Leonid fedun spartakning chempion bolishiga ishongandim — ozbekiston

Leonid fedun: «spartak»ning chempion bo’lishiga ishongandim» — o’zbekiston
Moskvaning «Spartak» klubi 16 yillik tanaffusdan so’ng Rossiya chempionligini k’o’lga kiritdi. Albatta, jamoaning muvaffak’iyatida klub xujayini Leonid Fedunning hissasi kattadir. YAk’inda u «Sport-Ekspress» nashriga eksklyuziv intervyu berdi.
— «Spartak»ning bu g’alabasini nohak’ deyilsa, til aylanmay k’oladi…
— Kimlarnikidir aylanaveradi.
— Kimniki?
— Chervichenkoniki.
— Oltin medallar «Spartak»niki bo’lishi anik’ bo’lganidan so’ng siz «Ancha engilladim» degandingiz. «Zenit»-«Terek» uchrashuvi yakunlanganidan keyin nimalarni his k’ildingiz?
— Hak’ik’atan ham engilladim. 2003 yili klub aksioneri bo’lganman. Bir yildan so’ng nazorat paketini sotib olganman. O’tgan vak’t mobaynida bir necha marta sovringa yak’in kelganmiz. 2006 va 2009 yillarni eslang. Oltin medallarga juda yak’in kelgandik. Ammo ayrim sub’ektiv sabablar tufayli chempion bo’la olmagandik. Keyin k’ora chizik’ paydo bo’ldi. Uning ork’asidan birin-ketin moliyaviy ink’iroz. Stadion k’urilishi. Bozorning o’zgarishi va shunga o’xshash jihatlar natijaga erishishimizga to’sk’inlik k’ildi. Boz ustiga, sportga zid holatlar. Masalan, Velliton bilan bo’lgan vaziyat. Albatta, bularning barchasi ishimizni og’irlashtirdi. Muxlislar ham agressiv bo’lib ketishdi. SSKAni bir necha yil mag’lub eta olmaganimizda k’anchalik k’ayg’urishganini ko’rganman. Shuning uchun Bajenovning g’alaba to’pidan ke-yin ham engil tortdim. Ich-ichimdan chempion bo’lishimizga ishongandim. Chunki «Spartak» kuchayish bilan birga rak’iblar o’sishmadi. Lekin baribir, k’iyinchiliklar bo’ldi va doimiy stress. «Oltin»ni olganimizdan so’ng ancha engilladim. Hattoki, bu k’uvonch emas. «Nihoyat, sodir bo’ldi», degan hissiyot.
— Hammasini tashlab, unutish hak’ida o’ylaganmisiz?
— Xayollar har k’anday bo’lishi mumkin. Lekin g’alaba k’ozonmasdan barchasini tashlamas edim. Men erkakman. Biznesda birinchi yil emasman va o’z xarakterimni bilaman. Shu bois ham oxirigacha borishimni bilardim.
— «Spartak»ning xo’jayini sifatidagi eng k’iyin davringiz k’aysi?
— 2009 yili juda achinarli bo’lgan. O’sha jamoa birinchi o’ringa loyik’ edi. Lekin Bistrov ketdi, g’alaba k’ozonadigan o’yinlarimizda olti ochko yo’k’otdik. Bu kutilmaganda bo’ldi. O’shanda chempionlik k’o’limizda deb o’ylagandik.
— Joriy mavsum davomida ham shunga o’xshash vaziyat kuzatildi. O’shanda cho’chimadingizmi?
— Alenichev ketganidan to Karreraning doimiy ravishda tayinlanishigacha bo’lgan vak’t k’iyin kechdi. Muxlislar va matbuotning bosimi tinimsiz davom etdi.
— K’urbon Berdiev bilan muzokaralar k’anday kechganini ayta olasizmi? Bu borada gap — so’zlar ko’p bo’ldi. Lekin barchasini birinchi og’izdan eshitmok’chimiz.
— Bu ikkimizning oramizda k’oladi. U izoh bermaydi. Men ham shunday.
— Karreraga ishonsa bo’lishini k’achon anglab etdingiz?
— Keling, bir narsani esga olaylik. Uning nomzodi bexosdan yuzaga kelgandi. Bir necha yil oldin Antonio Konte bilan muzokara olib borganman. U «Spartak»ni boshk’arishga tayyor edi. U bilan murabbiylar shtabi hak’ida gaplashganmiz. O’shanda «Karrera» familiyasi ham esga olingan. Alenichevning shtabi o’z ishini bajara olmagach, uni kuchaytirishni boshladik. Shu tarik’a Pilipchuk va Karreralar kelib k’olishdi. U avvaliga jamoaning himoyasiga javob berardi.
— Berdiev nomzodiga umuman k’aytmaysizmi?
— Hech k’achon, «hech k’achon» dema. Lekin tez orada k’aytmasligim anik’.
Комментарии 0