Kozogistonda ravon nexia yigiladi — ozbekiston

Kozogistonda ravon nexia yigiladi — ozbekiston

K’ozog’istonda ravon nexia yig’iladi — o’zbekiston

K’ozog’istonning «SariarkaAvtoProm» kompaniyasi (K’ostanay) mart oyi oxiridan boshlab GM Uzbekistan zavodi avtomobillarini yig’ishga kirishadi.
Bu hak’da Toshkentda bo’lib o’tgan O’zbekiston va K’ozog’iston o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo komissiyaning 16-yig’ilishida «SariarkaAvtoProm»ni o’z tarkibiga olgan Allur Group direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentev ma’lum k’ildi.
«Barcha sinovlar o’tkazildi, GM Korea tomonidan loyiha bo’yicha lisenzion shartnomaning imzolanishini kutayapmiz, 22 martgacha ishlab chik’arishga tayyor bo’lamiz», — dedi Andrey Lavrentev.
Provedeni vse ispitaniya, jdem zaklyucheniya ot storoni GM Korea o podpisanii lisenzionnogo soglasheniya po proektu, k 22 marta gotovi k startu proizvodstva», — skazal Andrey Lavrentev.
U 2016 yil oxirida «SariarkaAvtoProm» va GM Uzbekistan K’ozog’iston hududida Asaka zavodi avtomobillarini yirik uzelli yig’ilishini tashkil etish to’g’risidagi shartnoma imzolanganini eslatib o’tdi.
Birinchi bosk’ichda K’ostanayda Ravon Nexia R3 sedanini yig’ish bo’yicha yiliga 7000 dona avtomobil k’uvvatiga ega ishlab chik’arish tashkil etiladi. Keyinchalik ikkinchi model — Spark avtomobili yig’ilishi mumkin.
Andrey Lavrentev so’zlariga ko’ra, K’ostanayda «SamAvto» (Samark’and) tomonidan ishlab chik’ariluvchi Isuzu avtobuslarini yig’ish hamda k’ishlok’ xo’jaligi mashinasozligi sohasida kooperasiya imkoniyatlari ko’rib chik’ilmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.