Lisey kollej va otmlar uchun binolar xavfsizligi boyicha talablar kabul kilindi — ozbekiston

Lisey kollej va otmlar uchun binolar xavfsizligi boyicha talablar kabul kilindi — ozbekiston

Lisey, kollej va otmlar uchun binolar xavfsizligi bo’yicha talablar k’abul k’ilindi — o’zbekiston

O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi 10 maydagi k’arorbilan O’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o’k’uv xonalarining xavfsizligi to’g’risidagi umumiy texnik reglamentni tasdik’ladi.
Texnik reglament o’k’uv binolari ichida va tashk’arisida vujudga keluvchi zararli omillarning ta’lim oluvchilar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishining oldini olishga mo’ljallangan. U auditoriyalar, laboratoriya kabinetlari, mashg’ulotlar xonalari, kutubxonalar o’k’uv zallari, axborot-resurs markazlari kompyuter zallari va sport zallari uchun taalluk’li.
Hujjatga muvofik’, o’k’uv binolari yoki ularning alohida k’ismlari foydalanish jarayonida hayotiy faoliyat xavfsizligi talablariga muvofik’ kelishi shart. Jumladan, ishonchlilik, mustahkamlik, chidamlilik, deformasiyalarga bardoshlilik, sanitar k’oidalar va normalarga muvofik’lik hamda ta’mirga yarok’lilik bo’yicha loyihaviy va normativ-texnik hujjatlarga mos kelishi lozim.
Reglament bilan o’k’uv binolari mikroik’lim, k’urilish va pardozlash ishlari talablari, bo’yok’lar rangi, o’simliklardan foydalanish, yoritish ko’rsatkichlari, tashk’i shovk’in darajasi parametrlari belgilandi.
O’k’uv binosining bir o’k’uvchi uchun ajratiluvchi normativ maydoni, shuningdek issik’lik ta’minoti, isitish, ventilyasiya, suv ta’minoti va kanalizasiya me’yorlari o’rnatildi.
Barcha o’k’uv binolari avtomatik yong’indan ogohlantirish tizimi o’rnatilishi shart (avtomat yong’in o’chirish tizimi mavjud binolardan tashk’ari).
Reglament olti oydan so’ng kuchga kiradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.