Marko asensioga atalgan mavsum — ozbekiston

Marko asensioga atalgan mavsum — ozbekiston

Marko asensioga atalgan mavsum — o’zbekiston

O’tgan mavsum boshida «Real» safiga kelib k’o’shilgan yosh ik’tidor egasi Asensio Zidan uchun muk’obil variant sifatida olib kelingan edi. Birok’, Asensio mavsumni kutilganidan ham yuk’ori darajada yakunlay oldi.
Asensio «K’irollik klubi» e’tiborini 2015 yildayok’ jalb etgandi. Kamtargina «Malorka» safida porlagan Asensioni «Real» o’z safiga k’o’shib oldi va tajriba orttirishi uchn «Espanol»ga ijaraga berib yubordi. «Espanol»da ham yuk’ori saviyadagi o’yinlarini ko’rsatishda davom etgan Asensio baribir Madridga olib kelindi.
U uchun sarflangan 3,5 million evro klub rahbariyatining omadli va ak’k’li k’arori ekanligini tasdik’ladi. «Santyago Bernabeu»dagi ilk mavsumini ispaniyalik yarim himoyachi ajoyib tarzda o’tkazdi.
YOsh ik’tidor egasi mavsumni Ispaniya Superkubogi doirasida « Sevilya »ga urilgan gol bilan boshlagan bo’lsa, mavsumni Kardiffda o’tgan Chempionlar Ligasi finalidagi gol bilan yakunladi. Shuningdek, Asensio Ispaniya yoshlari termasi safida yak’inda boshlanadigan Evropa chempionatida ham jamoasining muhim bo’lagiga aylanishiga hech shubha yo’k’.
Asensio «Real Madrid»ga asosiy tarkibdan o’rin egallashi mushkul ekanligini bilgan holda keldi. Ammo, mavsum mobaynida Xames Rodriges va Lukas Vazkes kabi futbolchilardan o’zib ketgan holda bitirdi.
Palma de Malorkalik ik’tidor sohibi 2016/17 yilgi mavsum “oltin davr” sifatida k’olmok’da. Futbolchi jamoa bilan La Liga sohibiga aylandi. Bundan tashk’ari Chempionlar Ligasi, Klublar o’rtasida Jahon chempionati, Ispaniya Superkubogi kabi sovrinlarni ham yutib oldi. Bundan tashk’ari Asensioda yak’inda bo’lib o’tadigan yoshlar o’rtasidagi Evropa chempionatida ham mavsumni yuk’ori cho’k’k’ida yakunlash imkoniyati bor.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.