La liga real 3 ochkoni kolga kiritdi — ozbekiston

La liga real 3 ochkoni kolga kiritdi — ozbekiston

La liga. real 3 ochkoni k’o’lga kiritdi — o’zbekiston

Ispaniya chvempionatining 29-turi doirasida «Real» o’z maydonida «Alaves»ni k’abul k’ildi.
FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffus tufayli bo’lsa kerak, Zidan shogirdlari bu bahsda ideal o’yin namoyish k’ila olishmadi. Shunga k’aramay, mahorat bobida rak’ibidan ustun bo’lgan madridliklar o’z hisoblarini 3 ochko bilan to’ldirib k’o’yishdi.
Fransiya terma jamoasiga chak’irilmay k’o’yganiga ancha bo’lgan Karim Benzema o’yinning 31-dak’ik’asida hisobni ochishga muvaffak’ bo’ldi. Fransiyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirayotgan Karvaxalga uzatma berdi va Daniel to’pni ork’arok’k’a k’aytardi. Benzema 8-9 metrdan darvozani osonlik bilan ishg’ol k’ildi.
Ikkinchi bo’lim boshida «Alaves» bir emas, ikki emas, nak’ 3ta yak’k’ol imkoniyatlardan foydalana olmadi. Har uchala vaziyatda Deyversonga biroz anik’lik, biroz tezlik va biroz chak’k’onlik etishmadi. Aks holda, mehmonlar «Santyago Bernabeu»dan ochko olib ketishlari mumkin edi.
O’yin tugashiga bir necha dak’ik’a k’olganida «Real» k’altis hisobni ishonchli g’alabaga aylantirishdi. Dastlab Ronalduning uzatmasidan keyin Isko jarima maydonchasi yorib kirdi va o’tkir burchakdan zarba berib, darvozani ishg’ol k’ildi.
Oradan 3 dak’ik’a o’tib Beyl jarima zarbasidan ajoyib zarba berdi. To’p to’singa tegib k’aytdi va Nacho bosh bilan darvozani ishg’ol k’ildi, 3:0.
Ushbu g’alabadan keyin «Real» o’z ochkolarini 68taga etkazdi va La ligada peshk’adamlik k’ilishda davom etadigan bo’ldi.
Ispaniya La ligasi, 29-tur
REAL MADRID – ALAVES 3:0 (1:0, 2:0)
2 aprel, 19.15, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 1:0 – 31 Benzema, 2:0 – 85 Isko, 3:0 – 88 Nacho.
Real Madrid – Kasilya, Varan (Karvaxal, 11), Nacho, Danilo, Pepe, Modrich (Kovachich, 68), Kroos, Isko, Beyl, Ronaldu, Benzema (Vaskes, 81).
Alaves – Pacheko, Laguardia, Teo, Eli, Feddal, Mendes (Katai, 75), Kamarasa (Santos, 84), Manu Garsiya, Ibai Gomes (Romero, 69), Tokero, Deyverson.
Ogohlantirishlar: Eli (17), Manu Garsiya (87).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.