Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonunga uzgartishlar kiritis

Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisidagi qonunga uzgartishlar kiritis

«madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida»gi qonunga uzgartishlar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 2 aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tugrisida»gi 269-II-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 180-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2005 yil, № 9, 309-modda) quyidagi uzgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qullaniladi:
ansambllar — tarikhan tarkib topgan hududda aniq kuzga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarikhiy, arkheologik, memoriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bulgan, ijtimoiy, mamuriy, diniy, ilmiy, uquv-talim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanati, memorchilik asarlari bilan bogliqlikda alohida yoki uzaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarikhiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arkhitekturasi va bog-rog sanati asarlari (boglar, istirohat boglari, khiyobonlar, sayilgohlar);
diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarikhiy, arkheologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega bulgan hududlar, shu jumladan khalq hunarmandchiligi maskanlari, tarikhiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarikhiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarikhiy shakhslarning hayoti bilan bogliq bulgan imoratlar, khotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek kuhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar;
yodgorliklar — tarikhiy, ilmiy, badiiy yoki uzgacha madaniy qimmatga ega bulgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bogliq bulgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarikhan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental sanat asarlari, fan va tekhnika (shu jumladan harbiy tekhnika) obektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va sanat asarlari, arkhiv, qulyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qulyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial khususiyatga ega bulgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga uyib solingan tasvirlar, arkheologiya yodgorliklari;
madaniy meros obektlari — moddiy va nomoddiy madaniy meros obektlari;
moddiy madaniy meros obektlari — tarikhiy, ilmiy, badiiy yoki uzgacha madaniy qimmatga ega bulgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar;
nomoddiy madaniy meros obektlari — tarikhiy, ilmiy, badiiy yoki uzgacha madaniy qimmatga ega bulgan urf-odatlar, khalq ijodiyoti (suz, raqs, musiqa, tomosha sanati), shuningdek ular hamda khalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanati bilan bogliq bilimlar, kunikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar»;
2) 4-moddadagi «Madaniy meros», «madaniy meros» degan suzlar tegishincha «Moddiy madaniy meros», «moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddaning:
turtinchi khatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatini yuritish tartibini belgilaydi»;
oltinchi khatboshisidagi «madaniy meros obektlarining» degan suzlar «moddiy madaniy meros obektlarining» degan suzlar bilan almashtirilsin;
ruscha matni ettinchi khatboshisidagi «opredelyaet» degan suz «ustanavlivaet» degan suz bilan almashtirilsin;
4) 7-moddaning:
uchinchi va turtinchi khatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, asrash, targib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
moddiy madaniy meros obektlarini ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiq etish, konservasiyalash, tamirlash hamda hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish buyicha davlat dasturlarini amalga oshiradi»;
ettinchi khatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatini yuritadi»;
5) 10-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Madaniy meros obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish:
tarikhiy-madaniy qimmatga ega bulgan obektlarni davlat hisobiga olish, hamda Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatini yuritish;
madaniy meros obektlarining ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiq etilishini rivojlantirish;
madaniy meros obektlarini tarikhiy-madaniy ekspertizadan utkazish;
moddiy madaniy meros obektlari muhofaza tegralarining loyihalarini ishlab chiqish;
moddiy madaniy meros obektlari joylashgan erlarda er qazish, er tuzish, qurilish, meliorasiya, khujalik ishlari va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obektlarini asrash buyicha ishlarni utkazish, shuningdek moddiy madaniy meros obektlarida ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar utkazish uchun rukhsatnomalar berish;
alohida tartibga solinishi lozim bulgan va moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish bilan bogliq shaharsozlik faoliyati obektlarining chegaralarini belgilash;
moddiy madaniy meros obektlarida muhofaza belgilarini urnatish;
madaniy meros obektlari holatining monitoringini amalga oshirish.
Madaniy meros obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham taminlanishi mumkin»;
6) 11 va 12-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«11-modda. Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastri va Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhati
Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u moddiy madaniy meros obektlarining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi tugrisidagi yangilanib turiladigan malumotlar va hujjatlar tizimidan iborat buladi.
Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini yuritishga quyidagilar kiradi:
moddiy madaniy meros obektlariga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarni davlat ruykhatidan utkazish;
moddiy madaniy meros obektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
moddiy madaniy meros obektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;
kadastr akhborotini tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
moddiy madaniy meros obektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli akhborot taqdim etish;
foydalanuvchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr akhboroti bilan taminlash.
Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhati nomoddiy madaniy meros obektlari tugrisidagi yangilanib turiladigan malumotlar kursatilgan hisobga olish hujjatidan iborat buladi.
Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatini yuritishga quyidagilar kiradi:
nomoddiy madaniy meros obektini identifikasiya qilish;
tegishli nomoddiy madaniy meros obektlarining tarmoqlari, yunalishlari, janrlari va uslublarini tasniflash;
nomoddiy madaniy meros obektlarini doimiy ravishda tiklovchi shakhslarni, guruhlarni kursatish;
malumotlarni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;
nomoddiy madaniy meros obektlarining sifat holatini aniqlash va uning natijalari buyicha hisobotlar tuzish.
Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatini yuritish tartibi Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
12-modda. Madaniy meros obektini Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatiga kiritish
Tarikhiy-madaniy qimmatga ega bulgan obektlarni Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatiga kiritish Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shakhslarning takliflari asosida amalga oshiriladi.
Tarikhiy-madaniy qimmatga ega bulgan obektlarni Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatiga kiritish maqsadga muvofiqligi tugrisida tarikhiy-madaniy ekspertiza khulosasi olingan kundan etiboran mazkur obektlar aniqlangan madaniy meros obektlari jumlasiga kiritiladi.
Arkheologiya yodgorliklari topilgan paytidan etiboran aniqlangan moddiy madaniy meros obektlari jumlasiga kiritiladi.
Tarikhiy, ilmiy, badiiy yoki uzgacha madaniy qimmatga ega bulgan yangi aniqlangan moddiy madaniy meros obektlari Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga kiritilishi tugrisidagi masala hal qilingungacha ushbu Qonun talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.
Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi aniqlangan moddiy madaniy meros obektining mulkdorini mazkur obekt Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga kiritilganligi tugrisida qaror qabul qilingan paytdan etiboran uttiz kun ichida khabardor qilishi shart»;
7) 13 va 14-moddalardagi «Madaniy meros», «madaniy meros» degan suzlar tegishincha «Moddiy madaniy meros», «moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
8) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«15-modda. Madaniy meros obektlarining tarikhiy-madaniy ekspertizasi
Madaniy meros obektlarining tarikhiy-madaniy ekspertizasi:
madaniy meros obekti Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatiga kiritilishini asoslash;
moddiy madaniy meros obektining toifasini belgilash;
moddiy madaniy meros obektining toifasi uzgartirilishini asoslash;
moddiy madaniy meros obektini Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastridan chiqarish;
moddiy madaniy meros obektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek muljallanayotgan er qazish, er tuzish, qurilish, meliorasiya, khujalik ishlari va boshqa ishlarning moddiy madaniy meros obektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida utkaziladi.
Madaniy meros obektlarining tarikhiy-madaniy ekspertizasi Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi»;
9) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Tarikhiy-madaniy ekspertiza obektlari quyidagilardir:
khujalik jihatidan uzlashtirilishi lozim bulgan er uchastkalari, agar ularda moddiy madaniy meros obektlari joylashgan bulsa;
madaniy meros obektlari Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatiga kiritilishini asoslovchi materiallar;
moddiy madaniy meros obektlari Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastridan chiqarilishini asoslovchi materiallar;
moddiy madaniy meros obektining toifasi belgilanishini yoki uzgartirilishini asoslovchi materiallar;
ushbu Qonunda belgilangan hollarda shaharsozlik va loyiha hujjatlari;
moddiy madaniy meros obektlariga bevosita yoki bilvosita tasir kursatishi mumkin bulgan er qazish, er tuzish, qurilish, meliorasiya, khujalik ishlari va boshqa ishlarni asoslovchi hujjatlar»;
10) 17-moddaning nomi va birinchi qismidagi «Madaniy meros» degan suzlar «Moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
11) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari Moddiy madaniy meros obektlarining davlat kadastriga yoki Nomoddiy madaniy meros obektlarining ruykhatiga kiritilgan madaniy meros obektlari holatini nazorat qilib turishi hamda moddiy madaniy meros obektlarining asralishi yuzasidan joriy va istiqbol dasturlarini ishlab chiqish maqsadida besh yilda bir marta moddiy madaniy meros obektlarining holatini kurikdan utkazishi va ularni qayd etib quyishi shart»;
12) 19-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«19-modda. Madaniy meros obektlarini Umumjahon madaniy merosi ruykhatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ruykhatiga kiritish
Tarikh, sanat, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega bulgan madaniy meros obektlari Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish tugrisidagi konvensiya hamda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tugrisidagi khalqaro konvensiyada belgilangan tartibda tegishincha Umumjahon madaniy merosi ruykhatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ruykhatiga kiritish yuli bilan jahon madaniy merosi obektlari jumlasiga kiritilishi mumkin.
Madaniy meros obektlari tarikhiy-madaniy ekspertizasining khulosasi asosida madaniy meros obektlarini Umumjahon madaniy merosi ruykhatiga yoki Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ruykhatiga kiritish tugrisidagi takliflar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Talim, fan va madaniyat masalalari buyicha tashkiloti (YuNESKO) huzuridagi Umumjahon merosi qumitasi va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish buyicha hukumatlararo qumita talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar yuridik va jismoniy shakhslar tomonidan Uzbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari buyicha Milliy komissiyasiga yuboriladi»;
13) 20-moddaning matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Moddiy madaniy meros obektlarini asrash chora-tadbirlari ularni konservasiyalash, tuzatish, tamirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bogliq ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini uz ichiga oladi.
Moddiy madaniy meros obektini konservasiyalash — moddiy madaniy meros obektini mavjud kurinishida asrash va uning holati yomonlashuvining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Moddiy madaniy meros obektini tuzatish — moddiy madaniy meros obektining muhofaza mazmunini tashkil etuvchi uziga khos khususiyatlarini uzgartirmagan holda obektni foydalanish holatida saqlab turish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Moddiy madaniy meros obektini tamirlash — moddiy madaniy meros obektining tarikhiy va estetik qimmatini aniqlash hamda saqlab qolish va uning but saqlanishini taminlash maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Moddiy madaniy meros obektini hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish — moddiy madaniy meros obektining tarikhiy-badiiy qimmatini va asralishini uzgartirmasdan uning tarikhiy-madaniy qimmatga ega bulgan unsurlarini tamirlash asosida undan hozirgi zamonda foydalanishga shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari majmui.
Nomoddiy madaniy meros obektlarini asrash chora-tadbirlari ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, hujjatlashtirish, targib qilish va ragbatlantirish ishlarini uz ichiga oladi.
Moddiy madaniy meros obektini asrashga doir ishlar Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan rukhsatnoma asosida amalga oshiriladi»;
14) 21-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
«21-modda. Yuqotilgan madaniy meros obektini asli holiga keltirish
Yuqotilgan moddiy madaniy meros obekti alohida tarikhiy, ilmiy, badiiy, shaharsozlik yoki uzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik bulgan hollarda yuqotilgan moddiy madaniy meros obekti tamirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi.
Yuqotilgan nomoddiy madaniy meros obekti alohida tarikhiy, ilmiy, badiiy yoki uzgacha ijtimoiy ahamiyatga molik bulgan hollarda yuqotilgan nomoddiy madaniy meros obekti ilmiy va ilmiy-tekhnik tadqiqotlar, tamirlash usullari orqali asli holiga keltiriladi.
Yuqotilgan madaniy meros obektini Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan asli holiga keltirish tugrisidagi qarorni Uzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy meros obektlarining tarikhiy-madaniy ekspertizasi khulosasi asosidagi taqdimnomasiga binoan manfaatdor organlar va tashkilotlarning fikrini hisobga olgan holda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi»;
15) ruscha matnining 22-moddasidagi «pamyatnikov arkheologii» degan suzlar «arkheologicheskikh pamyatnikov» degan suzlar bilan almashtirilsin;
16) V bobning nomidagi «MADANIY MEROS» degan suzlar «MODDIY MADANIY MEROS» degan suzlar bilan almashtirilsin;
17) 23 — 28-moddalardagi «Madaniy meros», «madaniy meros» degan suzlar tegishincha «Moddiy madaniy meros», «moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
18) 29-moddaning:
birinchi qismidagi «Madaniy meros», «madaniy meros» degan suzlar tegishincha «Moddiy madaniy meros», «moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
ruscha matni uchinchi qismidagi «opredelyayutsya» degan suz «ustanavlivayutsya» degan suz bilan almashtirilsin;
19) 30-modda matnidagi va 32-moddaning birinchi qismidagi «madaniy meros» degan suzlar «moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
20) 33-moddaning:
birinchi va ikkinchi qismlaridagi «madaniy meros», «Madaniy meros» degan suzlar tegishincha «moddiy madaniy meros», «Moddiy madaniy meros» degan suzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi «madaniy meros obektlarini muhofaza qilish buyicha» va «madaniy meros obektlarini saqlash uchun» degan suzlar tegishincha «moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish buyicha» va «moddiy madaniy meros obektlarini saqlash uchun» degan suzlar bilan almashtirilsin;
21) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Madaniy meros obektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish buyicha faoliyatni moliyalashtirish manbalari Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari va byudjetdan tashqari mablaglardir.
Yuridik va jismoniy shakhslarning mulki bulgan moddiy madaniy meros obektlarining muhofaza qilinishi va ulardan foydalanilishi mulkdorlar va foydalanuvchilarning mablaglari hisobidan moliyalashtiriladi.
Moddiy madaniy meros obektlarini foydalanishga berishdan, khizmatlar kursatishdan, yuridik va jismoniy shakhslarning ikhtiyoriy ajratmalari hamda khayriyalaridan tushgan mablaglar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy madaniy-meros obektlarini muhofaza qilish, asrash va targib qilishga hamda moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band bulgan khodimlarni moddiy ragbatlantirish uchun sarflanadi».
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2009 yil 10 oktyabrdagi 198 (4861)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009 yil 9 oktyabr,
URQ-228-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2009 y., 41-son, 440-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.