Mashal voha derbisiga tayyorgarlik boshlandi — ozbekiston

Mash’al: voha derbisiga tayyorgarlik boshlandi — o’zbekiston

«Mash’al» jamoamiz Oliy liganing 10 turini yakunlagach jamoa k’isk’a fursatli ta’tilga chik’k’an edilar.
Kechadan “Gazchilar” Muborakda «Voha» derbisiga tayyorgarlikni boshlashdi. Tarkibda barcha futbolchilar mashg’ulotlarda ishtirok etmok’da «Olmalik’» bilan bahsda biroz jarohat olgan, Abdulloh Olimov ham yig’inda ishtirok etmok’da va u “Nasaf”ga k’arshi bahsda maydonga tusha oladi. Ammo muhim bahs oldidan jamoamizda yo’k’otish ham bor albatta, Shahzod Shaymanov derbini o’tkazib yuborishi anik’ boisi, Shaymanov «Olmalik’» k’arshi kechgan o’yinning 63 dak’ik’asida hakam tomonidan ogoxlantirilgandi. Shu bois uning sarik’ kartochkalari soni 4 taga etdi va Shahzod “Nasaf”ga k’arshi fak’atgina ikkinchi davrada maydonga tusha oladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.