Livan bosh vaziri istefo berish fikridan vaqtincha qaytdi — ozbekiston

Livan bosh vaziri istefo berish fikridan vaqtincha qaytdi — ozbekiston

Livan bosh vaziri istefo berish fikridan vaqtincha qaytdi — o’zbekiston

Livan bosh vaziri Saad Haririy.
Livan bosh vaziri Saad Haririy mamlakat prezidenti Mishel Aun iltimosi bilan istefoga chiqish qaroridan vaqtincha qaytdi va Saudiya Arabistonidan Beyrutga keldi.
-Bugungiday nozik vaziyatda Livan tahdidlar va chaqiriqlardan himoyalanish uchun qatiy chora-tadbirlarga muhtoj. Bu tahdid va chaqiriqlar ortidan urushlar, khorijdagi nizolar, mintaqaviy bahslardan, Livan barqarorligiga va birodar arab davlatlar bilan munosabatlarimizga zarar keltiruvchi boshqa harakatlardan uzimizni chetlatish siyosatini olib borishimiz kerak,- dedi Haririy.
Livan bosh vaziri 4 noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qilgan rasmiy tashrifi chogida istefoga chiqqanini bildirgan edi. Biroq Livan prezidenti Haririy Beyrutga qaytmaguniga qadar uning istefosini qabul qilmasligini bildirgan.
Haririy Eron hamda Eron dastaklab kelayotgan “Hizbulloh” harakatini Livan va arab dunyosini beqarorlashtirishda aybladi.
Saad Haririy “Hizbulloh” shia qurolli tashkilotining mamlakatdagi faoliyati tufayli Fors kurfazidagi arab davlatlari Livanga qarshi sanksiya joriy qilishi mumkinligidan tashvish bildirib kelayotgan edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.