Kuroni karim oyatlari — ozbekiston

Kuroni karim oyatlari — ozbekiston

K’ur’oni karim oyatlari — o’zbekiston

K’ur’oni karim oyatlari Payg’ambarimizga (sollallohu alayhi va sallam) insonlarning ehtiyojlariga k’arab Jabroil (alayhissalom) ork’ali ketma-ketlikda tushirilgan va bu ish yigirma uch yil davom etgan. Oyatlar tushishi Makkada boshlangan, Madinada oxiriga etgan. Shu bois suralarning ayrimlari makkiy (Makka suralari), ayrimlari madaniy (Madina suralari) deyiladi.
K’ur’oni karim suralari soni 114 ta.
“Sura” lug’atda sharaf, mak’om, binoning tepa k’ismi va tepalik ma’nolarini bildiradi. Tafsir ilmi istilohida “sura” deb K’ur’oni karimning boshlanishi va tugashi ma’lum bir yuz o’n to’rt katta-kichik mustak’il k’ismiga aytiladi.
“Oyat” lug’atda alomat, ishora, ibrat, dalil va mo’’jiza kabi ma’nolarni ifodalaydi. Tafsir ilmi istilohida suralarning tugallangan ma’noga ega bo’lagi “oyat”deyiladi.
Oyatlar vahiy bilan tushganidek, ularning joylashish tartibi ham vahiy bilan bildirilgan. Bular Payg’ambarimizning (alayhissalom) shaxsiy fikrlari yoki ijtihod, ra’y va k’iyoslari mahsuli emas. Sahobalardan nak’l k’ilinishicha, Jabroil (alayhissalom) biror oyatni Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) olib tushganida, o’rnini ham ko’rsatar va Payg’ambar (alayhissalom) vahiy kotiblariga: “Bu oyatlarni falon suraga k’o’y” yoki “Bu oyatni falon joyga yoz”, deb buyurar edilar.
Oyatlar sonini Basra olimlari 6204 ta, Makka olimlari 6219 ta, Kufa olimlari 6236 ta, Shom ulamolari 6225 ta ko’rsatishgan. Ba’zi olimlar bundan ham ko’prok’ belgilashgan. Masalan, yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy (vaf. 1149) “Al-Kashshof” tafsirida K’ur’oni karimda 114 sura, 6666 oyat, 77439 so’z va 325343 dona harf bor, deb yozgan.
Ko’p tafsirchilar Kufa olimlari fikrini yok’lashadi. K’ur’oni karimning bugun tark’atilayotgan nusxalarida ham oyatlar soni 6236 ta belgilangan.
K’ur’on oyatlari sonini belgilashda fikr — lar fark’li bo’lishiga k’iroat olimlarining to’xtash (vak’f) alomatini turli joyga k’o’yishgani sababdir. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) sahobiylarga K’ur’ondan ta’lim berayotib o’k’iganlarida oyat oxirida to’xtash kerakligini bildiradigan darajada tin olardilar. Ma’no tugallanmagan bo’lsa, goho keyingi oyatni ham k’o’shib o’k’irdilar. Tinglab o’tirgan sahobiylardan ayrimlari Payg’ambarimiz (alayhissalom) tin olgan joygacha bo’lgan k’ismni bir oyat deb hisoblashsa, boshk’alari ma’no tugallangunicha davom etgan k’ismni bir oyat deb bilishgan.
Ba’zi ulamolar e’tirof etishicha, K’ur’oni karim jamlanib, kitob holiga keltirilayotganida bir-biridan ajratish mak’sadida suralar boshlanishiga “Bismilloh” k’o’yilgan. Shu bois ular suralarning ilk oyati deyilmaydi. Ammo Naml surasida kelgani (30-oyat) anik’-ravshan oyat hisoblanadi.
Bundan tashk’ari, ayrim suralarning boshida kelgan harflar birikmasini Kufa olimlari alohida oyatlar deb aytishgan. Ularning fikricha, “ (Toha)”, “ (YOsin)”, “ (Homim)” alohida oyat hisoblanadi. Boshk’a olimlar ularni oyat emas, suralarning boshlanishi deb bilishgan.
Demak, bu borada sanok’lar har xilligi olimlarning vak’f alomatini k’o’yish, oyatlarni ajratish tutumlari turlicha bo’lganidandir.
Sodik’ Nosir
“Hidoyat” jurnalining 2011 yil, 4-sonidan olindi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.