La liga real ham yirik galabaga erishdi — ozbekiston

La liga real ham yirik galabaga erishdi — ozbekiston

La liga. real ham yirik g’alabaga erishdi — o’zbekiston

Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida «Deportivo» o’z maydonida «Real»ni k’abul k’ildi. Zidan shogirdlari ham «Barselona»dan k’olishmagan holda yirik hisobdagi g’alabani rasmiylashtirishdi.
Bahsning 53-soniyasidayok’ Alvaro Morata hisobni ochishga muvaffak’ bo’ldi. Shundan so’ng o’yinda gollar shousi boshlanib ketdi. Madridliklarning 6taga goliga «Deportivo» futbolchilari 2 marta javob k’aytarishdi.
Xames Rodriges dublga erishgan bo’lsa, Morata, Vaskes, Isko va Kazemiro o’z hisoblariga bittadan gol yozishdi.
Ushbu g’alabadan keyin «Real» ochkolar bo’yicha «Barselona»ga tenglashib oldi.
Ispaniya La ligasi, 34-tur
«DEPORTIVO» — «REAL MADRID» 2:6
26 aprel, 00.30, «Riasor»
Gollar: 0:1 – 1 Morata, 0:2 – 14 Xames, 1:2 – 35 Andone, 1:3 – 44 Vaskes, 1:4 – 66 Xames, 1:5 – 77 Isko, 2:5 – 84 Xoselu, 2:6 – 87 Kazemiro.
Deportivo – Lyuks (Titon, 46), Arribas, Sidney, Luizinyu, Xuanfran, Bergantinos, Gilerme, Cholak, Xil (Xoselu, 57), Kakuta (Navarro, 46), Andone.
Real Madrid – Kasilya, Varan (Texero, 88), Marselo, Danilo, Nacho, Isko (Kazemiro, 79), Kovachich, Asensio (Dias, 79), Xames, Vaskes, Morata.
Ogohlantirishlar: Arribas (67), Isko (68), Xoselu (90), Cholak (90).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.