La liga barselona sevilyaga imkoniyat koldirmadi — ozbekiston

La liga. barselona sevilyaga imkoniyat k’oldirmadi — o’zbekiston
Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Barselona» o’z maydonida «Sevilya»ni k’abul k’ildi. Xorxe Sampaoli shogirdlari «ko’k-anorranglilar»ga jiddiy k’arshilik ko’rsatishi kutilgandi, ammo andalusiyaliklarning k’arshiligi bor-yo’g’i 25 dak’ik’a davom etdi xolos.
Dastlab Luis Suares chalk’ancha uslubda zarba berib, hisobni ochdi. Oradan ko’p o’tmasdan Lionel Messi rak’ib darvozasini ikki marta ishg’ol k’ildi. Argentinalik futbolchi o’zining birinchi golini k’arshi hujum paytida, ikkinchisini burchak to’pi o’yinga kiritilganidan keyin urdi.
Ikkinchi bo’limda «Barselona» kuchni tejagan holda o’ynadi. Natijada mehmonlar bir nechta vaziyatlarga ega bo’lishdi. Birok’ Sarabiyaning zarbalarini Ter Shtegen k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi va o’z darvozasi daxlsizligini sak’lab k’oldi.
Ushbu g’alaba tufayli «Barsa» o’z ochkolarini 69taga etkazib, vak’tinchalik bo’lsa-da, jadvalda 1-o’ringa ko’tarilib oldi.
Ispaniya La ligasi, 30-tur
«BARSELONA» — «SEVILYA» 3:0 (3:0)
5 aprel, 22.30, «Kamp Nou»
Gollar: 1:0 – 25 Suares, 2:0 – 28 Messi, 3:0 – 33 Messi.
Barselona – ter Stegen, Messi, Pike (Din, 77), Umtiti, Inesta, Maskerano, Buskets, Rakitich (Alenya, 80), Serdji Roberto, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 65).
Sevilya – Riko, Parexa, Langle, Eskudero, Merkado (Kranevitter, 46), Korrea, Nasri (Sarabiya, 46), Nzonzi, Iborra (Yovetich, 76), Vitolo, Mariano.
Ogohlantirishlar: Pike (15), Iborra (38), Vitolo (57), Buskets (71), Rakitich (78), Alenya (84).
Chetlatish: Vitolo (90+1).
Комментарии 0