Mertens 10 hisobida oldinda borayotganimizda topning ustunga tekkani koz oldimda turibdi — ozbekiston

Mertens: 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda to’pning ustunga tekkani ko’z oldimda turibdi — o’zbekiston
«Napoli» yarim himoyachisi Dris Mertens Evropa chempionlar ligasining 1/8 final bosk’ichi doirasida «Real»ga k’arshi bo’lib o’tgan o’yin borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
«Birinchi bo’limda nimalarga k’odirligimizni namoyish k’ildik. «Real» o’zining birinchi golini biz sovg’a k’ilgan burchak to’pidan keyin kiritdi. Biz jahonning eng yaxshi jamoasiga ko’p narsa ko’rsatishiga imkoniyat bermadik. Shu bois, natijadan hafsalam pir bo’ldi. Bu o’yindan tegishli sabok’ chik’arishimiz kerak.
Bizga biroz omad etishmadi. «Real» esa yuk’ori saviyadagi jamoa. Shuningdek, k’iyin vaziyatlarda Serxio Ramos hamisha yordamga kelishini bilardik.
Birinchi bo’limda mening zarbamdan keyin to’p ustunga tekkani ko’z oldimda turibdi. Agar bu zarba golga aylanganida, biz 2:0 hisobida oldinga chik’ib olishimiz mumkin edi», — dedi Mertens.
Комментарии 0