Mirziyoev va tramp diplomatik munosabatlar ornatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini tabrikla

Mirziyoev va tramp diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birini tabrikladi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga Amerika K’o’shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O’zbekiston va AK’Sh o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan tabrik yo’lladi. Bu hak’da O’zbekiston TIV matbuot xizmati xabar k’ildi.
Unda shunday deyiladi: «Mamlakatlarimiz 19 fevral kuni AK’Sh va O’zbekiston o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligini nishonlaydi. Biz ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan ko’plab natijalarimiz bilan faxrlanishimiz mumkin.
Kelgusi yillarda ham mintak’aviy xavfsizlik va bark’arorlik sohasidagi umumiy mak’sadlarimizni amalga oshirishda Siz bilan hamkorlikda ishlaymiz, degan umiddaman. Amerika K’o’shma Shtatlari O’zbekiston Respublikasi va uning k’o’shni davlatlari suvereniteti, mustak’illigi va hududiy yaxlitligini, shuningdek, Sizning Markaziy Osiyoni yanada tarak’k’iy ettirish va o’zaro hamjihatligini mustahkamlashga yo’naltirilgan sa’y-harakatlaringizni k’o’llab-k’uvvatlaydi».
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Amerika K’o’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga yo’llagan tabrik maktubida shunday deyiladi: «O’tgan davrda o’zaro do’stlik va sheriklik munosabatlarida mustahkam poydevor yaratildi. Ko’p k’irrali hamkorligimiz jadal va keng ko’lamli xarakter kasb etdi».
Davlat rahbari O’zbekiston tashk’i siyosatining fundamental prinsip va konseptual asoslari o’zgarmasdan k’olishini alohida ta’kidladi. O’zbekiston AK’Sh bilan an’anaviy munosabatlarni sak’lash, har tomonlama hamkorlikni izchil mustahkamlash va rivojlantirishning k’at’iy tarafdoridir.
Maktubda Amerika biznesining mamlakatda uzok’ muddatli faoliyat yuritishi hamda AK’Shning etakchi korporasiya va kompaniyalari bilan investisiyaviy-texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlangan.
O’zbekiston Prezidenti o’zaro anglashuv, hurmat va ikki tomonlama manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish O’zbekiston va AK’Sh xalk’lari manfaatlariga xizmat k’ilishini k’ayd etgan.
Комментарии 0