La liga real chempionlik kurashidan chetga chiqdimi — ozbekiston

La liga real chempionlik kurashidan chetga chiqdimi — ozbekiston

La liga. real chempionlik kurashidan chetga chiqdimi? — o’zbekiston

Madridning «Real» klubi qishki tanaffusdan keyin Ispaniya chempionatini muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Zidan shogirdlari Vigo shahrida bulib utgan 18-tur bahsida galabani quldan chiqardi.
«Selta», kutilmaganda, «Madrid»ga qarshi juda kuchli uyin namoyish qildi. Jamoa hattoki galaba qozonishi ham mumkin edi. Uchrashuv avvalida Yago Aspas 3-4 masofadan Navas quriqlayotgan darvozaning ustunini nishonga oldi. Shunga qaramay, hisobni mezbonlar ochishga muvaffaq buldi: darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Daniel Vass «parashyut» uslubida darvozani ishgol qildi.
«Real» nafaqat hisobni tezda tenglashtirdi, balki hisobda oldinga ham utib oldi. Beyl ikki daqiqa ichida 2ta gol urishga muvaffaq buldi. Dastlab Kroos, keyin Iskoning uzatmalaridan keyin darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda qolgan uelslik futbolchi imkoniyatlardan juda samarali foydalandi.
Ikkinchi bulim debyutida madridliklar tashabbusga erishishdi, ammo vaziyatlardan foydalana olishmadi. Shundan sung tula ustunlik «Selta» tomoniga utdi. Bahsning 71-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi va Aspas posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Navas esa uzidan utib ketayotgan hujumchini yiqitdi. Penalti. Keylorning uzi khatosini tugrilab, Yagoning zarbasini qaytarishga muvaffaq buldi.
Shunga qaramay, «Selta» matonat kursatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq buldi. Vass ung qanotdan havolatib uzatma berdi va Maksi Gomes bosh bilan hisobni tenglashtirdi.
Uyin sungida «Real» galabani ilib ketishi mumkin edi. Ronalduning utkir burchak ostida yaqin masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmagan bulsa, Lukas Vaskesning zarbasini darvozabon qaytarishga erishdi.
Natijada «Selta» uz ochkolarini 22taga etkazgan holda 14-urinda borayotgan bulsa, «Real» 32 ochko bilan 4-pogonada qolmoqda. Zidan shogirdlari endi «Barselona»dan naq 16 ochko ortda qolmoqda. «Madrid» hisobida 1ta qoldirilgan uyin borligini takidlab utish joiz.
Ispaniya La ligasi, 18-tur
Selta – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 33 Vass, 1:1 – 36 Beyl, 1:2 – 38 Beyl, 2:2 – 82 Maksi Gomes.
Selta – Blanko, Ronkalya, Kastro, Malo, Kabral, Vass (Khosabed, 90), Radoya (Lobotka, 73), Ernandes, Sisto (Mor, 73), Aspas, Maksi Gomes.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Khakimi, Nacho, Isko (Kovachich, 77), Kazemiro, Kroos, Modrich (Vaskes, 76), Beyl (Asensio, 84), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (44), Malo (67), Navas (71), Aspas (88).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.