatni biz yaratdik. Tezkor k’arshi xujumda Rayevas darvozabonni alday olmadi.
5-dak’ik’adayok’ maydon egalari safida majburiy o’zgarish yuz berdi. Vaziyatlardan birida G’iyos Komilov jaroxat oldi. Himoyachimiz o’yinni davom ettira olmasligiga sheriklari ishora ko’rsatishdi. Natijada uning o’rniga Stanoevich maydonga tushdi.
8-dak’ik’ada namanganliklar xavfli vaziyat yaratishdi. Mehmonovning o’ng k’anotdan tepgan to’pini Ashurov k’iyinchilik bilan k’aytardi. Otaxonov k’aytarilgan to’pga etib kela olmadi.
9-dak’ik’a vakillarimiz jarima to’pini tepishdi. Xolmuhamedoning zarbasidan keyin himoyachilar to’pni k’aytarishdi. Himoyachidan k’aytgan to’pni vakillarimiz jarima maydonchasiga oshirishgan edi. Asilbek Amonov birinchi bo’lib to’pga etib keldi
11-dak’ik’a “Navbahor” o’yinchilarida yana bir imkoniyat vujudga keldi. Yovanovich jarima maydoni chizig’i ustida turgan Jabborovga to’ni k’oldirdi. Dilshodga himoyachilarimiz zarba yo’llash uchun imkon berishmadi.
17-dak’ik’a rak’ib darvozasi oldida juda xavfli vaziyat yaratdik. Otak’o’ziev birozgina to’pga ulgurmadi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi.
22-dak’ik’a Otaxonov jarima maydonida turgan Yovanovichga to’pni uzatdi. Nemanyaning zarbasidan so’ng to’p darvoza ustuniga tegib k’aytdi.
Keyingi hujumda esa namanganliklar hisobni ochishga muvaffak’ bo’lishdi. Darvozamiz tomon belgilangan jarima zarbasidan so’ng, himoyamizda pala-partishlik ro’y berdi. Natijada Yovanovich boshi bilan darvozamizni ishg’ol k’ildi.
Oldingi sakkiz uchrashuvda hisobni ochish vakillarimizga nasib etayotgandi. Bu gal esa rak’ibimiz birinchi bo’lib to’p kiritdi.
Gol o’tkazib yuborgach, futbolchilarimiz hujumga zo’r berishdi. Mezbonlar esa o’yin sur’atni tushirishga harakat k’ilishdi.
33-dak’ik’ada Ibrohim Rahimov o’ng k’anotdan bir himoyachini aldab kirdi va zarba yo’lladi. Amanov to’pni k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi.
34-dak’ik’ada Turg’unboevning chiroyli oshirgan to’piga Samatov etib kelishi mumkin edi, lekin Aziz Ashurov bunga yo’l k’o’ymadi va jarohatlandi.
Birinchi taymning so’nggi dak’ik’alarida futbolchilarimiz ketma-ket hujumlar tashkil etishdi. Birok’ ulardan samarali foydalana olmadik.
43-dak’ik’a Rayevasning zarbasidan keyin darvozabon to’pni maydon tashk’arisiga chik’arib yubordi.
Hakam tomonidan k’o’shmib berilgan dak’ik’alarda rak’ib jarima maydonchasi ichida Rayevas yik’ildi. Hakam k’arama-k’arshi tomonga jarima belgiladi.
Birinchi bo’lim shu hisobda intiho topdi.
48-dak’ik’a Aziz Turg’unboev kutilmaganda jarima maydonchamizda paydo bo’ldi. Ashurov undan ko’ra epchillik k’ildi.
54-dak’ik’a Javohir Sidik’ov o’zining ajoyib harakatlari bilan rak’iblarni aldab o’tmok’chi bo’ldi. Alisher Samatov uni k’upolik bilan to’xtatib k’oldi.
Jarima to’pidan keyin Holmuhammedovning juda kuchli zarbasi birozgina noanik’ bo’ldi.
65-dak’ik’a zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorovning bosh bilan zarbasi birozgina yuk’oridan ketdi.
70-dak’ik’ada Jabborov rak’ibdan to’pni oldi va o’zi zarba berishga k’aror k’ildi. Uning zarbasiga anik’lik etishmadi.
75-dak’ik’ada Otak’o’ziev – Rayevas kombinasiyasini mezbon himoyachilari k’aytarishdi.
Namangandagi stadionga 20 250 nafar muxlis tashrif buyurganligi e’lon k’ilindi.
Uchrashuv yakunlangan sari mezbon futbolchilar maydonda yotib olishlari ko’plab kuzatildi. Ular hisobni o’shlab k’olish uchun harakat k’ilishdi. 86-dak’ik’ada Sidorovning ikki metrdan bergan zarbasini Asibek Amonov ushlab oldi. Buning ustiga hujumchimiz ofsaydda k’olib ketgandi.
88-dak’ik’ada Kovalenko rak’iblar jarima maydonchasi ichida Sidik’ovga k’arshi k’o’pollik ishlatildi deb topdi va penalti belgiladi.
Murod Xolmuhammedov penaltidan gol urgandi, ammo Kovalenko bu golni inobatga olmadi. Keyingi zarbani esa himoyachimiz yana golga aylantirdi va hisob tenglashdi.
Bugun futbolchilarimiz o’z an’anlariga sodik’ k’olgan holda safarda mag’lubiyatga uchrashmadi. O’z navbatida mezbonlar ham o’z maydonidagi mag’lubiyatsiz seriyani davom ettirishdi.
Shu tarik’a jaoamizning mag’lubiyatsiz seriyasi 9 taga etdi.

Oliy liga
10-tur
“Navbahor” – “K’o’k’on-1912” – 1:1 (1:0)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidk’osimov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), J. Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent)
O’zPFL vakili: A. Inoyatov.
Gol: Nemanya Yovanovich – 23. – Murod Xolmuhammedov – 90 (pen)
“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 2. Alisher Samatov, 4. Abbos Otaxonov, 5. G’iyosjon Komilov (44. Darko Stanoevich-5), 7. Oybek K’ilichev (11. Abduaziz Sultonov-83), 9. Dilshod Jabborov (S), 19. Mirzohid G’ofurov, 21. A’zam Aliev, 32. Jahongir Mehmonov, 77. Azizbek Turg’unboev, 84. Nemanya Yovanovich (8. Ravshan Xursanov-67).
Zaxira:1. Akmal Ortik’ov, 3. Hasanboy Ergashev, 10. Mansur Saidov, 33. Tohir Shamshitdinov.
“K’o’k’on-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 9. Nosir Otak’o’ziev (8. Sobir Hamidov-76), 10. Javohir Sidik’ov, 19. Suhrob Berdiev (11. Andrey Sidorov-46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Ibrohim Rahimov (7. Jamshid Hasanov-46), 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Holmuhammedov, 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 13. Nikita Ribkin, 17. Avazxon Mamatxo’jaev, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.