Kuron atlasi xarita — ozbekiston

Kuron atlasi xarita — ozbekiston

K’ur’on atlasi xarita — o’zbekiston

Bandalariga O’zining kalomi K’ur’oni Karimni nozil k’ilib, u ork’ali insoniyatga ilm bergan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin! K’ur’oni Karimni Allo azza va jalladan k’abul k’ilib, bekamu-ko’st o’z ummatlariga etkazgan, bayon k’ilib bergan Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga durudu salovatlar bo’lsin! Alloh taoloning kalomi K’ur’oni Karim, hech shubhasiz, borlik’dagi eng ishonchli kitobdir. Undagi xabarlar va ma’lumotlar barchasi to’la hak’ik’at ekanida ham shak-shubha yo’k’. Bu hak’ik’atni insoniy bilimlar ham kundan kunga tasdik’lab borayotgani barchaga ayon. Imom Termiziy Aliy roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Ogoh bo’lingizkim, albatta, fitna bo’lur!» deyayotganlarini eshitdim. Shunda: «Undan chik’ish yo’li nima, ey Allohning Rasuli?» dedim. «Allohning Kitobi. Unda sizdan oldin bo’lgan narsalarning ma’lumotlari va sizdan keyingi narsalarning xabari va sizning orangizdagi narsalarning hukmi bor. U ajrim k’iluvchidir, hazil emasdir…», dedilar». Darhak’ik’at, K’ur’oni Karimda shar’iy ahkomlar, pand-nasihatlar bilan bir k’atorda, ularga xizmat k’iluvchi tarixiy ma’lumotlar ham aks etgan. Unda insoniyat otasi Odam alayhissalomdan tortib Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamgacha bo’lgan ko’plab Payg’ambarlar, turli k’avmlar, xalk’lar va ular yashagan joylar zikr k’ilingan. Ulamolarimiz ular hak’ida o’z tafsirlarida talaygina ma’lumotlarni ham k’o’shimcha k’ilganlar va ularga k’aysidir darjada anik’lik kiritishga harakat k’ilganlar. Ayrim tadk’ik’otchi omilar tomonidan bu mavzuga bag’ishlab alohida kitoblar ham bitilgan. Jumladan, vatandoshimiz imom Zamaxshariyning «Al-Jibal va-lamakina val-miyah» («Tog’lar, joylar va suvlar») kitobi, YAhyo Abdulloh Muallimiyning «Al-A’lam fil-K’ur’an al-karim» («K’ur’oni Karimdagi atok’li otlar») asari ana shunday manbalardan hisoblanadi. Joriy asrga kelib ushbu harakat yangi bir bosk’ichga ko’tarildi. K’ur’oni Karimda keltirilgan shaxs va k’avmlar istik’omat k’ilgan mintak’alar va nomi zikr k’ilingan joylarning xaritasini tak’dim etish yo’lga k’o’yildi. Bizdagi ma’lumotlarga ko’ra, bu borada ilk k’adam k’o’ygan tadk’ik’otchi Suriyalik tarixchi olim doktor Shavk’iy Abu Xalil janoblari bo’ldi. Uning bu mavzudagi «K’ur’on atlasi» nomli kitobi bir necha tillarga tarjima ham k’ilindi, ko’pchilik unday yaxshi manfaat oldi. Bugungi kunda xalk’imiz k’o’ldan kelganicha o’zligini tanib, dinini o’rganib, xususan, K’ur’oni Karimning ma’no tarjimalari bilan tanishib borar ekan, ularning e’tiborlariga K’ur’oni Karimda zikr k’ilingan joylar, k’avmlar va atok’li shaxslarga bag’ishlangan xarita tak’dim k’ilish vak’ti ham kelgani ayon bo’lib k’oldi. Chunki, K’ur’onda bayoni kelgan joy, k’avm va shaxslar hak’idagi ma’lumotlar afsonaviy hikoyalar emas, balki hayotiy, vok’eiy hak’ik’atdir. Mazkur shaxs va k’avmlarning yashagan zamonlari va makonlari hak’idagi ma’lumotlar ular hak’idagi tasavvurlarimizni kengayishiga, k’at’iylashishiga, ularni o’rganishning osonlashishiga xizmat k’ilishi muk’arrar. Shu bois, Alloh taolodan yordam va tavfik’ so’ragan holda K’ur’oni Karimda zikr k’ilingan joylar, aytilgan k’avm va shaxslar yashagan mintak’alarning xaritasini tuzishga k’aror k’ildik. Ushbu tak’dim etilayotgan ma’lumotlarni tayyorlashda doktor Shavk’iy Abu Xalilning mazkur kitobini asos k’ilib olindi va o’zimiz berishni lozim deb bilgan ayrim ma’lumotlarni k’o’shimcha k’ilindi. Bunda asosiy mak’sad xarita tak’dim etish bo’lgani bois, Payg’ambarlar va boshk’alar hak’ida k’issalar keltirib o’tirilmadi. Fak’at mavzuga doir ayrim oyatlarni tak’dim etish bilan kifoyalanildi. Shu bilan birga, kerak bo’lganda mazuga doir oyatlar jadvali ham berib borildi. Dengizlar, katta shaharlar bugungi kundagi holatiga ko’ra ko’rsatildi. Ammo tarixiy joylar eski nomlari bilan berildi. Ayrim joy nomlarini anik’lashda tuli manbalarga murojaat k’ilindi. Ushbu ishimizda biror yaxshilik topsangiz, Allohdan, kamchilik bo’lsa, tuzuvchilardan deb bilgaysiz.
Nasibiyn jinlari (xarita)
Nasibiyn degan joydagi jinlar o’zlarining osmon xabarlaridan to’silganilarining sababini axtarish uchun dunyo bo’ylab tark’aladilar. Ulardan bir guruhi Arab jazirasi tomon yo’l oladi. Bu hak’da K’ur’oni Karimda ikkita surada oyatlar nozil bo’lgan. Alloh taolo bu hak’da Jin surasida shunday deydi: « Sen ayt: «Menga vahiy k’ilindiki, albatta jinlardan bir necha nafari k’ulok’ osdilar va dedilar: «Biz ajoyib K’ur’onni eshitdik. U to’g’rilikka hidoyat k’iladir. Bas, biz unga Iymon keltirdik va o’z Robbimizga birovni shirk keltirmasmiz ». (1-2). Ushbu suraning yarmidan ko’p k’ismi o’sha jinlarning gaplarini hikoya k’ilishga bag’ishlangan. Ahk’of surasida esa k’uyidagicha marhamat etiladi: « Va sen tomon bir necha nafar jinlarni K’ur’on eshitishga burganimizni esla. U(K’ur’on eshitish)ga hozir bo’lganlarida: «Jim, k’ulok’ osinglar!» – dedilar. K’achonki, k’iroat tugagach, o’z k’avmlariga ogohlantiruvchi bo’lib k’aytdilar. Ular dedilar: «Ey k’avmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, o’zidan avvalgi narsa(kitob¬lar)¬ni tasdik’lovchi, hak’k’a va to’g’ri yo’lga hidoyat k’iluvchi kitobni eshitdik. Ey k’avmimiz, Allohning da’vatchisiga javob bering va Unga Iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni mag’firat k’ilar va alamli azobdan sak’lar. Kimki, Allohning da’vatchisini k’abul k’ilmasa, bas, u er yuzida k’ochib k’utula oluvchi emasdir va unga U zotdan o’zga valiylar ham yo’k’dir. Ana o’shalar ochik’-oydin zalolatdadir», dedilar ». (29-32). Ushbu hodisa hak’ida imom Buxoriy k’uyidagilarni rivoyat k’iladi: Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir guruh sahobalari bilan Ukoz bozoriga borish uchun yo’lga chik’dilar. U paytda shaytonlar bilan osmon xabari orasi to’silib, ularga sho’’la otilayotgan edi. Shaytonlar o’z k’avmlari oldiga k’aytib kelishganda (k’avm): «Sizlarga nima bo’ldi?» deyishdi. Ular: «Biz bilan osmon xabari orasi to’silib, bizlarga sho’’la otildi», deyishdi. Ular: «Sizlar bilan osmon xabari orasini fak’at yangi ro’y bergan hodisa to’sishi mumkin. Endi Erning mashrig’iyu mag’ribini kezib, sizlar bilan osmon xabari orasini to’sgan narsa nima ekanini k’arab ko’ringlar» deyishdi. Tihoma* tomonga yo’lga chik’k’an shaytonlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamni uchratib k’olishdi, u zot Naxla*da o’z ashoblari bilan bomdod namozini o’k’iyotgan edilar. Ular K’ur’onni tinglab turishdi va: «Allohga k’asamki, sizlar bilan osmon xabari orasini to’sgan mana shudir», deyishdi. Ular k’avmlariga k’aytib borib: «Ey k’avm, bizlar ajoyib K’ur’onni eshitdik. U to’g’rilikka hidoyat k’iladi. Biz unga Iymon keltirdik va Robbimizga hech bir shirk keltirmaymiz», deyishdi. Shunda Alloh O’z Nabiyi sollallohu alayhi vasallamga: «Ayt, menga vahiy k’ilindiki…»* oyatini tushirdi. U zotga jinlarning o’sha so’zlari vahiy k’ilingan edi». * Tihoma — Arab yarimorolining K’izil dengizga tutash joylari nomi. U dengiz sohili bo’ylab cho’zilgan YAnbu’dan Najrongacha sohilbo’yi tekisliklaridan iborat. * Naxla — Makka bilan Toif o’rtasidagi joy nomi. * Jin surasi nazarda tutilmok’da. Jinlarning so’zlarini K’ur’onda hikoya k’ilinish bir k’ancha hikmatlarga ega: 1. O’sha paytlarda K’urysh kishilari va boshk’a arablar Islomni k’abul k’ilmay, K’ur’onga k’ulok’ solmay, bo’yintovlik k’ilayotgan edi. Bunda ularni ogohlantirish, koyish, ko’zlarini tezrok’ ochishlariga undov bor. chunki ular ishonmay, bo’yintovlik k’ilgani bilan Islomga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hech k’anday zarar etkaza olmaydilar, o’zlari yutk’azadilar. Allohning diniga U Zotninng boshk’a toifa bandalari — jinlar ham Iymon keltirishmok’da. Makka mushriklarning o’zlari jinlarni ulug’lab yurgan jinlar endi K’ur’onni tinglab, unga Iymon keltirmok’dalar. Holbuki, K’ur’on aslida arablarning tillarida nozil bo’layotgan edi. 2. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu bilan tasalli berish ham bor. Chunki u zot insonlarning iymonga kelmayotganidan tashvish chekib, ozor topayotgan edilar. «Ad-Durr al-mansur» kitobida aytilishicha, jinlarning ettitasi Nasibiyndan, k’olganlari Arab jazirasidagi jinlar bo’lgan.
Ibrohim alayhissalom (xarita)
1. Robbing fil sohiblarini nima k’ilganini bilmadingmi? 2. Ularning makru hiylasini zoe ketkazmadimi? 3. Va ularning ustiga to’p-to’p k’ushlarni yubormadimi? 4. Loydan pishirilgan toshlarni otadigan. 5. Bas, ularni k’urt eb tashlagan o’simlikka o’xshatib yubormadimi?
Fil surasi
Fil surasi mashhur Fil vok’easi hak’ida so’z yuritadi. Bu k’issani hamma yaxshi bilardi, hatto arablar tarixlarini ham ushbu hodisa bo’lib o’tgan yil bilan belgilashardi. K’issaning muxtasari k’uyidagicha: Habashiston (Efiopiya) YAmanni bosib olgandan so’ng, Habashiston podshosi YAmanga Abriha al-Ashram ismli shaxsni hokim etib tayinladi. Abriha barcha habashistonliklar k’atori nasroniy dinida edi. U YAman poytaxti San’o shahrida juda dabdabali, serhasham cherkov k’urdirib, unga al-K’aliys deb nom berdi. Arablarni Ka’badan burib o’z cherkoviga haj k’ildirmok’chi bo’ldi. Barcha urinishlari puchga chik’k’andan so’ng niyatiga kuch ishlatish yo’li bilan erishmok’chi bo’ldi. Ka’bani buzib tashlab hammani o’z cherkoviga burishni k’asd k’ildi. Shu mak’sada katta askar to’pladi, urushga kerak bo’ladigan barcha narsalarni oldi, arablarning k’albiga dahshat solish uchun ko’plab fillarni ham oldi va Makkaga k’arab yurdi. Yo’lda hech k’anday k’arshilikka uchramay Toif shahri tarafidan Makkaga yak’inlashib, al-Mig’las degan joyga askari bilan kelib tushdi. So’ngra Makkaga odam yuborib u erning ulug’ini olib kelishga buyurdi. U borib K’uraysh k’abilasi rahbari, ulug’i Abdulmuttalibni etaklab keldi. Abdulmuttalib gavdali, xushbichim, sersavlat, vik’orli odam edi. Abriha uni ko’rib k’oyil k’oldi va taxtidan tushib unga peshvoz chik’di. U bilan birga gilam ustida o’tirdi va tarjimonga: «So’ragin, menda nima hojati bor ekan?» dedi. Abdulmuttalib: «Askarlar mening ikki yuzta tuyamni haydab ketishibdi, shularni k’aytarib bersang» dedi. Abriha tarjimonga: «Unga ayt! Kelganingda seni ko’rib k’oyil k’olgan edim. So’zingni eshitib hafsalam pir bo’ldi, sening va ota-bobolaringning dini bo’lgan Ka’bani buzgani kelib turibman-u, sen uni so’ramay, o’zingning ikki yuzta tuyangni so’rayapsan» dedi. Abdulmuttalib: «Men tuyaning egasiman, Ka’baning ham o’z egasi bor, himoya k’ilib oladi» dedi. Abriha: «Mendan himoya k’ilolmas» dedi. Abdulmuttalib: «O’z bilganingni k’ilaver» dedi. Unga tuyalarini k’aytarib berishdi. Abdulmuttalib Makkaga k’aytib odamlarni tok’k’a chik’ib ketishga buyurdi. O’zi bir necha kishi bilan Ka’baga bordi va halk’asini ushlab turib, iltijo k’ilib duo k’ildi. So’ngra ular ham tok’k’a chik’ib ketishdi. Abriha askaru fillarini to’plab Ka’bani buzishga yurmok’chi bo’ldi. Lekin fillar yotib olib hech o’rinlaridan turmadi. Boshk’a tarafga burishsa fil tezlab bordi, lekin yana Makka tarafga burishsa, yotib olaverdi. Shu payt Allohning irodasi bilan to’p-to’p k’ushlar uchib kelib, dushmanlar ustidan tosh tashlay boshladi. U toshlar kimga tegsa shu joyida o’laverdi. Askar k’irildi. Abrihaning jasadi uzilib-uzilib tusha boshladi. Uni ko’tarib San’ogacha olib borishdi va o’sha erda vafot etdi. Alloh taolo bu surada barchaga o’z k’udratini va mo’’jizasini eslatmok’da. Kimki Allohga, Uning diniga k’arshi chik’sa, ok’ibati nima bo’lishini eslatmok’da.
Fil vok’easi (xarita) Idris alayhissalom (xarita)
Idris alayhissalom nomi K’ur’oni karimda ikki marta zikr k’ilingan. K’ur’oni Karimda zikr k’ilingan payg’ambarlarning Odam Atodan keyingi eng k’adimgilari Idris alayhissalomdir. Alloh taolo u zot hak’larida Maryam surasida marhamat k’ilib aytadi: «Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddik’ va nabiy bo’lgan edi. Va uni oliy mak’omga ko’tardik» (56–57-oyatlar). Shuningdek, Anbiyo surasida: «Va Ismoil, Idris va Zul Kiflni esla. Ularning har biri sabr k’ilguvchilardandir. Va ularni O’z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir», deydi (85–86-oyatlar). K’ur’oni Karimda Idris alayhissalom hak’larida bundan boshk’a ma’lumot yo’k’. Ushbu zikr etilgan oyati karimalarda Idris alayhissalomning bir necha sifatlari zikr k’ilinmok’da: 1. Siddik’lik. 2. Nabiylik. 3. Oliy mak’om sohibligi. 4. Sabr k’iluvchilik. 5. Allohning rahmatiga kirish. 6. Solihlik. Tarixchilarning ta’kidlashlaricha, Idris alayhissalomning nasablari Odam alayhissalomning o’g’illari Shiys alayhissalomga etib boradi. U kishining otalarining ismi YOrid, bobolarining ismi Mahloil bo’lgan. U zotga, Odam va Shiys alayhissalomlardan keyin, uchinchi bo’lib, payg’ambarlik berilgan. Mashhur tarixchilarimizdan Ibn Ishok’ rahmatullohi alayhining ta’kidlashlaricha, Idris alayhissalom k’alam bilan yozuv yozgan birinchi odamdir. Ulamolarning rojih gaplariga k’araganda, Idris alayhissalom Bobilda tavallud topganlar. Avval Shiys alayhissalomda bo’lgan ilmni o’rganganlar. Keyinchalik Alloh taolo u zotga payg’ambarlikni bergan. U zot nabiy bo’lganlaridan keyin kishilarni Odam va Shiys alayhissalomlar shariatiga da’vat k’ilganlar. U zotning da’vatlarini ozchilik k’abul k’ilib, ko’pchilik k’abul k’ilmagan. Shunda u zot o’zlariga ergashganlar bilan Bobilni tark etib hijratga chik’k’anlar. U kishi o’z hijratlari uchun Misrni tanlaganlar. Misrda turgan pytlarida odamlarni dinga da’vat k’ilganlar. Idris alayhissalom birinchi bo’lib madaniy ishlarni yo’lga k’o’yganlar, odamlarga madaniyatga oid ishlarni, k’onun-k’oidalarni o’rgatganlar. U zotning davrlarida 188 ta shahar k’urilgan ekan. Idris alayhissalom o’z hikmatlari ila mashhur bo’lganlar. Roviylar Idris alayhissalomdan asar bo’lib k’olgan ba’zi hikmatlarni ham keltiradilar: «Dunyoning yaxshisi hasratdir. YOmoni nadomatdir». «Baxtiyor o’ziga nazar solgan kishidir. Uning Robbisi huzuridagi shafoatchisi amali solihidir». «Sabr Iymon ila bo’lsa zafar keltiradi». Idris alayhissalomning er yuzidagi istik’omatlari sakson ikki yil bo’lgan. Undan so’ng Alloh taolo u zotni O’ziga ko’targan.
Odam alayhissalom (xarita)
Odam alayhissalom K’ur’oni Karimda 25ta oyatda 25 marta zikr k’ilingan:
Sura
Oyatlar
Bak’ara
31, 33, 34, 35, 37
Oli Imron
33, 59
Moida
27
A’rof
11, 19, 26, 27, 31, 35, 172
Isro
61,70
K’ahf
50
Maryam
58
Toho
115, 116, 117, 120, 121
Yasin
60
Esla, vak’tiki Robbing farishtalarga: «Men er yuzida xalifa k’ilmok’chiman», – dedi. Ular: «Unda buzg’unchilik k’iladigan, k’on to’kadigan kimsani k’ilmok’chimisan? Holbuki, biz Seni hamding ila poklab yod etib va Seni ulug’lab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaydigan narsalarni bilaman», – dedi. 31. Va U Odamga ismlarning barchasini o’rgatdi, so’ngra ularni farishtalarga ko’rsatib: «Agar rostgo’ylardan bo’lsangiz, manavilarning ismlarini menga aytib beringchi», – dedi. 32. Ular: «O’zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshk’a ilm yo’k’. Albatta, Sening O’zing Aliym va Hakiymsan», – dedilar. 33. «Ey Odam, ularga bularning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga o’shalarning ismlarini aytib bergan chog’ida, «Men sizlarga osmonlaru erning g’aybini bilaman va sizlar oshkor k’iladigan narslarni ham, berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi. 34. Esla, vak’tiki farishtalarga: «Odamga sajda k’ilinglar!» – dedik, bas, sajda k’ildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik k’ildi va kofirlardan bo’ldi. 35. Va: «Ey Odam, sen o’z jufting ila jannatni maskan tut. Unda xohlagan joyingizda bemalol englar va mana bu daraxtga yak’inlashmanglarki, u holda zolimlardan bo’lib k’olasizlar», – dedik. 36. Shayton ularni undan toydirdi va bo’lgan narsalaridan chik’ardi. Va Biz: «Bir-biringizga dushman bo’lib tushinglar, sizlarga er yuzida k’arorgoh va ma’lum vak’tgacha bahramandlik bordir», – dedik. 37. Bas, Odam o’z Robbidan so’zlarni k’abul k’ilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini k’abul k’ildi. Albatta, U Tavvob va Rohiymdir. 38. Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelsa, o’shanda kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo’k’ va ular mahzun ham bo’lmaslar», – dedik.
Bak’ara surasi, 30-38
Batahk’ik’, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu k’aror topmadik. 116. Biz farishtalarga: «Odamga sajda k’iling», deganimizda, ular sajda k’ildilar. Magar iblis bosh tortdi. 117. Bas, Biz: «Ey Odam, albatta, bu senga va juftingga dushmandir. YAna, u ikkovingizni jannatdan chik’arib, badbaxt bo’lib k’olmagin. 118. Albatta, sen u erda och-yalang’och k’olmassan. 119. Albatta, sen u erda tashna ham bo’lmaysan, issik’da ham k’olmassan», dedik. 120. Bas, shayton uni vasvasa k’ildi. U: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni ko’rsataymi?» – dedi. 121. Bas, ikkovlari undan edilar. Keyin, avratlari o’zlariga ochilib k’olib, o’zlarini jannat barglari bilan to’sa boshladilar. Odam Robbiga osiy bo’ldi va yo’ldan ozdi. 122. So’ngra, Robbi uni tanlab oldi, bas, tavbasini k’abul k’ildi va hidoyatga boshladi. 123. U: «Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing. Agar men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt bo’lmas.
Toho surasi, 115-123
«Ad-Durr al-munsur» kitobida yozilishida va Ibn Asokir nak’l k’ilishcha, Ibn Abbos roziyallohu anhumodan Odam va Havvo jannatdan chik’arilganda Er yuzining k’aysi mintak’asiga tushgani hak’ida bir necha nak’l bor: Odam va Havvo Makka bilan Toif o’rtasidagi Dajna degan joyga tushgan; Odam Safo tog’iga, Havvo Marva tog’iga tushgan. Bu ikki tog’ ham Makka shahrida hozirgi Haram hudida joylashgan. Odam Hind diyoriga, Havvo Jidda shahriga tushgan. Odam Havvoni istab, uni Makka shahridagi Muzdalifada topgan. Shu bois, uni Jam’ deb ham ataladi. Chunki Odam va Havvo shu erda jamlangan, uchrashgan. Uning Muzdalifa (yak’in kelib, mulozamat k’ilinadigan joy) deb nomlanishi esa Havvoning Odamga yak’in kelib, unga mulozamat k’ilgani uchundir. Tabaroniy, Abu Nuaym va Ibn Asokirlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat k’ilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam alayhissalom Hindistonga tushgan», deganlar. Imom Tabaroniy Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat k’iladi: «Alloh Odamni tushirganda Hind eriga tushirgan. U keyin Makkaga kelgan. So’ngra Shomga borib, o’sha erda vafot etgan». Bu borada kelgan nak’llarni birlashtirganda k’uyidagicha xulosa chik’adi: Odam alayhissalom jannatdan chik’arilgach, Hindiston hududiga, Sarandib (Saylon) oroliga, Bavz nomli tok’k’a tushgan. Ibn Battuta o’z safari hak’ida shunday deydi: «Men o’sha orolga (Saylonga) etib borganimdan boshlab mak’sadim fak’at ulug’ k’adamjo — Odam alayhissalomning k’adamjosini ziyorat k’ilish bo’ldi. U erdagilar uni «Bobo» deb, Havvoni «Momo» deb atashadi…» Manbalarda ushbu k’adamjo ziyoratiga birinchi bo’lib yo’l ochgan kishi buyuk mutasavvif olim, shofe’iy mazhabining fak’ihlaridan Abu Adulloh ibn Xafif Sheroziy deb keltiriladi. Odam alayhissalomning k’abri hak’ida bir nechta taxminlar bor: Abu K’ubays tog’i yon bag’rida. Hindistondagi o’zi tushgan Bavz tog’ida. Nuh alayhissalom to’fondan keyin u kishining jasadlarini Baytul-Mak’disga ko’chirgan. Ibn Jarir Tabariy, Ibn Asir, YA’k’ubiylar ta’kidlashlaricha, Alloh taolo Odam alayhissalomni mag’firat k’ilgandan so’ng u kishini Jabroil alayhissalom arafot tog’iga olib borib, haj ibodati k’onun-k’oidalarini o’rgatgan. Keyin Odam alayhissalom Makkai Mukarramada istik’omat k’ilgan va hozirgi Haramning shark’iy tomonida, Safo tog’i tog’iga tutashgan Abu K’ubays degan tok’k’a dafn k’ilingan. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat k’ilingan hadisda aytilishicha, Abu K’ubays tog’i Alloh taolo Er yuzida yaratgan birinchi tog’ hisoblanadi. Uning balandligi 420 metr.
Odam alayhissalomning ikki o’g’li
Odam alayhissalomning ikki o’g’li hak’idagi k’issa Moida surasining 27-31 oyatlarida keladi. «Ularga Odamning ikki o’g’li xabarini hak’ ila tilovat k’ilib ber. O’shanda ikkovlari k’urbonlik k’ildilar, bas, birlaridan k’abul k’ilindi, boshk’asidan k’abul k’ilinmadi. U: «Albatta, men seni o’ldirajakman», – dedi. (Nargisi) aytdiki: «Albatta, Alloh tak’vodorlardangina k’abul k’iladir. Agar sen meni o’ldirish uchun menga k’o’l cho’zsang ham, men seni o’ldirish uchun senga k’o’l cho’zuvchi emasman. Men, albatta, olamlarning Robbi Allohdan k’o’rk’aman. Men, albatta, mening ham gunohimni, o’zingning ham gunohingni olib ketib, natijada do’zax ahlidan bo’lishingni xohlayman. Ana o’sha zolimlarning jazosidir». Nafsi unga birodarini o’ldirishni engil ko’rsatdi. Bas, uni o’ldirdi. Shu sababdan ziyon ko’rganlardan bo’ldi. Alloh er kovlaydigan k’arg’ani unga birodarining jasadini k’anday ko’mishini ko’rsatish uchun yubordi. U: «Sho’rim k’ursin! Mana shu k’arg’achalik bo’lib, birodarim o’ligini ko’ma olmadim-a?!» – dedi. Bas, u nadomat k’iluvchilardan bo’ldi». (Moida, 27-31). Odam alayhissalomning ushbu ikki o’g’lining ismlari hak’ida tafsirlarda turli ma’lumotlar keltirilgan. Ularning ichida eng mashhuriga ko’ra, ularning ismlari K’obil va Hobil bo’lgan. Ammo bu borada kelgan xabarlarning barchasi ham tafsir ma’nosida aytilgan ijtihodiy fikrlardir. Odam alayhissalomning ikkita o’g’illari Alloh yo’lida k’urbonlik k’ildilar. Ularning biridan k’urbonligi k’abul k’ilindi, ikkinchisiniki k’abul k’ilinmadi. Shunda k’urbonligi k’abul k’ilinmagani o’z birodariga hasad k’ilib, uning joniga tajovuz k’ildi. Ammo u g’azab ustida k’ilgan ushbu ishidan keyin pushaymon bo’ldi, ammo buning foydasi bo’lmadi. U o’z k’ilmishidan nadomat chekkancha YAman tomonga yo’l oldi. Tabariy keltirishicha, u otasi Odam alayhissalomdan k’o’rk’ib YAmanga k’ochib ketgan. Tadk’ik’otchilarning ta’kidlashlaricha, ushbu hodisa Makka shahrida ro’y bergan. Chunki Odam alayhissalom va Momo Havvo shu joyda istik’omat k’ilishardi. Damashk’ yuk’orisidagi K’osiyun tog’idagi «K’on g’ori» deb nomlangan mashhur g’or bor. Omma xalk’ orasida Odam va Havvo shu tog’da istik’omat k’ilgan va mazkur hodisa ushbu g’orda bo’lgan degan gap yuradi. Damashk’dagi Barada vodiysi yuk’orisdagi Musharraf tog’ida 15 metr uzunlikdagi bir k’abr bor. Ba’zilar u erda Hobil dafn k’ilingan deyishadi.
Uhud g’azoti (xarita)
152. Batahk’ik’, Alloh va’dasi ustidan chik’di. Siz Uning izni bilan ularni k’ira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr hak’ida ixtilof k’ilib va siz suygan narsani ko’rsatganidan so’ng isyon k’ilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So’ngra sizlarni imtihon k’ilish uchun ulardan burdi. Batahk’ik’, sizni afv etdi. Alloh mo’minlarga fazl egasi bo’lgan zotdir. Payg’ambar alayhissalom jang boshlanishidan oldin musulmonlarga: «Agar sabr k’ilsalaringiz, nusrat sizlar bilan», deb aytgan edilar. Bu Alloh taoloning O’z Payg’ambari tilidan bergan va’dasi edi. Uhud jangi boshlangach, avval boshda: «Batahk’ik’, Alloh va’dasi ustidan chik’di. Siz Uning izni bilan ularni k’ira boshladingiz». Mushriklar ichidan k’atl etilganlar ko’payib ketdi. Ular sarosimaga tushib, tumtarak’ay k’ocha boshladilar. Ork’a-oldilariga k’aramay, hamma narsani tashlab k’ochishardi, har kim o’zi bilan o’zi bo’lib k’oldi. Hattoki bayrok’lari ham k’o’ldan tushdi. Bir ayol keskin kelib bayrok’ni ko’tirmaguncha, hech kim unga k’aramadi. Bu hol: «Toki zaiflashib, amr hak’ida ixtilof k’ilib va siz suygan narsani ko’rsatganidan so’ng isyon k’ilguningizcha» davom etdi». Kamonchilar mushriklardan k’olgan o’ljalarni ko’rib, nafslari zaiflashib, Payg’ambar alayhissalomning: «Joyingizni aslo tark etmang!», degan amri hak’ida ixtilof k’ila boshladilar. Ba’zilari: «Mushriklar engilib bo’ldi. Bu erda nima k’ilib turibmiz?! Kelinglar, biz ham jang maydoniga kirib, boshk’alar k’atori o’ljadan olaylik», dedilar. Kamonchilarning amiri Abdulloh ibn Jubayr boshlik’ o’ntacha nafari esa: «Rasululloh alayhissolatu vassalomning amriga xilof k’ilmanglar!» dedilar. Va nihoyat, ular suygan narsani, ya’ni, g’alaba va nusratni Alloh ularga ko’rsatgandan so’ng isyon k’ildilar, joylarini tark etib, o’lja yig’ishga kirishib ketdilar. Shu payt Xolid ibn Valid boshlik’ otlik’ mushriklar ular tashlab ketgan joydan bostirib keldilar va musulmonlar k’urshovda k’oldilar. Mulohaza k’ilish lozimki, aslida sustlashgan, ixtilof va isyon k’ilganlar kamonchilardir. Ular ozchilik bo’lsalar ham, k’ilgan ishlari hammaga nisbat berilmok’da. Demak, bir guruh odamlardan sodir bo’lgan nok’ulaylik hammaga ta’sir etar ekan. Shuning uchun hamma birdek tarbiya k’ilingan bo’lishi kerak. Keyingi jumlada mazkur isyonning kelib chik’ish sababi bayon k’ilinmok’da: «Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor». «Dunyoni xohlaydigan kimsalar»–joylarini tark etib, o’lja yig’ishga kirishib ketgan kamonchilar. «Oxiratni xohlaydigan kimsalar»–joylarida sabot bilan turib jang k’ilganlar. Umumiy ma’no shuki: Alloh taolo siz o’zingiz sustlashib, ixtilof k’ilib, isyon k’ilguningizcha va’dasining ustidan chik’ib turdi, keyin esa, u sanalgan sabablarga ko’ra: «So’ngra sizlarni imtihon k’ilish uchun ulardan burdi». YA’ni, sizdan yordamini oldi, ulardan ustun kelishingizni to’xtatdi. Bu ishni sizni imtihon k’ilish, sinash uchun k’ildi. «Sizlarni ulardan burdi», ya’ni, urushib turgan musulmonlar burilib k’ocha boshladilar. Uhud jangida g’olib kelib turgan musulmonlar birdan mag’lubiyatga uchrashlari isyon, sustkashlik va Payg’ambar alayhissalomning amrlariga xilof k’ilish ok’ibatida yuzaga keldi. Holbuki, Badr g’azotida musulmonlar sonlari, k’urollari oz bo’lsa ham, g’olib kelgan edilar. Bu esa, o’z navbatida, Allohning mo’minlarga nusrat berishiga va’dasi mo’minlarning Allohning amriga to’lik’ amal k’ilishlariga bog’lik’ ekanligini ko’rsatadi. «Batahk’ik’, sizni afv etdi». Bas, Alloh taolo sizning sustkashligingizni, zaifligingizni va isyoningizni afv etdi. «Alloh mo’minlarga fazl egasi bo’lgan zotdir». Ularning gunohlarini kechishi ham, U zotning fazlidandir. Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf hazratlarining «Olamlarga rahmat payg’ambar» kitoblaridan: Ma’lumki, mushriklar bilan bo’lib o’tgan Badr urushida musulmonlar oz sonli bo’lishlariga k’aramay, to’la g’alaba k’ozongan edilar. Bu urush xuddi mo’’jizadek bo’lgan edi. Unda musulmonlar K’uraysh k’abilasining kufrning boshida turgan a’zolarini o’z k’o’llari bilan o’ldirgan edilar. Badr urushida rahbarlaridan ajrab k’olgan K’uraysh k’abilasiga Abu Sufyon ibn Harb boshlik’ bo’lib k’oldi. U odamlarini musulmonlardan o’ch olishga chak’ira boshladi. Bu orada K’urayshning butun boshli bir karvoni musulmonlar k’o’liga tushish arafasida bazo’r k’utulib k’oldi. Shunda mushriklar o’sha karvondagi hamma molu mulklarini musulmonlarga k’arshi urushga sarflashga ahd k’ilishdi. Abu Sufyon K’urayshdan va K’uraysh bilan shartnoma tuzganlardan hamda Ahbosh degan joyda ahdlashilgani uchun «Ahobiysh» nomi bilan mashhur bo’lgan arablardan jami uch mingtacha odam to’pladi. Hijratning uchinchi yili Shavvol oyida mushriklar lashkari yo’lga chik’di. K’ochib ketishlarning oldini olish va shijoatlantirib turish uchun xotinlarini ham o’zlari bilan birga olib chik’dilar. Ular Madinai Munavvaraga k’arab yurib kelib, Uhud tog’i yak’iniga tushdilar. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissolatu vasallam sahobalar bilan dushmanga k’arshi chik’ish kerakmi yoki Madinadan chik’may turish yaxshimi, masalasida maslahat k’ildilar. U zotning o’zlarining fikrlaricha, Madinadan chik’masdan, to’sik’lar hosil k’ilib turish, agar dushman bostirib kirsa, tor ko’chalarga kiraverishda urush k’ilish, ayollar esa, uylarning ustidan yordam berishlari kerak edi. Bu fikrga munofik’larning boshlig’i Abdulloh ibn Ubay ham k’o’shildi. Lekin Badr urushida k’atnasha olmay k’olgan ko’pchilik sahobalar, aynik’sa, yoshlar k’arshi chik’ishni so’rab mahkam turib oldilar. Ko’pchilikning fikri shu bo’lib ko’rindi. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ming nafar sahoba bilan chik’dilar. Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuga Madinada k’olganlarga jamoat namozini o’k’ib berib turishni buyurdilar. Madinadan chik’ib, Uhudga k’arab ketayotganlarida, munofik’larning boshlig’i Abdulloh ibn Ubay: «Mening gapimni k’o’yib, yosh bolalarning gapini k’ilyapti», deb askarlarning uchdan birini olib k’aytib ketdi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning otalari Abdulloh ibn Harom roziyallohu anhu ularning ortidan borib, k’aytarishga urindilar: «Kelinglar, Allohning yo’lida urush k’ilinglar!» deb k’istadilar. Ular bo’lsa: «Sizlar urush k’ilishingizni bilganimizda, k’ayt¬mas edik», deyishdi. Abdulloh ibn Harom ularni so’kib ork’asiga k’ayt¬di. Ansoriylardan birlari shartnoma tuzgan yahudiylardan yordam so’rashni taklif etdi. Rasululloh alayhissalom ko’nmadilar. Iymon bilan kufr orasida urush bo’lib turganda, yahudiylardan yordam so’rab bo’larmidi?! Yo’lda Payg’ambar alayhissalom: «Kim bizni ularga yak’in joydan boshlab chik’a oladi?» dedilar. Ansoriylardan bir kishi vodiyning bir tarafidan boshlab, Uhud tog’iga yak’in joydan olib chik’di. Uhud tog’iga ork’alarini k’ilib joylashdilar. Payg’ambar alayhissalom, amr bermagunlaricha, hech kim urush k’ilmasligini tayinladilar. Bu ishlar juma kuni kechki payt bo’ldi. Shanba kuni ertalabdan Payg’ambar alayhissalom etti yuz kishini urushga tayyorlay boshladilar. Ellikta otlik’, ellikta kamonchi bor edi. Ularga Abdulloh ibn Jubayr roziyallohu anhuni boshlik’ etib tayinladilar. U kishiga va askarlariga egallab turgan joylaridan jilmaslikni amr k’ildilar: «Agar k’ushlar kelib askarni olib k’ochayotganini ko’rsangiz ham, joyingizni tark etmang», deb ta’kidladilar. Ular musulmonlar askarining ork’a tomonini k’o’rik’lashlari kerak edi. Kamonchilarga mushriklarni musulmonlar ortidan keltirmay kamondan o’k’k’a tutib turishni topshirdilar. Rasululloh alayhissolatu vasallam ikkita sovutda chik’dilar. Bayrok’ni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. Bir k’anotga Zubayr ibn Avvomni, ikkinchi k’anotga Munzir ibn Amrni boshlik’ k’ildilar. JANG Musulmonlar shiddatli jang k’ildilar. Aynik’sa, Abu Dujona Ansoriy, Tolha ibn Ubaydulloh, Hamza ibn Abdulmuttolib, Ali ibn Abu Tolib, Nazr ibn Anas, Sa’d ibn Robe’lar katta jasorat ko’rsatdilar. Kunning birinchi yarmida musulmonlar kofirlarga g’olib kelishdi. Mushriklarning boshlik’laridan etmish kishi k’atl etildi. Ular engilib, ortga k’arab k’ocha boshladilar. K’ochib-k’ochib ayollari turgan joygacha bordilar. Ayollar ham k’ochishga tayyorlanib, kiyimlarini yig’ishtira boshladilar. KAMONChILAR Mushriklarning engilib k’ochayotganini ko’rgan kamonchilar, Payg’ambar alayhissalom k’imirlamay turishni tayinlab k’o’ygan joylarini tashlab ketdilar. Ular bir-birlariga: «K’aranglar, o’lja, o’lja!» deb k’ichk’irishdi. Amirlari Payg’ambar alayhissalomning shartlarini eslariga solsa ham, ko’nmadilar. Mushriklar batamom engilib bo’ldi, deb gumon k’ilib, o’lja yig’ishga kirishib ketdilar va Uhud tomonni ochik’ k’oldirdilar. ORTDAN HUJUM Shu payt Xolid ibn Valid fursatni g’animat bilib, mushriklarning otlik’larini xuddi o’sha erga boshladi. U erdan o’tib musulmonlarning ork’a tomonlaridan bostirib kirdi. Xolid ibn Valid boshlik’ otlik’lar musulmonlar ustiga bostirib kelganini ko’rgan k’ochib ketayotgan mushriklar ham o’zlarini o’nglab, yana urush maydoniga yuzlandilar. Natijada musulmonlar k’urshovda k’oldilar. Hamma narsa teskarisiga aylanib, musulmonlar engila boshladilar. Ularning safida sarosima boshlandi. K’o’rk’uv hukm surib, tartibsizlik boshlandi. Bunday bo’lishini hech kim kutmagan edi. Musulmonlar ichida shahidlar ko’paydi. Mushriklar Payg’ambarimiz alayhissalom tomonga hujum boshladilar. U zot oz sonli kishilar himoyasida edilar. Ularning ham ko’pi o’z Payg’ambarlarining himoyasida mardonavor jang k’ilib, shahid bo’ldilar. Oli Imron surasining oxiridagi oyatlarning aksarida Uhud tog’i oldida bo’lib o’tgan vok’ealar zikr k’ilingan. 120. Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon bo’ladir. Sizlarga mu-siybat etsa, ular xursand bo’larlar. Agar sabr va tak’vo k’ilsangiz, ularning makri sizga hech zarar k’ilmas. Albatta, Alloh k’ilayotgan ishlarini ihota k’ilguvchidir. 121. Ahlingdan ertalab chik’ib, mo’minlarni urush joylariga turg’izganingni esla! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir. 122. Sizlardan ikki toifa k’o’rk’ib zaiflashmok’chi bo’lganini esla! Alloh ularning valiysidir. Mo’minlar fak’at Allohning O’ziga tavakkal k’ilsinlar. 123. Batahk’ik’, Badrda oz bo’lsalaringiz ham, Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga tak’vo k’iling, shoyadki, shukr k’ilsangiz. 124. Mo’minlarga: «Sizga Robbingiz tushirilgan uch ming fa-rishtalar ila madad bermog’i kifoya k’ilmasmi?!» deganingni esla! 125. «Ha (kifoya k’iladir)! Agar sabr va tak’vo k’ilsangiz, ular shu payt kelib k’olsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir». 126. Alloh buni fak’at sizga suyunchilik va k’albingiz taskin topishi uchungina k’ildi. Aslida, nusrat aziz va hakim Allohning huzuridandir. 127. Kufr keltirganlarning bir tarafini kesish uchun yoki xorlash uchun, toki, noumid bo’lib k’aytsinlar. 128. Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini k’abul k’ilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir. 129. Osmonlaru erdagi narsalar Allohnikidir. Xohlagan ki-shini mag’firat k’iladir va xohlagan kishini azoblaydir. Alloh gunohni mag’firat k’iluvchi va rahimli Zotdir. 130. Ey, Iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar k’ilib emang. Allohga tak’vo k’iling, shoyadki, najot topsangiz. 131. Va kofirlar uchun tayyorlab k’o’yilgan olovdan k’o’rk’ing. 132. Allohga va Rasuliga itoat eting. Shoyadki, rahm k’ilinsangiz. 133. Robbingizdan bo’lgan mag’firatga va kengligi osmonlaru ercha bo’lgan, tak’vodorlar uchun tayyorlab k’o’yilgan jannatga shoshiling. 134. Ular engillikda ham, og’irlikda ham nafak’a k’iladiganlar, g’azabini yutadiganlar va odamlarni avf k’iladiganlardir. Alloh yaxshilik k’iluvchilarni yok’tiradir. 135. Va ular fohisha ish yoki o’zlariga zulm k’ilgan chog’larida Allohni eslab, gunohlarini mag’firat k’ilishni so’rarlar, gu-nohlarini Allohdan o’zga kim ham mag’firat k’ilardi? Va ular bilib turib, k’ilgan gunohlarida bardavom bo’lmaslar. 136. Ana o’shalarning mukofotlari — Robbilaridan bo’lgan mag’-firat va ostidan anhorlar ok’ib turgan jannatlar bo’lib, ular unda abadiy k’olurlar. Amal k’iluvchilarning ajri k’anday ham yaxshi! 137. Sizdan oldin sunnatlar k’olgan. Bas, er yuzida yurib yolg’onga chik’aruvchilarning ok’ibati k’anday bo’lganiga nazar solinglar. 138. Bu, odamlar uchun bayon va tak’vodorlar uchun hidoyat va mav’izadir. 139. Bo’shashmanglar! Xafa bo’lmanglar! Sizlar, agar mo’min bo’lsalaringiz, ustunsizlar. 140. Agar sizga jarohat etgan bo’lsa, u k’avmga ham shunga o’xshash jarohat etgan. Bunday kunlarni odamlar orasida aylantirib turamiz. Toki, Alloh Iymon keltirganlarni bilishi uchun va ulardan shahidlarni chik’arib olishi uchun. Va Alloh zolimlarni sevmas. 141. Toki, Alloh mo’minlarni poklashi va kofirlarni halok k’ilishi uchun. 142. YOki Alloh sizlardan jihod k’ilganlarni bilmasdan va sabrlilarni bilmasdan turib, jannatga kiraveramiz, deb hisoblaysizmi?! 143. Duchor bo’lmasingizdan oldin o’limni orzu k’ilgan edingiz. Endi uni ko’rib, nazar solib turibsiz. 144. Muhammad ham bir Payg’ambar, xolos. Undan avval ham Payg’ambarlar o’tgan. Agar u o’lsa yoki k’atl k’ilinsa, ork’angizga k’aytasizmi?! Kimki ork’asiga k’aytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr k’iluvchilarni mukofotlar. 145. Hech bir jon Allohning iznisiz o’lmas. Bu yozilgan ajaldir. Kim bu dunyoning savobini xohlasa, unga o’shandan berurmiz. Kim oxiratning savobini xohlasa, unga o’shandan berurmiz. Va shukr k’iluvchilarni mukofotlarmiz. 146. K’anchadan k’ancha Payg’ambarlar bilan birga ko’plab rob-boniylar jang k’ilganlar. Ular Alloh yo’lida etgan musiybatdan bo’shashmaganlar, zaiflashmaganlar va bo’ysunmaganlar. Alloh sabrlilarni sevadir. 147. Ular: «Ey Robbimiz! Bizning gunohlarimiz va ishimizdagi isrofimizni O’zing kechirgin, sobitk’adam k’ilgin va kofir k’avmlar ustidan bizga nusrat bergin», degan gapdan o’zga gapni aytmaganlar. 148. Bas, Alloh ularga bu dunyo savobini va oxiratning go’zal savobini berdi. Alloh go’zal amal k’iluvchilarni sevadir. 149. Ey, Iymon keltirganlar! Agar kufr keltirganlarga itoat k’ilsangiz, ork’angizga k’aytarurlar. Bas, ziyon ko’rguvchilarga aylanib k’olursiz. 150. Yo’k’! Alloh xo’jangizdir. Va U yordam beruvchilarning yax-shisidir! 151. Tezda kufr keltirganlarning k’albiga, Allohga hujjatsiz narsani shirk keltirganlari uchun, k’o’rk’uvni solurmiz. Ularning k’arorgohi do’zaxdir. Zolimlarning joyi k’anday ham yomon! 152. Batahk’ik’, Alloh va’dasi ustidan chik’di. Siz Uning izni bilan ularni k’ira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr hak’ida ixtilof k’ilib va siz suygan narsani ko’rsatganidan so’ng, isyon k’ilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So’ngra, sizlarni imtihon k’ilish uchun ulardan burdi. Batahk’ik’, sizni afv etdi. Alloh mo’minlarga fazl egasi bo’lgan Zotdir. 153. Payg’ambar ortingizdan chak’irib tursa ham hech kimga k’aramay tirk’irab k’ochganingizni eslang. O’tgan narsaga va etgan musiybatga xafa bo’lmasligingiz uchun sizga g’am ustiga g’am berdi. Alloh k’ilayotgan amallaringizdan xabardor Zotdir. 154. So’ngra, g’amdan keyin sizdan bir toifangizni k’amrab olgan mudrok’ni omonlik k’ilib tushirdi. Boshk’a toifa esa, o’zi bilan ovora bo’lib, Alloh hak’ida nohak’, johiliyat gumonini k’ilib: «Bizning k’o’limizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor k’ilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar k’o’limizda bir ish bo’lganida, bu erda k’atl k’ilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda bo’lsangiz ham, k’atl bo’lish tak’dirida yozil-ganlar o’z o’lim joylariga chik’ar edilar. Bu, Alloh ko’ksingizdagi narsani sinashi va k’albingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko’ksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt. 155. Ikki to’p to’k’nashgan kuni sizlardan yuz o’girib k’ochganlarni ba’zi k’ilgan ishlari tufayli shayton yo’ldan urdi, xolos. Batahk’ik’, Alloh ularni afv k’ildi. Albatta, Alloh mag’firatli va rahimli Zotdir. 156. Ey, Iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va er yuzida yurgan va g’oziy bo’lgan birodarlari hak’ida, agar bizning huzu-rimizda bo’lganlarida o’lmas edilar va k’atl k’ilinmas edilar, deydiganlarga o’xshamang. Buni Alloh k’alblarida hasrat k’ilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va o’ldirur. Alloh k’ilgan amallaringizni ko’ruvchi Zotdir. 157. Garchi Alloh yo’lida k’atl k’ilinsangiz ham yoki o’lsangiz ham, Allohdan bo’ladigan mag’firat va rahmat ular jamlaydigan narsadan yaxshidir. 158. Garchi o’lsangiz ham yoki k’atl k’ilinsangiz ham, albatta, Alloh huzurida yig’ilursiz. 159. Allohning rahmati ila ularga muloyim bo’lding. Agar k’o’pol, k’albi k’attik’ bo’lganingda, atrofingdan tark’ab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig’for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat k’il. Azmu k’aror k’ilganingdan so’ng Allohga tavakkal k’il. Albatta, Alloh tavakkal k’iluvchilarni sevadir. 160. Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g’olib keluvchi yo’k’. Agar sizni tashlab k’o’ysa, Undan o’zga kim ham yordam berar edi. Mo’minlar fak’at Allohgagina tavakkal k’ilsinlar. 161. Payg’ambarga xiyonat hech to’g’ri kelmas. Kimki xiyonat k’ilsa, k’iyomat kuni xiyonat k’ilib olgan narsasi bilan keladir. So’ngra, har bir jon kasbiga yarasha to’lik’ oladir. Ularga zulm k’ilinmas. 162. Allohning roziligini izlagan odam Allohning g’azabiga duchor bo’lgan va borar joyi jahannam bo’lgan odamga o’xsharmidi! Va u k’anday ham yomon joy! 163. Ularning Allohning huzuridagi darajalari turlicha. Alloh k’ilayotgan amallarini ko’rib turuvchi Zotdir. 164. Batahk’ik’, Alloh mo’minlarga o’zlaridan Payg’ambar yuborib, ne’mat berdi. U ularga Allohning oyatlarini tilovat k’ilib beradir, ularni poklaydir, kitob va hikmatni o’rgatur. Garchi oldin ochik’-oydin adashuvda bo’lsalar ham. 165. Sen:«Sizga musiybat etgan paytda, holbuki, o’zingiz ham ikki baravarini etkazgan edingiz, bu k’aerdan, deysizmi?! Bu o’zin-gizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga k’odirdir. 166. Ikki jamoa to’k’nashgan kuni sizga musiybat Allohning izni bilan va mo’minlarni bilish uchun. 167. Va munofik’lik k’ilayotganlarni bilish uchun etdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yo’lida urush k’ilinglar yoki mudofaa k’ilinglar», deyildi. Ular «Agar jang bo’lishini anik’ bilsak, sizga ergashardik»,-dedilar. Ular o’sha kunda iymondan ko’ra kufrga yak’inrok’ edilar. Tillari bilan dillarida yo’k’ narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir. 168. 168. Ular o’z birodarlariga va (urushga chik’may) o’tirganlarga: «Agar bizga itoat k’ilganlarida k’atl k’ilinmas edilar», — deyishdi. Sen: «Agar gapingiz rost bo’lsa, o’zingizdan o’limni k’aytarib ko’ring-chi», deb ayt. 169. Allohning yo’lida k’atl bo’lganlarni o’liklar deb hisob-lamanglar. Balki, ular-tirik, Robbilari huzurida rizk’lanmok’dalar. 170. Ular Alloh Uz fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan o’zlariga k’o’shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo’k’ligining hamda xafa ham bo’lmasliklarining xushxabarini bermok’dalar. 171. Ular Allohdan bo’lgan ne’mat va fazlning hamda, albatta, Alloh mo’minlarning ajrini zoe k’ilmasligining xushxabarini bermok’dalar. 172. Ular jarohat etgandan keyin ham Alloh va Payg’ambar chak’irig’iga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va tak’vo k’ilganlariga ulug’ ajrlar bordir. 173. Ularga kishilar: «Albatta, odamlar sizga k’arshi kuch to’pladilar, ulardan k’o’rk’inglar», deganda, iymonlari ziyoda bo’ldi va: «Bizga Allohning O’zi etarli va U k’anday ham yaxshi vakil»,-dedilar. 174. Bas, Allohning ne’mati va fazli ila ularga yomonlik etmasdan k’aytdilar va Allohning roziligiga erishdilar. Alloh ulug’ fazl egasidir. 175. Albatta, bunday bo’lishingiz shaytondandir, u o’z yak’inla-ridan k’o’rk’itur. Bas, agar mo’min bo’lsangiz, ulardan k’o’rk’manglar, mendan k’o’rk’inglar. 176. Kufrga oshik’ayotganlar seni xafa k’ilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar etkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba k’ilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir. 177. Albatta, kufrni iymonga sotib olganlar Allohga hargiz biror zarar etkaza olmaslar. Ularga alamli azob bordir. 178. Kufr keltirganlar ularni tek k’o’yganimizni o’zlari uchun yaxshi deb hisoblamasinlar. Biz ularni fak’at gunohlari ko’payishi uchungina tek k’o’yamiz. Ularga xorlovchi azob bordir. 179. Alloh mo’minlarni pokidan nopokini ajratmasdan, siz turgan holda, k’o’yib k’o’ymas. Alloh sizlarni g’aybdan xabardor k’ilib k’o’ymas. Lekin Alloh O’z Payg’ambarlaridan kimni xohlasa, tanlab oladir. Bas, Allohga va Uning Payg’ambarlariga Iymon keltiringlar. Agar Iymon keltirsangiz va tak’vo k’ilsangiz, sizlarga ulug’ ajr bordir. 180. Alloh O’z fazlidan bergan narsaga baxillik k’ilganlar, buni o’zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. K’iyomat kuni baxillik k’ilgan narsalari ila bo’yinlari o’ralur. Osmonlaru erning merosi Allohgadir. Va Alloh k’ilayotgan amallaringizdan xabardordir. 181. Batahk’ik’, Alloh: «Albatta, Alloh kambag’al va biz boymiz», deganlarning gapini eshitdi. Aytganlarini va Payg’ambarlarni nohak’ o’ldirganlarni yozib k’o’yamiz va: «Kuydiruvchi azobni tatib ko’ring!» deymiz. 182. Bundok’ bo’lishligi sizning o’z k’o’lingiz ila k’ilganingiz tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga zulm k’iluvchi emas. 183. «Albatta, Alloh bizdan o’tda kuyadigan k’urbonlik kel-tirmagan Payg’ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydigan-larga: «Mendan oldin ham sizlarga Payg’ambarlar ochik’-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgo’y bo’lsalaringiz, nimaga ularni o’ldirdingiz?» deb ayt. 184. Agar seni yolg’onchi k’ilsalar, sendan oldin ochik’oydin bayonotlar, hikmatli kitoblar va nurli kitoblar bilan kelgan Payg’ambarlarni ham yolg’onchi k’ilganlar. 185. Har bir jon o’limni totguvchidir. K’iyomat kuni ajrla-ringizni to’lig’icha olursiz. Kim do’zaxdan uzok’lashtirilsa va jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutibdi. Bu dunyo hayoti g’urur ma-tohidan o’zga narsa emas. 186. Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko’plab ozor eshitasiz. Agar sabr k’ilsangiz va tak’vo k’ilsangiz, albatta, bu salmok’li ishlardandir. 187. Alloh kitob berilganlardan, uni odamlarga albatta bayon k’ilursiz va berkitmassiz, deb ahd olganini esla. Bas, uni ortlariga k’aratib otdilar va arzon narxga sotdilar. Sotib olgan narsalari k’anday ham yomon! 188. K’ilganlariga xursand bo’lib, k’ilmaganlariga mak’talishni suyadiganlarni azobdan najotda deb hisoblama. Ularga alamli azob bor! 189. Osmonlaru erning mulki Allohnikidir. Va Alloh har bir narsaga k’odirdir. 190. Albatta, osmonlaru erning yaratilishida va kecha-kunduzning almashinishida ak’l egalari uchun belgilar bor. 191. Allohni tik turgan, o’tirgan va yonboshlagan hollarida eslaydigan, osmonlaru erning yaratilishini tafakkur k’iladiganlar: «Robbimiz, buni bekorga yaratganing yo’k’, O’zing poksan, bizni o’t azobidan sak’lagin. 192. Robbimiz, albatta, Sen kimni do’zaxga kiritsang, batahk’ik’, uni sharmanda k’ilibsan. Va zolimlarga yordam beruvchilar yo’k’. 193. Robbimiz, biz nido k’iluvchining «Robbingizga Iymon kel-tiring!» deb nido k’ilayotganini eshitdik va Iymon keltirdik. Robbimiz, bizning gunohlarimizni kechirgin va yomonliklarimizni o’chirgin hamda yaxshilar bilan birga o’ldirgin. 194. Robbimiz, bizga Payg’ambarlaringga va’da k’ilgan narsa-laringni bergin va bizni k’iyomat kuni sharmanda k’ilmagin. Albatta, Sen va’daga xilof k’ilmassan», derlar. 195. Robbilari ularning (duolarini) ijobat k’ilib: «Men siz-lardan erkagu ayol amal k’iluvchining amalini zoe k’ilmasman. Ba’zingiz ba’zingizdansiz. Hijrat k’ilganlar, diyorlaridan chi-k’arilganlar, Mening yo’limda aziyat chekkanlar, jang k’ilganlar va k’atl bo’lganlarning yomonliklarini o’chirurman hamda ularni albatta ostidan anhorlar ok’ib turgan jannatlarga kiriturman, bu — Allohning huzuridan savobdir. Va Alloh — huzurida go’zal savob bor zotdir», dedi. 196. Kufr keltirganlarning yurt kezishlari seni aldab k’o’ymasin. 197. Bu ozgina matohdir. So’ngra, o’rinlari jahannamdir. U k’anday ham yomon yotok’! 198. Lekin Robbilariga tak’vo k’ilganlar uchun ostidan anhorlar ok’ib turgan jannatlar bo’lib, unda abadiy k’olurlar. Bu Allohdan ziyofatdir. Alloh huzuridagi narsa abrorlar uchun yax-shidir. 199. Albatta, ahli kitoblardan Allohga, sizlarga tushiril-gan narsaga, ularga tushirilgan narsaga Iymon keltiradiganlari, Allohga o’zini xor tutib bo’yin egadiganlari, Allohning oyatlarini arzon bahoga sotmaydiganlari bordir. Ana o’shalarga Robbilari huzurida ajr bordir. Albatta, Alloh tezhisob zotdir. 200. Ey, Iymon keltirganlar! Sabr k’iling. Sabr ila g’olib keling. Kurashga bel bog’lab turing. Allohga tak’vo k’iling. Shoyad-ki, yutuk’k’a erishsangiz. Oli Imron surasi 120-200

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.