Manchester yunayted evropa ligasi golibi boldi — ozbekiston

Manchester yunayted evropa ligasi golibi boldi — ozbekiston

Manchester yunayted evropa ligasi g’olibi bo’ldi — o’zbekiston

«Manchester Yunayted» klubi o’z tarixida ilk marotaba Evropa ligasida g’olib chik’di.
Shvesiya poytaxti Stokholm shahrida o’tgan final o’yinida ingliz klubi Gollandiyaning «Ayaks» klubini mag’lub etib, Evropaning nufuzli sovrinini k’o’lga kiritdi.
O’yinning 18-dak’ik’ada Pol Pogbaning uzok’ masofadan yo’llagan zarbasidan so’ng, to’p himoyachiga tegib, yo’nalishini o’zgartirdi va darvozadan joy oldi.
48-dak’ik’ada burchak zarbasi amalga oshirilgandan so’ng, Mxitaryan yak’in masofadan to’pni darvozaga to’g’rilab k’o’ydi va hisobdagi fark’ni oshirdi. Bu natija o’yinning oxiriga k’adar o’zgarmadi.
Endi «MYu» keyingi mavsumda Evropa ligasi g’olibi sifatida Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Evropa ligasi. Final
Ayaks Gollandiya – Manchester Yunayted Angliya 0:2 (0:1)
24 may, Stokholm, «Frends Arena»
Gollar: 0:1 – 18 Pogba, 0:2 – 48 Mxitaryan.
Ayaks – Onana, Sanches, Ridevald (de Yong, 82), Veltman, Ziesh, de Ligt, Shene (van de Bek, 70), Klassen, Yunes, Traore, Dolberg (Neres, 62).
Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Smolling, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi, 90), Fellayni, Mxitaryan (Lingard, 74), Reshford (Marsial, 84).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (31), Fellayni (52), Veltman (58), Yunes (64), Mata (78), Ridevald (78).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.