Milovan raevas ozbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi — ozbekiston

Milovan raevas ozbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi — ozbekiston

Milovan raevas: «o’zbekiston kuchli ekanini bugun isbotladi» — o’zbekiston

O’zbekiston milliy terma jamoasi Eronga k’arshi JCh–2018 saralash bahsi oldidan bugun, 6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasi bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida zafar k’uchdi.
O’yindan keyin o’tkazilgan matbuot anjumanida tailandliklar bosh murabbiyi Milovan Raevas o’z fikrlari bilan o’rtok’lashdi.
“Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko’rgandik. O’yin davomida bir k’ator imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. O’zbekiston juda kuchli va ular bugun buni isbotladi. Umuman, k’izik’arli va kurashlarga boy o’yin guvohiga aylandik. Rak’ib o’z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Darvozamizga kiritilgan birinchi golini bartaraf etish mumkin edi, birok’ ikkinchi gol professionallarga xos tarzda kiritildi.
Albatta, bugun bir k’ator yangi futbolchilarni sinovdan o’tkazdik. Imkon kadar barchaga imkon berishni va kelajakda yaxshi natijalar k’ayd etishni istaymiz. Bugun vaziyatlardan foydalana olmadik, agar foydalanganimizda durang o’ynashimiz mumkin edi. Asosiy mak’sadimiz — navbatdagi Jahon chempionati saralashida va k’it’a birinchiligida munosib k’atnashadigan yangi jamoa k’urish”, – dedi Tailand bosh murabbiyi Milovan Raevas.
Eslatib o’tamiz, JCh–2018 turniriga saralash bosk’ichi “A” guruhi 8-turida O’zbekiston 12 iyun kuni safarda Eron mehmoni bo’ladi. Tailand esa “B” guruhi 8-turida 13 iyun kuni BAA termasiga k’arshi kurash olib boradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.