Korrupsiyaga karshi kurashish uchun idoralararo komissiya tashkil etiladi — ozbekiston

Korrupsiyaga k’arshi kurashish uchun idoralararo komissiya tashkil etiladi — o’zbekiston
O’zbekiston Oliy Majlisi Senati 13 dekabrdagi sakkizinchi yalpi majlisida O’zbekiston Prezidenti tomonidan k’onunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlis K’onunchilik palatasiga kiritilgan «Korrupsiyaga k’arshi kurashish to’g’risida»gi k’onun tasdik’landi. Bu hak’da Senat axborot xizmati «Gazeta. uz»ga xabar k’ildi.
YAngi normativ-huk’uk’iy hujjat korrupsiyaga k’arshi kurashish sohasidagi huk’uk’iy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuk’arolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga k’arshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo’lishiga yo’l k’o’ymaslik, fuk’arolarning huk’uk’iy ongi va huk’uk’iy madaniyatini yuksaltirish ork’ali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni k’aror toptirishga k’aratilgan.
K’onunda korrupsiyaga k’arshi kurashish bo’yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo’nalishlari mustahkamlangan, vakolatli organlar tizimi keltirilmok’da, ushbu sohada fuk’arolarning o’zini o’zi boshk’arish organlari, fuk’arolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuk’arolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilab berilmok’da hamda ochib berilmok’da, shuningdek, xalk’aro hamkorlikning ahamiyati aks ettirilmok’da.
Korrupsiyaga k’arshi kurashuvchi sub’ektlar faoliyatini muvofik’lashtirish va hamkorligini kuchaytirish mak’sadida k’onunda Korrupsiyaga k’arshi kurashish bo’yicha respublika va hududiy idoralararo komissiyalarni tashkil etish hamda uning tarkibiga jamoat birlashmalarining vakillarini, tadbirkorlarni va fuk’arolik jamiyati boshk’a institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmok’da.
Shuningdek, k’onun xususiy mulkni g’ayrik’onuniy tajovuzlardan, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoyalashga k’aratilgan. Senatorlarning fikricha, k’onunning k’abul k’ilinishi ishchanlik faoliyatini va mamlakatning investision jozibadorligini oshirishga, shuningdek, fuk’arolar huk’uk’larini va erkinliklarini ishonchli himoya k’ilish kafolatlarini mustahkamlashga ko’maklashadi.
Комментарии 0