Mbappe bilan psj qanday kurinish hosil qiladi — ozbekiston

Mbappe bilan psj qanday kurinish hosil qiladi? — o’zbekiston
«PSJ» bosh murabbiyi Unay Emeri jamoaga Kilian Mbappening kelishi bilan bir qator taktik skhemalarga ega buldi. Biroq poytakht klubi uchun eng ideal skhema qaysi biri bulishi mumkin? France Football nashri bu borada mulohazalarini bildirdi.
4 3-3 uyin skhemasi
Qulay tarafi
Ushbu uyin skhemasi davomiylikni kasb etgan buladi. 2013 yilda klub boshqaruviga Loran Blan tayinlanganidan beri parijliklar uz uyinlarini asosan 4 3-3 uyin skhemasida shakllantirdilar. Fransiyalik murabbiy uz urnini Unay Emeriga 2016 yilda bushatib berganidan keyin ham, avgust oyida superyulduz Neymarning kelishi ham amaldagi rejalarni uzgartira olmadi. Utgan oylarda parijliklar uyinida jushqinlik kuzatilgan bulsa ham, uyin uslublari uzgargani yuq. Bu esa ispaniyalik murabbiyga Motta – Verratti – Rabyo mustahkam uchligi bilan maydon markazida muvozanatni saqlab turishini taminlashga erishishga yordam beradi.
Noqulay tarafi
Eng muammoli tomoni shundaki, Kilian Mbappening jamoa safiga qushib olinganidan keyin, 4 3-3 uyin uslubida jamoa hujum chizigida yangi qurbon talab qilinadi. Neymar, Kavani, Di Mariya, Draksler, Lukas Moura va Mbappelar (Ben Arfa allaqachon bosh murabbiy rejalariga kirmay quygan) hujumdagi uch urin uchun kurashishadi. Bunda ung qanot va Ankhel Di Mariyaning urni tahdid ostida qolib ketadi. Unay Emeri tanlovini qabul qilishi kerak. 4 3-3ning boshqa noqulay tomoni esa kuplab futbol mutakhassislari takidlaganidek parijliklar raqiblariga taklif qilayotgan uyin, yani vertikal uynashni kamaytirib, kuproq tup uzatishni amalga oshirgan holda uynashi.
4-2-3-1 skhemasi
Qulay tarafi
Hujumkor uyin kursatayotgan paytida, parijliklar uyin skhemasi ananaviy 4 3-3 dan kura kuproq 4-2-3-1ga ukhshaydi. 25 avgust kungi «Sent-Eten»ga qarshi bahsda (3 0) bu yaqqol kuzga tashlandi: Pastore Edinson Kavaniga yordam bergan holda, aldamchi unlik vazifasida uynagan bulsa, Rabyo – Motta juftligi quyiroq pozisiyani egalladi. Unay Emeri uchun ikki markaziy yarim himoyachi bilan uynash (Verratti – Rabyo) yangilik emas. Qulay tomonlaridan yana biri esa ushbu uyin tizimida ispaniyalik murabbiy qushimcha yana bir hujumkor uyinchisini maydonga tushirishi mumkin. Shartli ravishda, ushbu uyin skhemasida Di Mariya yoki Draksler ung qanotdan joy olsa, Neymar markaziy pozisiyada harakat qilsa, Mbappe esa chap qanotda uynashi mumkin.
Noqulay tarafi
4-2-3-1 uyin uslubining muhim noqulay tomoni jamoaning barqarorligida yotadi. Chunki parijliklar Chempionlar Ligasida yuz berganidek, kuchli raqiblarga qarshi bahsda bosim ostida qolib ketganida ularga aynan uchinchi yarim himoyachi etishmasligi pand beradi. Adren Rabyo va Marko Verrattilar esa ushbu uyin tizimida tayanch yarim himoyachisi vazifasini alo darajada bajara olmaydi. Bunday rolga utgan mavsumni tuliq utkaza olmagan Tyago Mottaning mos keladi. Barcha ushbu muammoni aytishdi va takrorlashdi, biroq «PSJ» bunday vazifaga mos keladigan uyinchini jamoaga qushib olmadi.
4-4-2
Qulay tarafi
4-4-2 da Unay Emeri Kavani va Mbappeni old chiziqda uynatishi mumkin. Utgan mavsumda barcha uyinlarda birgalikda 75 gol urgan ushbu juftlik ajoyib kurinish hosil qiladi. Qolganlar esa 4 2-3 1 tizimidagi kabi harakat qilaveradi. Ayniqsa, hujumkor harakat qilganda. Neymar qogozda chap qanotni egallasa, aslida ijrochi maqomida harakat qiladi. Qanot himoyachilari (Kurzava va Alvesh) esa hujumdagi faolliklari evaziga sheriklariga kuproq pozisiya ochib berishga harakat qiladi.
Noqulay tarafi
Qanot hujumchilari – Neymar, Di Mariya, Draksler, Lukas Moura, hatto Pastorelar kuproq himoyalanishga majbur buladi. Bu esa moslashishni talab qiladi. Parij jamoasi ikkiga – hujumni yoqtiradigan yarim himoyachilar va hujumkor futbolchilardan deyarli yordam olmaydigan qanot himoyachilariga ega buladi.
Комментарии 0