La liga eybar barsani jazolashiga oz koldi — ozbekiston

La liga eybar barsani jazolashiga oz koldi — ozbekiston

La liga. eybar barsani jazolashiga oz k’oldi — o’zbekiston

La liganing so’nggi turi oldidan «Barselona» chempionlikni k’o’lga kiritish uchun nazariy imkoniyatga ega bo’lib turgandi. Buning uchun «Real» «Malaga»ga yutk’azib, «ko’k-anorranglilar» o’z uyida «Eybar»ni mag’lub etishlari talab etilardi.
Ammo, kutilmaganda, bahs katalonyaliklar uchun juda og’ir boshlandi. Mehmonlarning yaponiyalik futbolchisi Takeshi Inui «Barsa» darvozasiga 2ta bir xil gol urishga muvaffak’ bo’ldi. Shundan so’ng mezbonlar uyg’onishdi hamda ikkinchi bo’limda g’alabani o’z tomonlariga og’dirishdi.
Dastlab Neymarning zarbasidan so’ng ustunga tegib k’aytgan to’pni Junka o’z darvozasiga burib k’o’ydi. Oradan ko’p o’tmasdan «Eybar» darvozasi tomon penalti belgilandi. Messi yo’llagan zarbani darvozabon Yoel k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi.
Shunga k’aramay, Suares burchak to’pini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi. Oradan 2 dak’ik’a o’tib, mehmonlar darvozasi tomon yana bir penalti belgilanib, himoyachi maydondan chetlatildi. Messining 11 metrli jarimadan yo’llagan zarbasini Yoel k’aytara olmadi.
O’yin so’ngida Messi maydon markazidan reydni amalga oshirib, chiroyli gol muallifiga aylandi. Argentinalik futbolchi mavsumdagi 37-golini urdi hamda Ispaniya chempionati to’purarligi hamda «Oltin butsa» sovriniga ega bo’lishi oydinlashdi.
«Barselona» klubi bir haftadan keyin Ispaniya kubogi finalida «Alaves»ga k’arshi bahs olib borishini eslatib o’tamiz.
Ispaniya chempionati, 38-tur
BARSELONA – EYBAR — 4:2
21 may, 23.00, «Kamp Nou»
Gollar: 0:1 – 7 Inui, 0:2 – 61 Inui, 1:2 – 63, avtogol Junka, 2:2 – 73 Suares, 3:2 – 75, penalti Messi, 4:2 – 90 Messi.
Noanik’ penalti: Messi (70, darvozabon)
Barselona – ter Shtegen, Suares, Umtiti, Alba, Buskets, Marlon, Rakitich (Pako Alkaser, 71), Serji Roberto (Andre Gomesh, 46), Inesta, Neymar, Messi.
Eybar – Yoel, Arbilya, Junka, Kapa, Lejen, Penya (Leon, 68), Eskalante (Rivera, 83), Dani Garsiya, Inui, Enrik (Galves, 76), Kike.
Ogohlantirishlar: Eskalante (19), Kapa (30), Buskets (41), Penya (54).
Chetlatish: Kapa (74).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.