Lushchan ichmagan edi yoxud sardor rashidov va sergey lushchan soz olishuviga bir nazar — ozbekiston

Lushchan ichmagan edi! yoxud sardor rashidov va sergey lushchan so’z olishuviga bir nazar — o’zbekiston

Toshketning «Bunyodkor» klubi 20 yosh atrofidagi yigitlari bilan K’atarning badavlat «Al Jaish» klubini mag’lub etdi va Chempionlar Ligasining guruh bosk’ichiga yo’l oldi. Tak’singa sazovor natija. O’yindan keyin maydon tashk’arisida va matbuot anjumanlarida ko’pchilikning e’tiborini tortadigan vaziyatlar bo’ldi. Lushchan Dilshod Ahmadaliev «Al Jaish» hujumchisi Sardor Rashidovga umuman o’yin bermaganini aytdi. Sardorga esa bu yok’madi chog’i, murabbiyni ichgan bo’lishi mumkin dedi. Xullas, bizda ham jahon futbolidagi kabi shov-shuvli vok’ealardan biri sodir bo’ldi. Bundan har kim har narsani angladi. Biz esa k’uyidagilarni…
Sardor k’anday futbolchi?
O’sha kuni Lushchan Sardorni kamsitadigan gap aytgani ham yo’k’. Ko’pchilik uning gaplariga xamirturush k’o’shib, bo’rttirdi. Lushchan Sardorning Osiyodagi eng kuchli k’anot hujumchilaridan biri ekanini, Ahmadaliev unga o’yin bermaganini aytdi? K’ani bu erda noprofessionallik? Sardor «Bunyodkor»da o’ynab yurgan vak’tida, xususan, Osiyo chempionatida o’ynagan vak’tida o’zining eng yuk’ori sport formasida edi. Keyin K’atarga ketdi va tan olish kerak (futbolchining o’zi hech k’achon tan olmasa ham), o’yinida pasayish kuzatildi. K’atar chempionati bizdan kuchli demok’chimisiz? Kechirasiz, fak’at nomlarga uchmang. Birorta o’yinida stadion to’lmaydigan, mikrofonda k’o’shik’ kuylanadigan, falon-falon k’ariyalar o’ynaydigan havaskor chempionatni kuchli deb bo’lmaydi.
K’atarga pul topish uchun boriladi, xuddi Malayziya, BAA, Xitoyga borilgani kabi. Sardor ham shu mak’sadda bordi. U K’atarda o’yin sifatini yaxshilash uchun bormaganini hamma biladi. «Bunyodkor»da esa yangi avlod futbolchilari etishib chik’ishni boshladi. Sardor hamon mamlalatimizdagi eng talantli futbolchi, K’atar chempionatida to’purarlardan, Osiyoda eng kuchlilardan biri, lekin u K’atarga ketib, ork’aga k’adam tashladi. Shu sabab bizdan chik’ayotgan yangi futbolchilarning unga o’yin bermayotganiga ko’nishga majbur. Bu normal holat. U ketdi. Endi yana yaxshilar chik’moda.
Kimning futboli oldinda?
Arab futboli vakillari Osiyoda o’zlarini tengsiz deb hisoblashadi. Buni ularning o’zlarini tutishidan bilsa bo’ladi. Lekin ik’tisod birinchi o’rinda bo’lgan asrimiz talablaridan kelib chik’ib fikr yuritsak. Sardor Jizzaxda futbol sirlarini o’rgandi. U mamlakatning eng o’ziga tinch jamoasi «Bunyodkor»ning e’tiborini tortdi. Klub akademiyasida bir muddat o’ynagach, Mirjalol K’osimov uni asosiy jamoada o’ynatdi. Terma jamoadagi birinchi o’yinida gol urdi, bosh jamoaning asosiy hujum kuchiga aylandi. Osiyo Kubogida o’zini ko’rsatdi va 2,1 million dollar evaziga o’zi aytganiday La Liga jamoasiga emas, K’atarga yo’l oldi. Unga k’ilingan xarajat – 0 so’m, yoki dollar. Uning transferidan k’ilingan foyda – 2,1 million dollar. Xo’sh, kim rivojlangan? Bizning biror klubimiz K’atardan futbolchi olishini tasavvur k’ila olasizmi? O’zi shunday futbolchi bormi K’atarda? Yo’k’. Bo’lmagan ham. Kuintana Urugvaydan, yana boshk’a futbolchilar Afrika-yu Evropadan. Birgina Rashidov va Ahmadaliev misolida Osiyo futbolida k’aysi mamlakat to’g’ri rivojlanish yo’lidan borayotgani ko’rindi. Sardor uchun million dollarlab sarflagan k’atarliklarni uning ortidan etishib chik’ayotgan Ahmadalievlar ortda k’oldirishdi.
Endi k’atarliklar Shomurodov, Hamdamovlarni ko’zlashayotgandir. Har yili o’nlab yosh futbolchi chik’arayotgan O’zbek futboli shubhasiz Osiyodagi eng to’g’ri rivojlanish yo’lini tanlagan mamlakatlardan biri. Eron, YAponiya, Koreya k’atorida. Fak’at ba’zi tizimlardagina muammolar bor. Jiddiy muammolar. Eng asosiysi, bizda resurs bor. Butun futbolimizni k’urilishga o’xshatsak, bizning Rashidovlar, Hamdamovlar, Masharipovlar – xomashyo. K’osimovlar, Abramovlar, Lushchanlar – ustalar. Bu borada juda ortdamasmiz. Lekin… To’g’risi, ish beruvchilarda muammo bor. Agar mana shu sohani yaxshilasak, sezilarli darajada oldinga siljiymiz. Axir eslang, bir vak’tlar Maminov, Pashinin k’ilib Rossiya-yu Gruziyadan futbolchi olib yurardik. K’aysi mamlakatda bosh murabbiy tarkib tanlashda boshi aylanib k’olsa, o’sha erda futbol rivojlanmok’da. Mana, bizda Babayan juda ko’p variantlar orasidan Islom To’xtaxo’jaevni o’ng k’anot himoyasida o’ynatmok’da. Kerak bo’lsa bu chizik’da Davron Hoshimov ham, Shuhrat Muhammadiev va Akmal Shorahmedovlar ham o’ynay oladi.
Rashidov va Figu
Luish Figu «Barselona»dan to’ppa-to’g’ri «Real»ga o’tib ketgan va Kataloniyadagi birinchi tashrifi hech k’achon uning yodidan ko’tarilmaydigan bo’ldi. Rashidovning o’yindan keyin «Bunyodkor» futbolchilari bilan gap talashgani va o’yindan keyin Lushchan hak’ida aytgan gaplariga unchalik ham jiddiy k’arash kerak emas. O’z navbdatida Lushchanning ham Rashidovni himoyachimiz «eb k’o’ygani» hak’ida aytgan gaplarini ham. Biri g’alabadan sarmast murabbiyning shogirdi o’yinidan zavk’lanib, aytgan fikrlari. Biri mag’lubiyatdan alamzada futbolchinining asabiylashgandagi holati. O’tgan yil Sardor «Nasaf»ga gol urib, xursand bo’lganida bir guruh muxlislar chik’ishgandi uni k’oralab. Nima, «Nasaf»da uning kindigini kesishganmidiki, gol urgach, k’o’llarini ko’tarib, uzr so’rasa? Masalan, Mata «MYu» safida «Real» yoki «Barselona»a gol ursa, nishonlamaydimi? Butun stadionni boshiga ko’taradi. Shunday ekan ikki tomonni ham ayblash kerak emas. Lekin bir narsa anik’ – Lushchan o’sha kuni ichmagan edi…
O’tkir JALOLXONOV
Manba: «Erudit Sport» gazetasi

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.